Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги



Download 1,29 Mb.
bet193/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Savol: 1. Hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy qanday belgilanadi? 2. Hakamlik sudining binosidan tashqarida o‘tkazilishi bilan bog‘liq xarajatlar qaysi tarafga yuklanadi?
18-BOB. FUQAROLIK PROTSESSIDA CHET EL FUQAROLARI VA TASHKILOTLARINING, FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNING ISHTIROKI


18.1. Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqarolik protsessida ishtiroki va ishlarning sudlovliligi

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining


359-moddasiga ko‘ra, chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular fuqarolik protsessual huquqlardan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi.
Chet el tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun fuqarolik protsessual huquqlardan foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlarining maxsus cheklanishiga yo‘l qo‘yilgan davlatlarning fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob tariqasidagi cheklovlar belgilanishi mumkin.
Chet el fuqarolarining sud himoyasiga bo‘lgan huquqi nafaqat milliy qonunchilikda, balki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ham o‘z aksini topgan. Masalan, 1993-yilgi “Fuqarolik, oila va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk konvensiyasi 1-moddasiga muvofiq, konvensiya ishtirokchi – davlatlarining fuqarolari, shuningdek, ularning hududlarida yashovchi boshqa shaxslar shartnoma a’zolari bo‘lgan barcha davlatlarning hududlarida shu davlatning fuqarolari singari o‘zlarining shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish huquqiga ega.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishda ishtirok etib, ish materiallarini bilan tanishib chiqish, ulardan nusxalar olish, dalillar taqdim etish hamda ularni tekshirishda bevosita ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga savollar berish, iltimosnomalar taqdim qilish, boshqa shaxslarning vajlariga e’tiroz bildirish kabi huquqlarga ega. Ular sud ishlari yuritiladigan tilni bilmasalar, ishga taalluqli materiallar bilan o‘z ona tilida to‘liq tanishib chiqish, ona tilida ko‘rsatuv va tushuntirishlar berish, sudda so‘zlash, arz bilan murojaat etish va iltimosnomalar taqdim etish huquqiga ega, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda tarjimonning xizmatidan foydalanish huquqi ta’minlanadi. Sud hujjatlari esa ularning ona tillariga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sudga da’vo arizasi berganida davlat boji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan stavkalar va tartibda chet el valyutasida undiriladi.
Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab turgan taraflar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha fuqarolik ishlari O‘zbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga tegishli bo‘lishi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, FPK bilan belgilanadi (FPKning 361-moddasi).
MDH davlatlari o‘rtasida sudlovlik masalalari 1993-yilgi “Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk konvensiyasi bilan belgilanadi. Unga ko‘ra, konvensiya ishtirokchi-davlatlarining hududida yashash joyiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan da’volar, ularning qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat’iy nazar, ushbu davlatlarning sudlariga beriladi. Yuridik shaxslarga nisbatan da’volar uning boshqaruv organi, vakolatxonasi yoki filiali joylashgan hududdagi davlatlarning sudlariga beriladi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish