Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Sud majlisining bayonnomasida, xususan, quyidagilar ko‘rsatiladi



Download 1,29 Mb.
bet113/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Sud majlisining bayonnomasida, xususan, quyidagilar ko‘rsatiladi:

  1. sud majlisi bo‘lib o‘tgan yil, oy, kun va joy;

  2. sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt;

  3. ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va
    otasining ismi hamda sud majlisining kotibi;

  4. ishning nomi va raqami;

  5. ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga
    ko‘maklashayotgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi to‘g‘risidagi
    ma’lumotlar;

  6. sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga
    ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi;

  7. ushbu moddaning 5-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga sud chaqiruv qog‘ozlari va boshqa xabarnomalar topshirilganligi to‘g‘risidagi hamda ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi ma’lumotlar;

  8. raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari;

  9. ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari;

  10. sudga taqdim etilgan barcha yozma va ashyoviy dalillar,
    ekspertlarning yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari
    to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  11. ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari,
    guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki
    tushuntirishlari, mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy va yozma dalillarni ko‘zdan kechirishga taalluqli ma’lumotlar;

  12. sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri;

  13. sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o‘qib
    eshittirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (FPK 277-modda).

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlari ish uchun ahamiyatli deb hisoblagan holatlarni bayonnomaga kiritish to‘g‘risida iltimosnomalar taqdim etishga haqlidirlar. Taraflarning, uchinchi shaxslarning o‘zlari qo‘ygan talablardan butunlay yoki qisman voz kechganligi, qo‘yilgan talablarga iqrorligi, ishni kelishuv bitimi bilan tamomlash to‘g‘risidagi arizalari bayonnomaga kiritilib, tegishli bo‘lishiga qarab, taraflarning biri yoki ikkalasi tomonidan imzolanadi.
Majlis bayonnomasida sud ishining borishi to‘la va holis o‘z aksini topishi uchun javobgarlikni qonun sud majlislarida raislik qiluvchilar zimmalariga yuklaydi. Bayonnomaga imzo chekishdan oldin raislik qiluvchi uning mazmuni bilan diqqat bilan tanishishi va kotibga zarur o‘zgartirishlarni kiritishni taklif qilishi lozim.
FPKning 279-moddasida ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va unda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni yoki uning to‘liq emasligini u imzolangan kundan e’tiboran besh kun ichida ko‘rsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Bayonnomaga doir berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqadi va u ushbu fikrlarga qo‘shilgan taqdirda, bu fikr-mulohazalarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi hamda ularni sud majlisining bayonnomasiga qo‘shib qo‘yadi. Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilmasa, ular sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ham ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak. Bayonnomaga doir fikr-mulohazalar ular topshirilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Biroq, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi. Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega. Sud majlisining audio yoki videoyozuvlari ko‘chirma nusxasi sud protsessi ishtirokchilariga ishni ko‘rgan sudning ruxsati bilan beriladi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish