9.6. Sud majlisining bayonnomasi
Har bir sud majlisi to‘g‘risida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida qilingan har bir alohida protsessual harakat to‘g‘risida bayonnoma tuziladi (FPKning 276-moddasi).
Bayonnomada barcha muhim harakatlar to‘liq va aniq aks ettiriladi, chunonchi ularning amalga oshish tartibi qanday bo‘lsa, bayonnomada ham shunday bo‘ladi.
Sud majlisining bayonnomasida ishni ko‘rishning yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |