Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Arizani ko‘rmasdan qoldirish



Download 1,29 Mb.
bet110/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

9.4. Arizani ko‘rmasdan qoldirish


FPKning 122-moddasiga muvofiq, sud quyidagi hollarda arizani ko‘rmasdan qoldiradi, agar:

  1. ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

  2. manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

  3. fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki
    hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;

  4. taraflar o‘rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa;

  5. ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa;

  6. ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan da’vogar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan ko‘rishni talab qilmasa;

  7. alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa;

  8. xotini homilador bo‘lgan vaqtda yoki bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etgan bo‘lsa;

  9. da’vogar tomonidan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa;

  10. da’vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;

  11. mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olishning qonunda nazarda tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan bo‘lsa.

Arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Ajrimda sud ishning hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgan, FPK 122-moddasining 2, 5, 6, 7, 8, 10 va 11-bandlarida sanab o‘tilgan holatlarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishi shart.
Sud FPK 122-moddasining 1, 3 va 4-bandlarida nazarda
tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirib, ajrimda davlat bojini qaytarish va da’voni ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarni bekor qilish haqida ko‘rsatadi. FPK 122-moddasining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Arizani ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs sudga ariza bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Sud qonunda ko‘rsatilgan hollarda arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilishi mumkin. Masalan, agar taraflar sud majlisiga uzrli sabablarga ko‘ra kela olmaganliklarini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etsalar, da’vogar yoki javobgarning iltimosnomasiga binoan sud FPKning 122-moddasi 5 va 6-band-lariga asosan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida chiqargan o‘z ajrimini bekor qiladi. Sudning bunday iltimosnomani qanoatlan-tirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi va xususiy protest keltirilishi mumkin (FPKning 123-moddasi).
Sudning arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimi ishning ilgarilashiga keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun ham mazkur ajrimlar sud tomonidan ajrim topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar apellatsiya instansiyasi sudiga sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat berishlari, prokuror esa, protest keltirishi mumkin.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish