Qonuniylikning asosiy tamoyillari:
Konstitutsiya va qonunlarning boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan ustunligi.
Huquq subyektlarining qonun va sud oldidagi tengligi.
Hokimiyat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatida zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmasligi.
Inson (fuqarolar) huquq va erkinliklarini kafolatlanganligi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni mamlakatning butun hududida bir xil qo‘llanilishi va talqin etilishi.
Maqsadga muvofiqlikning qonuniylikka qarshi qo‘yilmasligi.
Qonuniylikning madaniyat bilan uzviy bog‘liqligi.
Adabiyotlarda huquqiy qonuniylik haqida ham gap yuritiladi. Huquqiy qonuniylik prinsipi – huquq normalariga ijtimoiy munosabatlarning barcha subyektlari tomonidan rioya qilish rejimi “yozilgan” huquqni haqiqiy huquqqa aylantirish usuli, inson va jamiyat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishini kafolatlash shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |