O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” fanidan
MUSTAQIL ISH
Bajardi:1-kurs SMMT-9521 guruh
talabasi Yunusova.N.Q
T oshkent–2022
O’ZEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI.
REJA
1. Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning o’rni
2. Inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda mustaqillik omili
3. Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan ishlar.
3. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari boyicha tashkilotlar faoliyati
4. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini siyosiy kafolatlash
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlat qurishni o’z oldiga pirovard maqsad qilib qo’ydi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy mezonlaridan biridir. Demokratiyaning eng muborak afzalligi uning insoniy qadr-qimmatga munosabatidir. Insoniy qadr-qimmatni e’zozlashda hech bir tuzum demokratiyaga teng kelolmaydi.
“O’zbekiston demokratik qadriyatlarni, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o’zi uch1. Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning o’rni O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlat qurishni o’z oldiga pirovard maqsad qilib qo’ydi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy mezonlaridan biridir. Demokratiyaning eng muborak afzalligi uning insoniy qadr-qimmatga munosabatidir. Insoniy qadr-qimmatni e’zozlashda hech bir tuzum demokratiyaga teng kelolmaydi. “O’zbekiston demokratik qadriyatlarni, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o’zi uchun eng ustuvor qadriyat sifatida tanladi”. Demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun oliy qadriyat sifatida belgilab olindi. “Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlar un eng ustuvor qadriyat sifatida tanladi”. Demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun oliy qadriyat sifatida belgilab olindi. “Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlar hokimiyatning huquq bilan cheklab qo’yilishi va tiyib turish kabi asosiy tamoyillarini amalga oshirish mantiqsizdir. O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini ko’lga kiritishi mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismlari bo’lgan inson huquqlari va manfaatlari kabi demokratik qadriyatni rivojlantirish imkoniyatini berdi. Inson huquqlari yuksak darajada ta’minlanadigan ijtimoiy makon fuqarolik jamiyatidir.
O’zbekistonda bunday jamiyat qurish amaliy izga ko’chganligi mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasidan yaqqol ko’rinib turibdi. Ma’ruzada fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Barcha yo’nalishdagi sa’y-harakatlar va ijtimoiy- siyosiy faoliyatning bosh mezoni inson ekanligi alohida ta’kidlangani diqqatga sazovordir. Istiqlol yillari davomida respublikada amalga oshirilayotgan barcha jabhalardagi islohotlar inson qadr-qimmatini yuksaltirish, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat tuyg’usini shakllantirish, aholi uchun munosib turmush tarzini yaratishga qaratilgan. Inson huquqlarini qonun bilan himoya qilish va amalga oshirish – jamiyat demokratligining muhim va birlamchi ko’rsatkichidir. Insonning e’lon qilingan huquqlari uning yuqori darajasi va ularga og’ishmay rioya etish huquqiy davlatning ajralmas belgisi bo’lmog’i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |