18.3. HUQUQIY TARTIBOT TUSHUNCHASI
VA UNING OBYEKTIV ZARURIYATI
Huquqiy tartibot – bu huquq sub'ektlarining huquq normalarida belgilangan qoidalarga to'la va aniq rioya qilishlari natijasida o‘rnatiladigan ijtimoiy munosabatlar tizimidir. Huquq, qonuniylik, huquq-tartibot davlat va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy tartibotning xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
u huquq normalarida ko‘zda tutilgan bo‘ladi;
m uayyan huquq normalarini hayotga tatbiq etish natijasida yuzaga keladi;
davlat tomonidan ta'minlanadi;
kishilar hayotini yengillashtirib, ularning yanada erkin bo‘lishlari hamda ijtimoiy munosabatlarni tashkiliy jihatdan yuzaga kelishi va amalda bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratadi;
qonuniylikning natijasi sifatida yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |