19.1. DAVLAT VA HUQUQNING RIVOJLANISH
ISTIQBOLLARI
Davlat va huquqning rivojlanish istiqbol va yo‘llari haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, shuni qayd etish lozimki, bugungi kunda jahonning aksariyat rivojlangan davlatlari demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan bormoqdalar. Jumladan, Avstriya, Germaniya, Shveytsariya, va Yaponiya kabi davlatlar demokratik huquqiy davlatni shakllantirish borasida katta muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqdalar. Biz tanlab olgan yo‘l ham demokratik yo‘l bo‘lib, Konstitutsiyamizning muqaddimasida belgilab qo‘yilgan insonparavar demokratik huquqiy davlat barpo etishdir.
Ma'lumki, demokratik huquqiy davlatni rivojlangan fuqarolik jamiyatisiz shakllantirib bo‘lmaydi. Endi demokratik huquqiy davlatning tarkibiy qismi bo‘lgan fuqarolik jamiyati tushunchasi, belgilari va uning tuzilishiga to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |