Huquqiy imtiyozlarning asosiy maqsadi shaxs, ijtimoiy guruhlar va davlat manfaatlarini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Ana shu asosiy maqsadga erishishga qaratilgan huquqiy imtiyozlar kompensatsiya qiluvchi va rag‘batlantiruvchi funksiyalarni bajaradi.
Huquqiy imtiyozlarning turlari quyidagilardan iborat:
huquqiy tartibga solish premetiga ko‘ra: konstitutsiyaviy, fuqarolik, ekologik va boshqalar;
hajmiga ko‘ra: asosiy, qisman va qo‘shimcha;
harakat qilish vaqtiga ko‘ra: doimiy va vaqtinchalik;
mazmuniga ko‘ra: moddiy-huquqiy, ma'naviy.
17.7. HUQUQIY TARTIBGA SOLISH SAMARADORLIGI, BELGILARI VA UNI TA'MINLANISH ASOSLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |