Cheklangan sharhlashda huquq normasining so‘zda ifodalangan va rasmiylashtirilgan ma'nosi uning mantiqiy ma'nosi va mazmunidan keng bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Ayrim hollarda huquq normasining mazmuni uning matndagi ifodasidan torroq bo‘lishi mumkin.
15.5. HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH
HUJJATLARI
Huquq normalarini sharhlash maxsus faoliyat bo‘lib, u rasmiy ko‘rinishga ega bo‘lishi, shuningdek hujjatlar matni shaklida ifodalanishi mumkin. Bunday hujjatlar rasmiy hujjat bo‘lib, ular vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar huquq normalarining mazmunini to‘g‘ri va aniq shaklda o‘rnatishga qaratilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |