Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 1,34 Mb.
bet219/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

Tizimli sharhlash usulida muayyan ijtimoiy munosabatni tartibga soluvchi huquq normasi aniq bir hujjat doirasi bilan cheklanilmaydi. Bunda tegishli munosabatni tartibga soluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar doirasi mazmunan sharhlanadi.
Normativ-huquqiy hujjat, eng avvalo, mantiqiy muntazamlikka asoslangan holda bir-biriga bog‘liq va har biri oldingi normaning mazmunidan kelib chiqadigan normalar tizimidan iborat bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, har bir norma qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat – yaxlit bir tizimning mustaqil, biroq o‘zigacha va o‘zidan keyingi normalarga mazmunan bog‘liq birligi sifatida joylashishi zarur.
Tizimli sharhlash usulida huquq normasining ma'no va mazmuni uning normativ-huquqiy hujjatdagi, huquq normasi, huquq instituti, huquq sohasi va butun huquq tizimidagi o‘rni va roli, o‘zaro nisbati orqali aniqlanadi. Tizimli sharhlash yordamida normalar va hujjatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan tafovut, ziddiyat, nomuvofiqlik va qarama-qarshiliklar, bo‘shliqlar aniqlanadi. Bunday sharhlash natijasida rasman bekor qilinmagan, biroq amalda boshqalari bilan almashtirilganligi sababli ahamiyatsiz, foydalanilmay qolgan huquq normalari ham aniqlanadi.
Tizimli sharhlash jarayonida ayrim qonunlarda uchraydigan “qonunchilikka asosan”, “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda”, “qonun hujjatlariga muvofiq” degan jumlalarning mazmun-mohiyati ham ochib berilishi lozim. Chunki bularning mavjudligi muayyan ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi oxirigacha tugallanmaganligidan va ushbu havolaki normalarning huquqiy ahamiyatga ega emasligidan dalolat beradi. Bu esa huquq normasini ijtimoiy munosabatga to‘g‘ri tatbiq etish va sharhlashda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Shu bois qonun hujjatlarida huquqiy munosabatlar yuzasidan xulq-atvorning qanday bo‘lishi to‘g‘risidagi qoidalar aniq, qat'iy va to‘liq berilishi maqsadga muvofiq.
Mantiqiy usul – bu normativ-huquqiy hujjatlarni mantiq fanining qoidalari asosida sharhlashdir. Mantiqiy sharhlash qonun va normadagi so‘zlarning tom ma'nosini aniqlashga emas, balki qonunshunos ifodalab bermoqchi bo‘lgan va aniq so‘z shaklida ko‘rsatib qo‘yilmagan qoidaning mohiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Mantiqiy sharhlash orqali qonunning ikki xil talqin qilinishi kelib chiqishi mumkin. Ularning birinchisi qonunning asl mohiyati bo‘lsa, ikkinchisi esa mantiqiy sharhlash orqali aniqlangan mohiyat. Mantiqiy sharhlash usulini faqat bitta qonunni sharhlash uchungina emas, balki qonunlar tizimini sharhlash va u orqali ma'lum bir xulosaga kelish uchun ham qo‘llash mumkin.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish