Ilmiy (doktrinal) sharhlash – bu huquq sohasidagi mutaxassislar, olimlar tomonidan amalga oshiriladigan va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan norasmiy sharhlash turi. Nazariy sharhlash huquqshunos olimlarning maqolalari, monografiyalari va boshqa ishlarida o‘z aksini topadi. Bunday sharhlashning o‘ziga xos xususiyati sifatida ilmiy yondashuvga asoslanganligini ko‘rsatish mumkin. Amaliyotchi yuristlar uchun majburiy bo‘lmaganiga qaramay bunday sharhlash huquq normalarini tushunish va qo‘llashda, bir xillikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |