16.1. HUQUQIY XULQ-ATVOR TUSHUNCHASI
VA TURLARI
Shaxs xulq-atvori, xatti-harakatlari nihoyatda rang-barang. Ular turli sabab va maqsadlardan kelib chiqadi, har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Shaxsning huquq normalari bilan tartibga solinadigan huquqiy xulq-atvori, xatti-harakati o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
S
Huquqiy xulq-atvor – bu huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan, huquq sub'ektlarining ongli ravishdagi xulqidir.
haxsning huquqiy xulq-atvori – bu shaxs tomonidan huquq normalariga mos keladigan xatti-harakatlarning amalga oshirilishidir. Yana bu qonunga itoat etuvchi xatti-harakat hamdir.
Huquq nuqtai nazaridan xulq-atvor huquqqa mos keluvchi, yuridik betaraf va huquqqa zid keluvchi bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |