Davlat hokimiyatini tavsiflovchi quyidagi belgilar mavjud:
davlat hokimiyati universal(umumiy) xarakterga ega bo‘lib, u mamlakatning butun hududi va aholisiga nisbatan tatbiq etiladi;
davlat hokimiyati ommaviy-siyosiy xarakterga ega, ya'ni unda hokimiyat – jamiyatdan alohida ajratilgan professional apparat (davlat xizmatchilari) tomonidan butun mamlakat miqyosida amalga oshiriladi;
davlat hokimiyati umummajburiy tusdagi yurish turish qoidalarini, ya'ni huquq normalarini yaratish vakolatiga ega;
zarur hollarda qonunda belgilangan tartib va asoslarda davlatning ta'sir choralariga tayanadi;
davlat hokimiyati vaqt doirasida doimiy va uzluksiz amalda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |