19.2. FUQAROLIK JAMIYATI TUSHUNCHASI,
BELGILARI
Fuqarolik jamiyati tarixiy taraqqiyotning, insoniyat sivilizatsiyasi madaniy-ma'rifiy yuksalishining yetuklik darajasidir. Mazkur jamiyat ijtimoiy munosabatlarning oqilona huquqiy tartibga solinganligi, umuminsoniy demokratik qadriyatlar va institutlar qaror topganligi, adolatli qonunlar tizimi shakllanganligi, davlat va barcha fuqarolik jamiyati institutlari xalq va fuqarolar manfaati uchun faoliyat ko‘rsatadigan, fuqarolari komillikka, yuksak ma'naviy-ma'rifiy hamda madaniy sifatlarga erishganligi bilan ta'riflanadi. Fuqarolik jamiyatini barpo etish, eng avvalo, inson, jamiyat va davlatning o‘zaro ma'rifiy aloqadorligi bo‘lib, unda inson, uning huquqlari va manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega. Bunday jamiyatda mavjud bo‘ladigan ijtimoiy muhit davlatning qonunlar doirasida faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z navbatida, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari to‘la-to‘kis ta'minlanishiga sharoit yaratadi.
F
Fuqarolik jamiyati – bu axloqiy, diniy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy, oilaviy munosabatlar va institutlar yig‘indisi bo‘lib, ular yordamida individlar, guruhlar, jamiyat a'zolarining ehtiyojlari va manfaatlari qondiriladigan va ta'minlanadigan jamiyat.
uqarolik jamiyati – bu shunday jamiyatki, unda kishilar o‘zaro bog‘liqdirlar, bir-birlari bilan mustaqil ravishda munosabatda bo‘ladilar. Bunday jamiyatda ijtimoiy ma'naviy va madaniy hayotni ta'minlash, uni rivojlantirib avloddan-avlodga yetkazish davlat bilan jamoat birlashmalarining, shaxs bilan jamoatning munosabatlarini ma'lum darajada mustaqil olib borish orqali amalga oshiriladi. Fuqarolik jamiyatida shaxs ijtimoiy munosabatlarda, o‘zining shaxsiy xususiyatlarini yo‘qotmasdan ishtirok etadi, har bir shaxs o‘zligini namoyon qilib, faoliyatining shakl va turlarini erkin tanlaydi.
Huquqshunos olim Z.Islomov fuqarolik jamiyati to‘g‘risida to‘xtalib, quyidagi fikr-mulohazalarni bildirib o‘tgan: “Fuqarolik jamiyati – bu shaxsiy hukmronlik rejimiga, obyektiv taraqqiyot qonunlarini rad etuvchi volyuntarizmga, sinfiy dushmanlikka, totalitarizmga, odamlar ustidan zulmkorlikka o‘rin bo‘lmagan, qonun, axloq, insonparvarlik va adolat prinsiplari hurmat qilinadigan erkin, huquqiy demokratik, yuksak ma'naviyatga erishgan jamiyatdir. Yana bu – aralash iqtisodiyotga ega bo‘lgan ko‘p ukladli raqobatga asoslanagn jamiyat, tashabbusga asoslangan tadbirkorlik, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlarining oqilona muvozanati ta'minlangan jamiyatdir”1.
Professor X.Odilqoriyev fuqarolik jamiyati tushunchasiga quyidagicha ta'rif bergan: “Fuqarolik jamiyati – har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an'ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e'zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari so‘zsiz ta'minlanadigan, davlat hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma'naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin demokratik huquqiy jamiyat”1.
Do'stlaringiz bilan baham: |