Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


HUQUQIY DAVLAT TUSHUNCHASI, BELGILARI VA PRINSIPLARI



Download 1,34 Mb.
bet259/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

19.4. HUQUQIY DAVLAT TUSHUNCHASI, BELGILARI VA
PRINSIPLARI


Huquqiy davlat – huquqiy asosda tashkil topadigan va jamiyat hayotining barcha sohalarida huquq ustuvorlik qiladigan davlat.

Ma'lumki, huquqiy demokratik davlat barpo etish uchun fuqarolik jamiyati shakllangan bo‘lishi kerak. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati o‘zaro bog‘liq, bir-birini taqozo etuvchi ijtimoiy hodisalardir.


Huquqiy davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar asrlar davomida shakllangan. Bu g‘oyalar qadimgi davrning Aristotel, Sitseron kabi mutafakkirlarining asarlarida o‘z ifodasini topgan edi. Keyinchalik XVII-XVIII asrlarga kelib, huquqiy davlat g‘oyasiga yana e'tibor kuchaydi va bu g‘oya asosida butun bir ta'limot – huquqiy davlat nazariyasi yaratildi. Huquqiy davlat nazariyasining shakllanishiga G.Gegel, Sh.Monteske, I.Kant, R.fon Mol va boshqa olimlar katta hissa qo‘shganlar. Huquqiy davlat nazariyasi asoschilardan biri Immanuil Kant huquqiy davlat tushunchasiga quyidagicha ta'rif bergan: “Davlat huquqiy qonunlarga bo‘ysunish asosida yashovchi ko‘plab odamlarning uyushmasidir”1.
Qonunning ustuvorligi huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. Qonunlar hayotiy, amaliyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi va undan kelib chiqmog‘i lozim. Qonun bozor munosabatlariga o‘tishning barcha amal qilishi kerak bo‘lgan yetakchi prinsiplaridan biridir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat'iyan hukmdorligini nazarda tutadi.
Jamiyatning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati huquqiy davlatning muhim omili va shartidir.
Huquqiy adabiyotlarda huquqiy davlatning quyidagi asosiy belgi va xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tilgan:

  1. Hokimiyatning bo‘linishi, ya'ni bir davlat kichik tizimining funksiyasini boshqasi bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi;

  2. Fuqarolik jamiyatining mavjudligi;

  3. Biron-bir bo‘g‘in yoki institutda hokimiyat vakolatlarining to‘planib qolishiga to‘sqinlik qiluvchi monopoliyaga qarshi mexanizmlarning yaratilishi;

  4. Konstitutsiyaviy qonunning ustunligi va bevosita amal qilishi;

  5. Davlat hokimiyati suverenligini qonunda belgilash va uni hayotga tatbiq etish;

  6. Saylash huquqi normalari asosida qonun chiqaruvchi organlarni shakllantirish hamda qonunlarda davlat irodasini shakllanishini va ifodalanishini nazorat qilish;

  7. Ichki qonunlarning xalqaro huquq umume'tirof etgan normalar va prinsiplarga muvofiqligi;

  8. Ijtimoiy munosabatlar barcha subyektlarining, har kimning o‘zboshimcha qarorlaridan huquqiy kafolatlanganligi;

  9. Huquqiy davlatchilikni ta'minlashning namunasi, modeli va vositasi sifatida sudning ustunligi;

  10. Qonunlarning huquqqa muvofiqligi va davlat hokimiyati tizimini huquqiy tashkil etish;

  11. Fuqarolar huquqlari va majburiyatlarining birligi;

  12. Davlat va shaxsning o‘zaro mas'uliyati”1.

Huquqiy davlatning muhim xususiyati davlat va shaxs o‘zaro munosabatlarning huquqiy tusda bo‘lishidir. Shuni anglash joizki, shaxsning huquqi va erkinligi bu insonning ajralmas bir qismi, ijtimoiy tuzumning mahsulotidir. Buningsiz huquqiy davlatning asosi bo‘ladigan fuqarolik jamiyatiga erishib bo‘lmaydi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish