O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETINING IXTISOSLASHTRILGAN FILIALI
Yurisprudensiya
(Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash yo’nalishi.)
2-kurs v potok 2-guruh talabasi
Abdurasulov Abduqahhor Abdumannop o’g’li
Jinoyat huquqi fanidan
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 158-modda O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish
Mavzusida
MUSTAQIL ISHI
Shubhasiz davlat rahbarlari tilga olinganda, juda qattiq qo’riqlanadigan katta katta kortejlarda ko’plab qo’riqchilar bilan harakatlanadigan preziden
tlar ko’z oldimizga keladi. Bu tabiiy hol, chunki ularning zimmasida o’sha davlat manfaatlari va boshqaruvi bo’ladi. Uni asrash esa juda muhim hisoblanadi. Har bir davlatda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham Prezidentga tajovuz qilish bo’yicha javobgarlik belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 158-moddasi aynan O’zbekiston Respublikasi prezidentiga tajovuz qilish javobgarligi mavjud. Mazkur jinoyat Jinoyat kodeksining O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar bobidan joy olggan. Chunki O’zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquq va erkinliklariga, O’zbekiston Respublikasii Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafolatidir. Shunga ko’ra Konstitutsiyamizning 91-moddasida “Prezidentning shaxsi dahlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi” deb belgilab qo’yilgan.
Ushbu jinoyatning bevosita asosiy ob’ekti O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi, mudofaa salohiyatini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Qo’shimcha bevosita ob’ekti esa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hayoti, sog’ligi, havfsizligi, sha’ni, qadr qimmatini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
158-modda 1-qismining ob’ktiv tomoni esa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish hisoblanadi. Jinoyatning sub’ekti 18 yoshga to’lgan aqli raso shaxs
Hayotga tajovuz qilish jabrlanuvchining hayotidan mahrum qilishga qaratilgan har qanday harakati tushuniladi.
Prezidentning hayotiga tajovuz qilish, yuzaga kelgan oqibatlardan qat’iy nazar, tugallangan jinoyat hisoblanadi. Ya’ni prezident o’ldiriladimi yoki yo’qmi jinoyatning kvalikatsiyasi uchun ahamiyatsiz hisoblanadi. Odam o’ldirish va tajovuz qilash ongli ravishda amalga oshirilsa, aybdor Jinoyat Kodeksining 158-moddasi 1-qismi bilan javobgarlikka tortiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining o’limi hamda hayotiga tajovuz qilishning o’zi, ko’rilayotgan jinoyat belgilarini tashkil qiladi va Jinoyat Kodeksining 97-moddasi bo’yicha qo’shimcha kvalikatsiyani talab qilmaydi.
Ushbu moddaning 2-qismiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti badaniga qasddan shikast yetkazish. Jinoyatning ob’ektiv tomoni O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tan jarohati yetkazishda hisoblanadi.
Ayblanuvchining harakatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga qanday turdagi tan jarohatining yetkazilganidan qat’y nazar, Jinoyat Kodeksining 159-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga qanday turdagi bo’lsa ham tan jarohati yetkazilgan vaqtdan boshlab Jinoyat Kodeksining 158-modda 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat tamomlangan hisoblanadi. Agar ayblanuvchining qasdi Prezidentga tan jarohat yetkazish bo’lsayu irodasiga zid holda tan jarohati yetkazilmay qolsa Jinoyat Kodeksining 25-moddasi 2- qismi (qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra ohiriga yetkazilmagan bo’lsa, jinoyat sodir etishga siqasd deb topiladi) bilan hamda 158-modda 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi.
158-moddaning 3-qismi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuxmat qilish. Mazkur qisimda jinoyatning ob’ektiv tomoni O’zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqorat qilish va tuhmat ilish hisoblanadi.
Ommaviy haqorat. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sha’ni, qadr qimmatini omma oldida, masalat namoyishlarda jamoat joylarida, mitinglarda, yeg’ilishlarda, seminarlarda va boshqa aholi yeg’iladigan joylarda, matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalarida, internet tarmogida haqorat qilish yoki tuxmat qilish va boshqalar tushuniladi. Mazkur vaziyatda haqorat Prezident nomiga ahloqsiz so’kinishlar, nomaqbul sozlar ishatish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Tuhmat. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini haqorat qiluvchi, aslida yolg’on bo’lgan yoki aybdor tomonidan bila turp bo’xton ko’rinishidagi ma’lumotlarni tarqatish hisoblanadi.
Matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanib haqorat va tuhmat qilish. Bu holatda O’zbekiston Respublikasi Prezidentini tahqirlash haqoratlash ko’rinishidagi materiallarni kitoblar, jurnallar, maqolalarda, vaqraqa va roznomalarda chop ettirish yoki radio, televidiniyada, videokasetalarda, hamda hozirda ommalashgan internet tarmogi yordamida tarqatish holatlari tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentini ommaviy haqoratlash yoki unga tuhmat qilish jinoyati aybdor tomonidan haqorat yoki tuhmatni anglatuvchi har qanday harakatlar sodir etilgan vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi, hamda O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodekisining 158-moddasi 3-qismiga binoan javobgarlikka tortiladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatning sub’ektiv tomoni
Mustaqillikka erishilgandan to hozirgi kungacha O’zbekistonda bir necha bor Prezidentga tajovuzlar yuz bergan. Eng katta tajovuzlarni eslaydigan bo’lsak Mustaqillikkning 1-yilidanoq O’zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti Islom Abdug’niyevich Karimovga juda og’ir keladi. Shu yili 20-dekabrda prezidentlik saylovi oldidan president saylovchilar bilan uchrashish uchun Namangan viloyatiga safar qilib saylovchilar bilan uchrashib Toshkentga qaytadi. Biroq o’sha vaqtda Tohir Yo’ldosh boshchiligidagi “Adolat tashkiloti Namanganning markaziy maydoniga minglab odamlarni yeg’ib, Prezident Karimov biz bilan uchrashuv uchun qaytib kelsin deb talab qo’yishadi. Tabiiyki Islom Karimov Namanganga qaytishga majbur bo’ladi, hamda omma yeg’ilgan markaziy maydonga Tohir Yo’ldosh oldiga chiqib boradi. Tohir Yo’ldosh tomonidan Prezidentga haqoratomus harakatlar amalga oshiriladi.
Ohir oqibatda Prezident namoyish tashkilotchilari bilan muzokara olib borb tinch yo’l bilan vaziyatni yumshatadi.
O’zbekiston Respublikasida yana shunga o’hshash jinoyat 1999-yil 16-fevral kuni sodir bo’lgan. Ushanda Toshkent osmoni qora qop qora tutunlar bilan to’lgan o’sha mudhish kunda mamlakatdagi eng yirik qo’poruvchilik harakatlari amalga oshirilgan. Ushbu harakat nafaqar O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy hokimiyatini ag’darishga harakat, balki shaxsan 1-prezident Islom Karimovga qaratilgan suiqasd edi.
O’sha kuni Toshkentda 6 ta kuchli portlashlar sodir etilgan. Ushbu portlashlarnng biri Vazirlar Mahkamasi binosida sodir etildi. O’sha soatlarda hukumatning 1998-yildagi faoliyati hisobotiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tishi va unda davlat rahbari Islom Karimov ishtirok etishi rejalashtirilgandi
Portlash yuz bergandan so’ng Prezident korteji zudlik bilan orqaga qaytib ketdi. Hali qo’poruvchilik harakati to’htamaganiga qaramay davlat rahbari voqea joyiga borib talofat yetgan joylarni ko’zdan kechirdi. Jurnalistlar orqali halqga murojat qilayotgan vaqtda ham orqa tarafdan yana portlashlar yuz berdi. Shunga qaramay president majlisni o’tkazib shijoatini namoyon qildi.
Dunyo mamlakatlariga nazar soladigan bo’lsak juda ko’plab prezidentlarga tajovuzlar yuz berganini ko’rish mumkin. Eng kop Prezidentiga suiqasd amalga oshirilgan mamlakat Amerika Qo’shma Shtatlari hisoblanadi. Hozirgi kungacha jahon yetakchiligiga da’vo qiladigan ushbu mamlakat prezidentlariga bir necha bor suiqasd sodir etilgan.
Avraam Linkolnning o’ldirilishi.
1865-yilda Fordning Vashington teatrida fojea yuz berdi. Jinoyatchi, o’sha paytdagi mashxur aktyor Jon Uilkes But Prezident va rafiqasi o’tirgan joyga hech qanday to’siqsiz kirib, president boshining orqa tarafiga o’q uzib voqea joyidan qochib ketadi.
Ertasi kuni ertalab Linkoln vafot etadi. Qochishga muvaffaq bo’lgan Butning o’zi, bir necha kundan keyin uning ortidan uyushtirilgan ta’qib paytida o’ldirilgan.
John Fitzgerald Kennedy ning o’ldirilishi
1963-yilning 22-noyabr kuni Amerika Qo’shma Shtatlari tarixiga mudhish qotillik sifatida yozilgan. O’sha vaqt Amerika Qo’shma Shtatlarining 35-prezidenti John Kennedy rejalashtirilgan qotillik qurboniga aylangan. 1963-yil 22-noyabr kuni Kennedy Texas shtatidagi Dallas hududiga tashrif buyurgan. Kennedyning prinsipi u ko’pincha tashrif buyirgan joyda halq bilan uchrashib ular bilan hamnafas yurishni yoqtirar edi. O’sha kuni Kennedy rafiqasi Joklin bilan president kortejida ketayotgan vaqtda uncha uzoqda bo’lmagan binodan merganlik miltig’I yordamida otib o’ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |