Zbekiston respublikasi a. Navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana23.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#506270
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish jarayonida oquvchilarning musiqiy nazariy savodxonligini takomillashtirish

Ta’limiy maqsad
: Musiqaning ifoda vositalari haqida tushuncha 
berish, ovoz oszlovchi mashqlar bajarish, yangi qo’shiq o’rgatish, musiqiy 
asar tinglash, tahlil qilish, oldingi o’tilgan mavzularni takrorlash va 
mustahkamlash. 
Tarbiyaviy 
maqsad

O’quvchilarning musiqiy idroki, didi, 
dunyoqarashi va musiqiy madaniyatini shakllantirish, musiqa asarlarini idrok 
etish va ular haqida bilishga qiziqish uyg’otish, tinglangan va o’rganilgan 
qo’shiq, g’oyaviy-badiiy mazmuni vositasida axloqiy fazilatlarni 
shakllantirish. 
Ta’lim vositalari
: konspekt, nota yozuvlari, darslik, qo’shiqlar 
to’plami, video, audio yozuvlar, cholg’u asboblari. 


13 
Darsning tashkiliy qismi
:
1.Sinfni uyushtirish; 
- musiqiy kirish; 
- yo’qlama qilish; 
- dars mavzusini e’lon qilish; 
2. Darsning borishi:
- amaliy ishlar; 
- ovoz sozlash mashqlari; 
- oldingi mavzuni mustaxkamlash; 
- notaga qarab kuylash; 
3. Yangi materiallarni o’rganish:
- o’rganiladigan qo’shiqni e’lon qilish; 
- qo’shiq haqida qisqacha suhbat; 
- qo’shiqni jumlalarga bo’lib o’rgatish; 
4. Musiqa savodiga oid bilimlarni o’zlashtirish: 
5. Musiqa tinglash, tahlil qilish. 
6. Bolalar musiqa cholg’ularida jo’r bo’lish va ritmik harakatlar 
bajarish. 
7. Ijodiy vazifalar: mustaqil tarzda kuyga jo’r bo’lish uchun qaysi 
cholg’u mosligini aniqlash, unga tavsif berish, janrni aniqlash. 
8. O’tilgan mavzuni mustaxkamlash. 
9. Uyga vazifa berish: qo’shiq matnini yodlash, musiqaning ifoda 
vositalariga misollar yozib kelish. 
Ko’rinib turibdiki, birgina dars davomida bajariladigan talimiy ishlar 
ko’lami ancha keng, buning uchun o’qituvchi vaqt me’yorini hisobga olishi 
va ulardan unumli foydalanishi muhim rol o’ynaydi. 
Musiqa darsini shu tarzda, ya’ni faoliyatlar uyg’unligida tashkil qilish 
o`quvchilarning musiqiy-nazariy bilimlarni va amaliy ijrochilik malakalarini 


14 
egallashlariga samarali ta’sir ko’rsatadi. Shu bois musiqa o’qituvchisi musiqa 
darsini tashkiliy-pedagogik xususiyatlari va dars o’tishi metodikasini puxta 
egallagan bo’lishi talab etiladi. 
Endi musiqiy faoliyatlar (asosiy faoliyatlar)ga qisqacha to’xtalib 
o’tamiz:
1. O’quvchilarning musiqiy-nazariy bilimlar tizimida musiqa tinglashni 
yetakchi faoliyat sifatida baholash o’rinli bo’ladi. Musiqa madaniyatini 
egallash, dunyo musiqa san’ati durdonalari, milliy xalq musiqa me’rosi, 
zamonaviy janrlarda yaratilayotgan asarlar bilan tanishish, shu jarayonda 
musiqiy-nazariy bilimlarni egallash, (nota yozuvi, ifoda vositalari), 
o’quvchilarda musiqaga qiziqish uyg’otish musiqani tinglash va tahlil qilish 
orqali kechadi. « Musiqani sevish, undan badiiy-estetik zavq olish uchun uni 
tinglash kerak- degan edi, buyuk rus kompozitori D.Shostakovich:- Vatan, 
do’stlik haqida, mehnat va jismoniy hamda amaliy faoliyatlar mavzusidagi 
asarlarni tinglash o’quvchilarga ijobiy ta’sir qiladi. O’quvchi tinglangan 
musiqa yoki san’at asari haqida birorta savol bermasa, unda biror hissiyot 
vujudga kelmasa, shaxsiy hissiyot va munosabat bilan bog’lanmagan xabar 
tarzidagi aloqagina paydo bo’lsa, demak, vazifa bajarilmagan maqsadga 
erishilmagan hisoblanadi». 
Asarni bilishning ikiinchi bosqichida o’quvchi asar haqidagi o’z fikrini 
aytishi, uning g’oyaviy-badiiy mazmuniga baho berishi, asarning harakterli 
xususiyatlarini tahlil qilishi kerak. Bunda musiqa nazariyasi, tarixi, musiqa 
asarini tahlili, vokal-xor, cholg’ushunoslik, ona-tili va adabiyoti, mualliflar 
haqidagi bilimlar mujassamlashadi. Musiqa tinglagandan so`ng o’quvchilar 
ijroning yakkanavozlik, jo’rnavozlik, cholg’u sozlari, ularni ovoz tembridan 
ajrata olishlari kerak bo’ladi. Bu jarayonda ularning estetik madaniyati, 
badiiy-musiqiy didi va tafakkuri rivojlanadi. 


15 
O’quvchilarning musiqani qabul qilish malakalarini shakllantirish, 
uning ifodaviy «tili»ni tushunish, har bir o’quvchining o’z sevimli musiqiy 
asarlar doirasini paydo qilish, ularda musiqiy asarlarning mualliflariga 
nisbatan xurmat hissini uyg’otishi, mumtoz va maqom musiqalariga nisbatan 
qiziqish uyg’otish muhim vazifalardandir. 
Musiqiy ta’limning boshlang`ich bosqichida musiqa tinglashga 
qo`yiladigan asosiy vazifalar ikkita yo’nalishni o’z ichiga oladi: 
1.Har-xil mazmundagi va har-xil janrdagi asarlar bilan tanishish, 
musiqiy zahira to’plash. 
2. Musiqiy termin va tushunchalarni (nazariy bilimlarni) egallash. 
Asosiy musiqaning ifodalovchi vositalaridan xabardor bo’lish. 
Ma’lumki, o’quvchilar oilada jamoatchilik joylarida hafta davomida
ko`plab musiqa tinglaydilar. Lekin haftasida bir marta o`tiladigan bir soatlik 
dars 
davomidagi 
tinglangan 
musiqaning 
pedagogik 
maqsadga 
yo’naltirilganligi, asar tinglagandan so`ng u haqidagi ma`lumotlar, musiqiy 
tahlil uni ongli ravishda idrok etishga olib keladi. 
Darsda o’qituvchi musiqiy asarni tinglattirishdan oldin shu mavzuda 
qisqacha suhbat o’tkazadi, unda asarning mazmuni, harakteri, janri, ijro turi, 
mualliflari haqida so’zlab beradi. Musiqiy tarbiyada o’quvchilarning nafaqat 
musiqani tinglash, zavq olish, amaliy ijro etishga o’rgatish, balki musiqani 
emotsional va ruhan qabul qilishni o’rgatish muhim o’rin to’tadi. Buning 
uchun o’qituvchining o’zi yuqori ijrochilik malakasiga ega bo’lishi, 
mahoratli xonanda, sozandalar ijrosidagi musiqiy yozuvlar (disklar, magnit 
yozuvlari, video tasvir) dan, kompyuterlardan, ko`rgazmali vositalardan 
foydalanishi ham kata ahamiyat kasb etadi, ko’zlangan maqsadga erishishini 
ta’minlaydi. Shu o’rinda yana bir mulohaza, tajribalar shuni ko’rsatadiki, 
texnik vositalar yordamida tinglangan musiqaga nisbatan «jonli ijro»ning 
ta’siri kuchli va jozibador bo’lar ekan. 


16 
2. Jamoa (xor) bo’lib kuylash o’quvchilarni qo’shiq kuylashga 
o’rgatish, musiqiy tarbiyaning eng muhim maqsadi va vazifasidir. Jamoa 
bo’lib qo’shiq kuylash o’quvchilarni badiiy-estetik kamolotida katta rol 
o’ynaydi. Birinchidan, qo’shiq muayyan mavzuda yaratilgan bo’ladi, 
ikkinchidan ularda inson ruhiyati, kechinmalari o’z ifodasini topadi. Qo’shiq 
mazmunidagi g’oyaviy-badiiy g’oyalar o’quvchilarda hayotni anglash, badiiy 
tafakkur, dunyoqarashlarini o’sishiga, axloqiy fazilatlarni kamol topishiga 
ijobiy ta’sir etadi, ularning tashabbuskorlik, fantaziya, qo’shiqchilik ovozini, 
musiqiy xotira, vokal-xor malakalarini o`stiradi. 
Jamoa bo’lib kuylash jarayonida ijro etish uchun musiqiy asar 
tanlashda namunani to’g’ri tanlash asosiy shartlardan biridir. Qo’shiqlar turli 
mavzu, janr va murakkablikdagi zamonaviy, mumtoz asarlar, milliy va chet 
el musiqalari bo’lishi maqsadga muvofiq. Qo’shiq kuylashning boshqa 
faoliyatlardan yana bir farqli xususiyati-qo’shiqda musiqa va so’z birgalikda 
keladi, bu esa musiqa asarini o’quvchilarga tushunarliroq bo’lishini 
ta’minlaydi.
Musiqiy-nazariy 
bilimlarni 
o’zlashtirishning qo’shiq 
kuylash 
jarayonida o’quvchilarga o’rganiladigan (kuylanadigan) qo’shiq o’qituvchi 
ijrosida (yoki musiqiy yozuvda), cholg’u asbobi jo’rligida eshittiriladi. Bu 
o’quvchilarda qo’shiq haqidagi dastlabki ta’surotlarni hosil qiladi. Shundan 
so`ng o’qituvchi tanlangan qo’shiqning yaratilishi haqida, mualliflari, o’ziga 
xos xususiyatlari haqida tushuncha beradi. Keyin o’quvchilar bilan birgalikda 
qo’shiq janri, shakli, ladi, ulchovi aniqlanadi. So`ngra qo’shiqni o’rganishga 
kirishiladi. 
Pedagogik va psihologik tadqiqotlardan ma’lumki, ijodiyotni 
shakllantirishning barcha turlariga diqqat, xotira, emotsional ko’tarinkilik va 
ijodiy fantaziya xosdir, bularsiz ta’lim jarayonini ham tasavvur qilib 
bo’lmaydi. 


17 
Musiqa darslarining har biri o’z xususiyatiga ko’ra takrorlanmas va 
ma’lum darajada o’ziga xos bo’ladi. Darsning har bir faoliyati, tashkiliy-
uslublari, maqsadi va vazifalari, erishilmoqchi bo’lingan natijalar avvaldan 
e’tiborga olingan bo’lishi lozim. 
Darslarga quyiladigan didaktik talablar tizimida qo’llaniladigan 
metodikaning aniq va tushunarli bo’lishi, oldingi o’tilgan darslar bilan 
mazkur darsning o’zviyligi, darsning mavzusiga mos asar tanlash, dars 
o’tilishda samarali usul va uslublardan foydalanish, darsni pedagogik, 
metodik jihatdan to’g’ri uyushtirish, jamoaviy va individual ishlash usullarini 
qo’llay olish, dars jarayonida har bir o’quvchining individual xususiyatlarini 
hisobga olish, turli fanlarga oid bilimlardan foydalanib darslarni mazmunini 
boyitish, o’quvchilar o’zlashtirishini to’g’ri baholash muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
3.

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish