Zbekiston respublikasi a. Navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Tadqiqot natijalarining ommalashganlik darajasi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana23.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#506270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish jarayonida oquvchilarning musiqiy nazariy savodxonligini takomillashtirish

Tadqiqot natijalarining ommalashganlik darajasi.
 
Dissertasiya 
mazmuni yuzasidan 4 ta maqola chop etildi, seminarlarda ma`ruzalar o`qildi. 
Dissertasiyaning tarkibiy tuzilishi.
 
Dissertasiya kirish , 3 bob, 6 
paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va 
ilovalardan iborat. 
 
 
 


10 
1-BOB: Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarni musiqiy-
nazariy bilimlarini shakillantirishning ilmiy-uslubiy asoslari. 
1.1
 
Musiqiy 
faoliyatlarning 
musiqiy 
nazariy 
bilimlarni 
o’zlashtirishdagi urni va ahamiyati. 
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng jamiyatni yangicha, 
o’ziga xos tarakkiyot yo’li va bosh maqsadi belgilandi. Bu jamiyatni kurish 
uchun eng avvalo shu jamiyat fukarolarini, o’sib kelayotgan yosh avlodni 
milliy-ma’naviya ruhda har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalashga 
ustuvor ahamiyat berildi. Shuning uchun ham mustaqil rivojlanishning 
dastlabki yillaridan ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-xunar tizimini yangicha 
asoslarda islox qilishga kirishildi. Chunki, ma’naviy yetuk, aqliy barkamol, 
axloqiy-estetik madaniyati shakllangan shaxsni tarbiyalash o’z navbatida 
ijtimoiy-iktisodiy, madaniy, ta’lim-tarbiyaviy ishlarmilliy g’oya va milliy 
mafko’rani asosiy omillari bo’lib xizmat qiladi. Shu o’rinda insonning 
ma’naviy ongi, dunyoqarashini va madaniy kamolotini ta’kidlab o’tilgan 
talablar darajasida shakllantirishda san’at turlari va uning tarkibidagi eng 
ommaviy va ta’sirchan hisoblangan musiqa san’ati a’lohida ajralib turadi. 
Prezidentmiz I.Karimov xaqli ravishda ta’kidlaganlaridek «Musiqaning
hayotbaxsh ta`sirini o`z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning 
yurtimizda toppish qiyin desak mubolag`a bo`lmaydi. Eng muhimi, bugungi 
kunda musiqa san`ati navqiron avlodimizning yuksak ma`naviyat ruhida 
kamol topishida boshqa san`at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta`sir 
ko`rsatmoqda».
1/
Haqiqatdan ham, musiqa insonning axloqiy, ma’naviy va estetik 
hissiyotlariga ta’sir etish xususiyatini betakror va a’lohidaligi bilan 
pedagogik fanlar tizimida ham muhim o’rin to’tadi. Shuning uchun ham,
I.Karimov «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent, ma’naviyat 2008 yil (141-bet)» 


11 
musiqa ta’limida ushbu fanni o’qitilishi eng avvalo tarbiyaviy maqsadlarni 
ko’zda to’tadi, desak aslo xato bo’lmaydi.
Musiqa fan sifatida o’qitiladigan ta’lim tizimining barcha bo’g’inlariga 
nisbatan umumta’lim maktablaridagi musiqa ta’limi o’zining tashkiliy, 
metodik hamda mazmun-mohiyati (predmeti) bilan, boshqa fanlarni 
o’qitilishidan jiddiy farq qiladi.
Bu o’ziga xoslik musiqa darsini eng avvalo bir biriga mantiqiy bog’liq, 
darsning bosh mavzusi maqsad va vazifalarini yoritishga yo’naltirilgan 
beshta faoliyatlar asosida tashkil etilishida o’z ifodasini topadi. Bu faoliyatlar 
pedagogik maqsad, vazifalari, uyushtirilishiga ko’ra aslida darsning bosh 
mavzusining mazmuni va mohiyatini ochib berishga qaratilganligi bilan dars 
sifat va samaradorligini ta’minlash, qiziqarli va mazmunli kechishi, 
pirovardida o’quvchilarning musiqa madaniyatini shakllanishiga xizmat 
qiladi. Dars davomida olib boriladigan ta’limiy faoliyatlar mustaqil 
jarayonlar ko’rinishida bo’lishi bilan birga, ularni bir biri bilan o’zviy 
aloqadorlikda olib borish ushbu fanni o’qitilishining o’ziga xos 
qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Musiqa darslaridagi qo’shiq kuylash, musiqa 
savodi, musiqa tinglash boshlang`ich sinflarda qo’shimcha ravishdagi 
musiqaga ritmik jo’r bo’lish hamda bolalar cholg’u asboblarida ijro etish 
o’quvchilar tomonidan musiqiy nazariy bilimlarni, amaliy ijrochilik bilan 
bog’liq ko`nikma va malakalarini, bilimlarni qiziqish va ishtiyoq bilan puxta 
o’zlashtiirishga keng imkoniyat yaratadi. 
Darsning mazmuni, mavzusi va xususiyatidan kelib chiqqan holda biror 
bir faoliyat asosiy o’ringa chiqib qolishi ham mumkin. Lekin, darsning 
tuzilishi asosan, mavzuga oid nazariy bilim, amaliy ijrochilik bilan 
belgilanadi. O’quvchilar dars davomida biror musiqa asarini tinglashadi.


12 
Ushbu jarayonda ular musiqaning g’oyaviy-badiiy mazmuni, 
mualliflari, yaratilgan davri, ijro uslubi, qaysi mahalliy uslubga xosligi, 
kompozitori, bastakorlik ijodi mahsuli ekanligi, janri, tonalnosti, o`lchovi, 
shakli kabi ma`lumotlar bilan tanishadilar. Bu esa, o’quvchilarni 
umummusiqiy va musiqiy-nazariy savodxonligini shakllantirishga xizmat 
qiladi. 
Darsning amaliy ijrochilik, ya’ni qo’shiq kuylash (xor bo’lib) 
jarayonida, o`quvchilarni vokal-xor kuylash malakalarini egallashlari uchun 
nota yozuvi, dinamik belgilar, dirijorlik qoidalaridan xabardor bo’lishlari 
zarur. Musiqa savodi faoliyatida dastur va darslikka kiritilgan nazariy 
bilimlar o’quvchilarni musiqa fani bo’yicha zarur bilim, ko`nikma, 
malakalarni, bir so’z bilan aytganda musiqa madaniyatini yaxlit holda 
egallashlarini ta’minlaydi. 
Musiqa darslarini aytib o’tilgan faoliyatlar doirasida tashkil etilishini 
biz bir darsning tuzilishi misolida ko’rsatib o’tishimiz mumkin: 
Dars mavzusi: Musiqaning ifoda vositalari. 
Darsning turi: Amaliy, fanlararo bog’liqlik. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish