71
Umumiy xulosalar
Umumta’lim maktablaridagi «Musiqa madaniyati» darslarida Davlat Ta’tim
Standart iva o’quv dasturida belgilangan talablar asosida o’quvchi-yoshlarni san’at
olamiga olib kirish, musiqiy madaniyatini shakllantirish asosiy vazifa xisoblansa-
da, o’quvchilarni musiqiy faoliyati bunday nafis va nozik san’at sirlaridan fakat
nomigagina, yuzaki xabardor bo’lib kolmasligi kerak. Har tomonlama barkamol,
dunyoqarashi, mushohada qilish kobiliyatiga ega bo’lgan, badiiy sayoz va yetuk
asarlarni farqalay oladigan kobiliyatli yoshlarni shakllantirish oson iщ emas.
Bu o’rinda birinchi navbatda shu soxaga yo’naltirilgan ta’lim dargohlarida
bo’lajak mo’taxxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish lozim.
Bunda birinchi galda bo’lajak musiqa o’qituvchilarni va murabbiylarning vokal-
xor, amaliy ijrochilik malakalariga ustuvor
ahamiyat
berish o’rinli bo’ladi. Lekin
bu xususiyatlar qachonki mukammal va to’laqonli bo’ladi bulg’usi mo’taxassis
musiqa bastalangan qo’shiq ashulalar she’riy matni mazmuni haqida, uning musiqa
harakteri bilan unumlilig, tasvirlangan badiiy obrazlar mohiyatiga qanchalik
monand ekanligini tushunib yetadigan darajada bo’lsalar.
Buning uchun musiqa mashg’ulotlarida har bir o’rganilayotgan va tinglash
uchun tavsiya etilgan asarlar yuzasidan o’tkaziladigan o’qituvchining tahliliy
suxbati jonli xikoyasi, savol-javob, munozara va baxslar uyushtirish, tegishli
ma’lumotlarni qizikarli qilib o’quvchilarga yetkazib berishi, fanlararo
bog’liqlikdan foydalanib, san’atshunoslik, musiqa tarixi va adabiy manbalardan
foydalanishi yaxshi samara beradi.
Dars davomida qo`llaniladigan har qanday uslub, pedagogik jarayon
bevosita tarixiy an’analar va ko’p yillik tajribalar asosida yuzaga kelgandir. O’zbek
musiqasining asosini tashkil etuvchi xalq qo’shiqlari, lapar, yalla, alla, mavsumiy-
marosim qo’shiqlari, mumtoz ashulalar, maqom asarlari kishilik jamiyati
taraqqiyotiga mutanosib ravishda rivojlanib, insonlarning ruhiy xolati, inson va
tabiat birligi, shuningdek, ijtimoiy voqyea-xodisalarning mohiyatini o’zida
ifodalab kelgan. Xozirgi kunda mustaqil respublikamizda kechayotgan muxim
o’zgarishlar, siyosiy, madaniy, ma’rifiy, jamiyat turmush bilan bog’liq jarayonlarni
72
matx etuvchi musiqiy asarlar ham o’ziga kishilarni ma’lum bir g’oyaga,
mafko’raga da’vat etishi, xalqimiz orzu-intilishlari, xoxish-irodalarini ifoda etishi
bilan ahamiyatlidir.
O’quvchi-yoshlarga bunday qo’shiqlarni o’rgatish ikkita asosiy maqsadni
amalga oshirishga xizmat qiladiki, buni musiqa o’qituvchilari doimo e’tiborda
tutishlari lozim. Birinchisi musiqa darsida o’quvchilarni musiqiy va musiqiy-
nazariy madaniyatini amaliy ijrochilik kobiliyatlarini, kunikma va malakalarini
shakllantirish bo’lsa, ikkinchisi musiqa asarlarida ifodalangan g’oyaviy-madaniy
mazmunni, obrazlar, tasvirlar, voqyea-xodisalar mazmuni va mohiyati xis
qilishlari, ongli idrok etishlari unga o’z munosabatlarini bildirish malakasiga ega
bo’lishlari lozim.
Mana shu ikki jixat uyg’un rivojlangan taqdirdagina musiqiy ta’lim
muammolari to’laqonli o’z yechimini topgan bo’ladi. Bulardan kelib chiqib
quyidagi tavsiyalarimizni ilgari surishimizni lozim topdik:
- umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida jamoaviy
ijrochilik faoliyatining o’rni va ahamiyatidan kelib chiqib, repertuar tanlashga
jiddiy e’tibor berish;
- repertuarga ona-vatanni madx etuvchi, oliyjanob insoniy fazilatlarni
ulug’lovchi, mehr-muhabbat, inson, do’stlik, ona-tabiatni kuylovchi, turli tarixiy-
ijtimoiy voqyealarni o’z mazmunida mujassamlashtirgan asarlarni kiritish;
- o’rganilgan-tinglangan asarlar haqida har bir darsda nazariy va badiiy tahlil
uchun vaqt ajratish;
- asarlarni tahlil qilishda nazariy qoidalar, ijrochilik uslublari, an’analari,
kushimcha ma’lumotlarni amaliy xolatlar orqali ifodalash, ko’rsatish, tushuntirish
lozim.
Shu o’rinda o’qitishning ko’rgazmali, texnik, namoish etish, o’zi ko’rsatib
berish, taqqoslash, munozara uyushtirish, individual va mustaqil topshirik berish,
nazorat qilish, baxolash kabi uslublardan samarali foydalanish lozim;
- o’quvchilarda tahlil va lug’at uchun maxsus daftarlarni tashkil etish va
unga kerakli tushuncha, izohlar qayd etib borilishini yo’lga qo’yish.
73
Bularning barchasi muayyan darajada o’quvchilarning musiqiy bilim va
tushunchalari, dunyoqarash, tasavvuri, mushohada qilish, fikrlash, asarlarni
farqlash, musiqa asarlari haqida fikrlarni aytish, baxo beri shva pirovardida nazariy
bilish, ko’nikma va malakalarni yo’qori darajada rivojlantirishga, musiqa
madaniyatini shakllanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |