3-BOB:O’quvchilarni musiqa asarlarini tinglash va tahlil
qilishga o’rgatishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat
samaradorligi
3.1 Musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish bo’yicha
tajriba-sinov ishlarining tashkiliy-uslubiy xususiyatlari.
Umumiy urta ta’lim matablardagi «Musiqa madaniyati» darslarida olib
boriladigan
barcha
o’quv
faoliyatlari
jarayonidagi
o’quvchilarni
umummusiqiy va musiqiy-nazariy savodxonligini tarkib toptirishga
yo’naltirilgan pedagogik maksad va vazifalarni amalga oshirishda asarlarni
tahlil qilish muxim rol o`ynaydi. Bu o’z navbatida musiqiy-estetik
tarbiyaning ham bosh maksadi xisoblanadi.
Tinglanayotgan, o’rganilayotgan musiqa asarlarini tulakonli idrok etish
uchun eng avvalo, usha asar haqidagi nazariy va badiiy ma’lumotlardan
ma’lum darajada xabardor bo’lish kerak. Asar haqidagi tulakonli tasavvur
qilish esa asarni musiqiy-badiiy asar sifatidagi shakli, janri, harakteri,
g’oyaviy-badiiy mazmuni, ijrochilik xususiyatlari, kim uchun yozilganligi,
ifodaviy vositalari (o’lchovi, lad-tonalligi, tempi va hokazo) haqidagi bilim
va tushunchalar orqali xosil qilinadi.
Bizga ma’lumki musiqa asarlarini bilishda nisbatan qo’shiqlar
anchagina qulaylik imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunga birinchi navbatda
qo’shiqning she’riy matnining mazmuni asarni bilishda muxim o’rin to’tadi.
Har bir qo’shiq o’z mavzusi, g’oyasiga ega bo’lib, qo’shiq matnini
o’rganishda o’quvchi-yoshlar ana shu g’oya, fikr, mazmunini tushunib,
anglab idrok etishlari asarning tushunib idrok etishining debochasi
xisoblanadi. Asakr g’oyasi va unda ilgari surilgan fikrlar, estetik ta’sirchanlik
vosita tinglovchi xissiyotiga, ruhiyatiga badiiy-chizikcha emosional va
tarbiyaviy tasir etadi. Asar g’oyaviy-badiiy mazmunini ochishda o’qituvchi-
pedagokning har tomonlama amaliy va nazariy ma’lumotlarga sinchkovlik
64
bilan e’tibor berib, uni o’quvchilarga yetkazishga harakat qilishi xal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi.
Biz o’z tadqiqotimiz maksadini amalga oshirish yo’lida musiqa
madaniyati darslarida musiqa asarlarini tahlil qili shorqali o’quvchilarni
musiqiy-nazariy
savodxonligini,
shu
orqali
musiqa
madaniyatini
shakllantirish yuzasidan Samarkand shaxridagi bir nechta umumta’lim
maktablarida musiqa mashg’ulotlarini, shu jarayonda o’qituvchilarning
musiqaviy faoliyatlar negizida nazariy ma’lumotlar, xususan, asarlar tahliliga
munosabatini va bu xolatning kay darajada tashkil etilishini kuzatdik. Shu
narsa ma’lum bo’ldiki, biz kuzatgan deyarli barcha maktablardagi musiqa
darslarida tinglangan, kuylash uchun tanlangan asarlarni o’rganish jarayonida
ularni badiiy va nazariy tahliliga yetarli darajada e’tibor berilmaydi, qilingan
tahliliy suxbatlar ham kerakli ma’lumotlarni to’liq kamrab olmasligi bilan
ajralib turadi. Musiqa tinglash (kuyni tinglash) qo’shiq kuylash juda ham
oddiy uslubda an’anaviy tarzda o’rgatiladi. Bunda xatto, eng zarur vokal-xor
malakalariga ham e’tibor juda past darajadaligi achinarlidir. Masalan, qo’shiq
so’zi yozdiriladi, ko’pletma-ko’plet o’rgatiladi, o’quvchilar o’qituvchiga jur
bo’lib kuylashadi. Mana shunday uslubda dars boshidan oxirigacha davom
etadi. Asar mualliflari, asarni janri, harakteri, o’lchovi, lad- tonalligi,
fakturasi, soz, ansambllik, nafas, dirijerlik elementlari kabilarga ham yetarli
e’tibor berilmaydi. Bu esa bevosita bizning tadqiqotimiz mavzusi bo’lgan
asarlarni tahlil qilish ustidagi ishlarga ham o’qituvchining malakaviy
tayyorgarligi yoki musiqa o’qitish metodikasini yaxshi bilmasligi sabab
bo’lishi mumkin degan xulosaga kelishga olib keladi. Musiqa o’qituvchilari
bilan olib borilgan suxbatlarimizda u haqikatdan shunday bo’lib chiqdi.
Ya’ni, bir maktabda ishlayotgan o’qituvchi, san’at kollejini tugatgan u yaxshi
cholg`uchi, lekin, xor bilan ishlash, direjorlik, musiqa o’qitish metodikasidan
yetarli tayyorgarlikka ega emas.
65
Yana shunday bir xolat biz kuzatgan maktablardan birida o’quvchilarga
o’rgatish uchun tanlangan qo’shiq xozirgi o’zbek qo’shiqchilik san’atidagi
mashhur xonandaga tegishli bo’lib, u sinf o’quvchilarining ovoz diapazon iva
yosh xususiyatlariga to’g’ri kelmasligi ma’lum bo’ldi. Yana bir maktabda
yuqori sinflar (5-6, 7 sinflar) musiqa darslarini kuzatganimizda shu narsa
kuzga tashlandiki, o’qituvchining o’zi musiqa asbobida yaxshi chalolmaydi,
ya’ni, jo’rnavozlik qilaolmaydi. Qo’shiq o’rgatishda o’quvchilarni vokal-xor
imkoniyatlari xisobga olinmagan. Darsda faoliyat turlaridan o’rinli
foydalanish, dastur talablari yuzasidan mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil
etilishini ham konikarli deb bo’lmaydi. Maktabda o’qituvchining o’rni va
mavkei asosan maktabda o’tadigan musiqiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni
kanday yo’l, usul va imkoniyatlardan foydalanib bo’lsa-da o’tkazib berish
bilan baxolanadi.
Mana shunday xolatda biz o’zimizning pedagogik amaliyotimiz davrida
amaliyot o’tayotgan maktabda, o’zimizga berkitilgan sinflarda darslarni
musiqa o’qitish metodikasi va dastur talablari mazmuni va mohiyatidan va
tadqiqotimiz maksadini amalga oshirish vazifalaridan kelib chiqib tashkil
qilishga kirishdik. Bunda birinchi navbatda o’z ishlarimizni anik maksadga
qaratilgan taxminiy rejasini to’zib oldik va asosan quyidagilarga dikkatimizni
qaratdik:
1.O’quvchilarning musiqa ta’limi va tarbiyasi bo’yicha bilim, kunikma
va malakalarini, musiqa asarlarini idrok etish, baxo berish, tavsiflash, tahlil
qilish imkoniyatlarini o’rganish;
2.O’quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqish va kuylash imkoniyatlariga
mos repertuar tanlashga e’tibor qaratish;
3. O’quvchilarni kuy, uning harakteri, to’zilishi, mazmuni, oxang to’zilmasi,
qo’shiq janri, ijrochilik uslubi, g’oyaviy-badiiy mazmuni, ifodaviy vositalarini
tushunish kunikma va malakalarini xisobga olish;
66
4. Musiqa savodidan kay darajada xabardorligi (asosiy nota belgilari,
cho’zimlari, yozilishi, alterasiya, kaytarish belgilari, o’lchov, lad-tonalligi);
5. Nota o’qish malakalari (varaqdan o’qish, solfedjiolash);
6. Qo’shiq matnini tushunib, ma’no-mazmunini so’zlab bera olish;
7. Kuyga tavsif berish, baxolay olish, o’z munosabatini bildira olishlari.
Mana shu asosda sinf o’quvchilarining imkoniyatlarini o’rganish bilan
ularga ta’kidlab o’tilgan xolatlar bo’yicha kerakli bilim va tushunchalarni berib
bordim. Xaftasiga maktab ma’muriyati va o’quvchilar bilan kelishgan xolda
kushimcha mashg’ulotlarni yo’lga kuydim. O’z ishimizda eng asosiy e’tiborni
musiqa tinglash va qo’shiq kuylash faoliyatlarida nazariy bilimlarni amalda
qo`llash, tushunib kuylash, asarlarni tahlil qilish bo’yicha o’quvchilar bilimlarini
oshirishga qaratdik. Chunki, malakalar davomli mashg’ulotlar jarayonida
shakllanishi o’z-o’zidan ravshandir.
Dastlabki davrda ishimiz ancha murakkab psixologik va jismoniy mexnat
qiyinchiligida kechdi. Ko’pgina o’quvchilarda charchoklik, zerikish va majburiylik
xolatida mashg’ulotlarga katnashayotganligi o’ziga xos qiyinchiliklarni keltirib
chiqardi. Shularni nazarda to’tgan xolda biz mashg’ulotlarda bir xillikdan
kochishga, tanaffuslarda turli musiqa yozuvlaridan foydalanishga, o’quvchilarga
erkinlik berib, kaysi san’at turiga qiziqishi va ishtiyoklarini surab, uni namoyon
qilishlariga, savol-javob, munozara, rebus, blis-so’rov, test-so’rovlar o’tkazish
yo’li bilan ularning faolligini kuchaytirishga harakat qilib bordik.
Bizning asosiy maksadimiz musiqa asarlarini tahlil qilish orqali
o’quvchilarni musiqiy nazariy savodxonligini oshirishdan iborat bo’lganligi
sababli, nazariy tushunchalarni, qoidalarni amaliyotda qo`llanish xolatlariga
o’quvchilar dikkatini jalb qilishga e’tibor berdik.
Musiqa asari, qo’shiqning mazmuni, g’oyasi, yaratilish tarixi, mualliflari
haqidagi ma’lumotlar bilan ularni shu qo’shiqni badiiy ta’sirchan, ya’ni ifoda
vositalariga ko’ra kuylashga ragbatini uygotishga kirishdik. Asar matnini ifodali
o’qish, mazmunini gapirib berish, ifodalovchi vositalarini aytib berish bo’yicha
o’quvchilarga navbat bilan topshiriklar berildi.
67
Kuylashda ligato, stakkato, non legato, kuylash, dirijerlik qilish,
solfedjiolash, temp, dinamikaga rioya qilish, diksiya ravonligi, artikulyasiya, nafas
olish, uni sarflashlarga o’quvchilar dikkati qaratib borildi.
Eng muxim jixatlardan yana biri «musiqa asarlari tahlili»da asar «shakli»ga
e’tibor qaratildi.
Shu tarzdagi ma’lumotlarning 3-4-oylarida 4-5 ta maktab repertuariga xos
asarlarni o’quvchilarga mustaqil xolda, maxsus daftarga tahlil qilib, yozib
kelishlari suraldi. Mashg’ulotda esa o’zaro baxs-munozara, blis-so’rovlarga
ko’proq urg’o’ berildi. Dastlabki paytda baxs-munozara, savol-javoblarda tortinib,
o’z fikrini aytishga jur’at qilolmay yurgan bolalar, keyingi boskichlarda beixtiyor
qizg’in xolatga kirishib to’g’ri javob berishga, javoblarini amaliy misollar
(kuylash, musiqiy asar yozuviga karab ko’rsatish, tushuntirib berish) bilan
ko’rsatib berishga intilishlari bizning amaliy tajribalarimizni bexuda
ketmaganligini ko’rsatar edi.
Amaliy tajribalar davomida biz shu narsaga ishonch xosil qildikki,
o’quvchilar bilan shu tarzda ish olib borish kundan-kunga o’quvchilarni musiqa
darslariga munosabatlarini ijobiy tomonga o’zgartirib, ularni faollashtirib bordi.
O’quvchilarni musiqa nazariyasiga oid bilimlari, uni idrok etish,
tushunish,tasavvur etish, unga baxo berish kunikma va malakalarida ijobiy
o’zgarishlar yuz bera boshladi. Shu tufayli bu ishlarni izchil davom ettirish, musiqa
bo’yicha o’quvchilar bilim va malakalariga qo’yilgan minimal talablar darajasida
ularni musiqiy madaniyatini shakllantirishda muxim omil bo’lishiga to’liq ishonch
xosil qildik.
Mazkur ishni bajarish davomidagi xulosalarimiz va erishilgan natijalarning
tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, «Musiqa madaniyati» darslarida o’quvchilarni
musiqiy-nazariy savodxonligini oshirish bilan ularning musiqiy madaniyatini
shakllantirishda musiqa tarbiyasini tashkiliy-pedagogik va metodik jixatdan to’g’ri
yo’lga qo’yilishi, mashg’ulotlarni qiziqarli va mazmunli o’tkazilishi, har bir darsga
anik reja va maksad bilan yondoshish va unga imkon kadar to’liq erishishi, mavjud
68
muammolar yechimini doimiy ravishda topishga intilish albatta yaxshi natijalarga
erishish mumkinligini tasdiqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |