Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarining ishlab chiqarishning
o‘sishi4
Ko'rsatkichlar
|
O'lchov birligi
|
2003
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2015-yilda 2003-yilga nisbatan,%
|
kartoshka
|
ming tonna
|
834,4
|
2056,1
|
2250,4
|
2452,4
|
2696,7
|
323,2
|
poliz mahsulotlari
|
ming tonna
|
3301,4
|
7766,5
|
8518,4
|
9286,7
|
10128
|
306,8
|
poliz ekinlari
|
ming tonna
|
587,3
|
1418,4
|
1558,3
|
1696,1
|
1853,1
|
315,5
|
meva va rezavorlar
|
ming tonna
|
765,8
|
2052,6
|
2261,1
|
2490,6
|
2746,2
|
358,6
|
uzum
|
ming tonna
|
401,5
|
1204,6
|
1322,1
|
1441,2
|
1579
|
393,3
|
go'sht
|
ming tonna
|
936,7
|
1403,7
|
1787,8
|
1906,3
|
2033,5
|
217,1
|
sut
|
ming tonna
|
4031,1
|
7310,9
|
7885,5
|
8431,6
|
9028,2
|
224
|
tuxum
|
mln. Dona
|
1632,4
|
3873,7
|
4388,1
|
4950
|
5526
|
338,5
|
Jadvaldan ko’rinadiki, 2015-yilda 2003-yilga nisbatan qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari tarkibida kartoshka (323,2%), poliz mahsulotlari
(306,8%), uzum (393,3%), tuxum (338,5%), go‘sht (217,1%) darajada
o‘sgan.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan agrar islohotlami amalga oshirish,
tarkibiy o‘zgarishlami yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish natijasida murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli 2016-yilda mo‘l hosil yetishtirildi -8,3 million tonnadan ziyod g‘ alla, 3 million tonnadan ortiq paxta 21 mln. tonna meva va sabzavot yetishtirildi.5
O‘zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo‘lganligi sababli yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi va
uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko‘zda tutiladi. yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksida ta’kidlanganidek, «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin»6.
Yerdan foydalanish huquqi - bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas.
2.Renta munosabatlari va uning shakllanishi
Yer rentasi - yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shaklida bo’lgan barshina (ishlab berish), obrok berish (natura soliq) va pul solig’i shakllaridan feodal rentalaridan iboratdir. Hozirgi vaqtda renta quyidagi turlarga bo’lingandir:
1. Absolyut yer rentasi;
2. Differentsial (tabaqalashgan) renta I va II;
3. Monopol renta;
4. Qazilma boyliklar rentasi;
5. Qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik - tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob‘ekti yoki xo’jalik yuritish ob‘ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya‘ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi. Yerning miqdori va uning sifati (tabiiy unumdorligi) cheklanganligi sababli, yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan foydalaniladi, renta hosil qilinadi.
Yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoiti qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllantirishni tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijasida o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar. Demak, differentsial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi)dagi farqlardir. Uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.
Differentsial renta o’zining kelib chiqish sharoitlariga qarab differentsial renta I va differentsial renta II ga bo’linadi.
Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan. Sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yakin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Differentsial renta I ning hosil bo’lishini misol yordamida ko’rsatish mumkin.
Differensial renta I ning hosil bo‘lishi
yer uchastkasi
|
ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari (so'm)
|
o'rta-cha foyda (so'm)
|
Ijti-moiy qiymat (so'm)
|
yalpi mahsulot (tonna)
|
mahsulotning individual qiymati(so'm)
|
ijtimoiy qiymat-bozor narxi(so'm)
|
yalpi sotilgan mahsulot(so'm)
|
differensial renta I(so'm)
|
A
|
8000
|
2000
|
10000
|
20
|
500
|
500
|
10000
|
0
|
B
|
8000
|
2000
|
10000
|
25
|
400
|
500
|
12500
|
2500
|
V
|
8000
|
2000
|
10000
|
30
|
333
|
500
|
15000
|
5000
|
Keltirilgan misoldan ko’rinadiki, uch xil yer uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati bir xil, ya‘ni 10000 so’mni tashkil qiladi. Yalpi hosildorlik A-uchastkasida 20 tonna, B va V uchastkalarida 25 va 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda yeetkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo’lib chiqadi.Ya‘ni, A-uchastkasida har bir mahsulot birligining qiymati 500 so’m bo’lsa, B-uchastkasida 400 so’m, V-uchastkada esa 333 so’mni tashkil qiladi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari sifati yomon uchastkada yetishtirilgan mahsulot narxida sotiladi (misolda 500 so’m). Natijada yomon yer uchastkasi (A) o’zining yakka ishlab chiqarish xarajatlari 8000 ming so’m qoplaydi va 200 so’m foyda oladi, lekin differentsial renta I hosil bo’lmaydi. O’rtacha (B) va yaxshi (V) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000 so’m miqdorda qo’shimcha daromad olinadi. Bu olingan qo’shimcha daromad yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan differentsial renta I ni tashkil qiladi.
Differensial renta II xo‘jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlarni qo‘llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog‘liq holda
vujudga keladi.
Differentsial renta II ning hosil bo’lishi
Ishlab chiqarish davri
|
Ishlab chiqarish xarajatlari
|
yalpi mahsulot(tonna)
|
1 tonna mahsulotning individual qiymati(so'm)
|
1 tonna mahsulotning ijtimoiy qiymati(so'm)
|
sotilgan mahsulot summasi(so'm)
|
qo'shimcha mahsulot, ya'ni differensial renta II, so'm
|
birinchi yil
|
10000
|
20
|
500
|
500
|
10000
|
0
|
ikkinchi yil
|
15000
|
40
|
375
|
500
|
20000
|
10000
|
Misolimizda yerga qo‘shimcha 5 ming so‘m xarajat qilish natijasida qo‘shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo‘shimcha olingan 10 ming so‘m daromad differensial renta II ni tashkil etadi. Bunday intensiv rivojlanish qishloq xo‘jaligida bosh yo‘l hisoblanadi. Chunki qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirmay turib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va jamiyat a’zolarining o‘sib borayotgan talabini qondirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e’tibor beriladi.
Buning uchun qishloq xo‘jaligini agrar sanoatlashgan asosga qo‘yish, intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi lozim. Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlash uzluksiz o‘smoqda. Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish uchun ajratilgan kapital mablag‘lar ham ortmoqda.
Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa edi, unda hech qanday differensial renta II bo‘lmas edi. Gap shundaki, yer birligiga sarflangan bu xarajatlar turli hududlarda, viloyatlarda, xo‘jaliklarda turlicha darajada amalga oshiriladi va natijada hosildorlik ham turlicha oshadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi qiymati o‘rtasidagi tafovut xo‘jaliklaming ustama qo‘shimcha mahsulotini tashkil qiladi. Ya’ni, differensial rentaning har ikkala ko‘rinishini (renta I va II ni) o‘z ichiga oladi. Differensial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan hudud bo‘yicha yoki alohida olingan xo‘jalikning individual qiymati o‘rtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo‘jalik o‘rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to‘langan qismi yer rentasi ko‘rinishini oladi (chunki bizda yer davlat mulkidir). Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo‘jaliklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lganligi sababli uning manfaatlari yo‘lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to‘planishi lozim. Bu hoi o‘rta va yaxshi unumli yerda joylashgan xo‘jaliklaming iqtisodiy manfaatdorligiga putur etkazmaydi, balki boshqa xo‘jaliklar bilan ozmi-ko‘pmi iqtisodiy sharoitlami tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o‘tgan bu mablag‘lar (differensial renta I) ni mamlakat oldida turgan vazifalami bajarish, xususan yangi yerlami o‘zlashtirish va yer unumdorligini yuksaltirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlami amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi.
Differensial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo‘jaliklaming o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum darajada bu rentani hosil qilishda o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni transport yo‘llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital
mablag‘lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differensial renta I va differensial renta II yer egasi bo‘lgan davlat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |