130
•Joriy strategiyaning korxonani tashqi xavf-xatardan himoya qila olmasligining
sababi nimada?
•Korxona raqobat ustunligiga egalik yoki u raqiblardan orqada qolmaslik tadbir-
choralarini ko„rish kerakmi?
•Joriy strategiyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?
Bular korxonaning nima qilishi kerakligini ya‟ni kichik
tuzatishlar bilan joriy
strategiyani amalga oshirish kerakligini ko„rsatadi. Strategiya korxonaning tashqi
vaziyatiga va ichki holatiga qanchalik mos bo„lsa, shunchalik kam sonli
o„zgarishlarni strategiyaga kiritish kerak bo„ladi.
7.3. Raqobat ustunligini saqlash uchun himoya strategiyalaridan
foydalanish
Korxona o„z bozor mavqeini himoyalashining bir necha xil usullari mavjud.
Ulardan birinchisi raqobatchi hujum uyushtirishi mumkin bo„lgan yo„nalishga to„siq
o„rnatishni nazarda tutadi:
1.
Raqiblardan oldin bozorning bo„sh segmentlarini
tovar nomenklaturasini
kengaytirishi orqali band qilish. Raqiblar uyushtirishi mumkin bo„lgan hujumlarning
oldini olish.
2.
Raqiblarda mavjud tovarlarni (modellar va markalar) bozorga kiritish.
3.
Raqiblarga nisbatan pastroq narxlarni ta‟minlash.
4.
Dilerlar va distribyuterlar bilan raqobatchilar tovarlarini tarqatmaslik
to„g„risida maxsus shartnomalar tuzish.
5.
Dilerlar va distribyuterlarga tovar narxlarini iloji boricha arzonlashtirish
imkonini berish.
6.
Istemolchilarga tovarni o„rganish uchun sharoit yaratish.
7.
O„z tovarlarini sinab ko„rishga chaqirish orqali xaridorlarni o„z tomoniga jalb
etmoqchi bo„lgan raqobatchilarga muammolar tug„dirish uchun:
8.
Tovarlarni sinab ko„rmoqchi bo„lgan xaridorlarga
maxsus past narxlarni
taklif etish.
131
9.
Sinab ko„rish tovarni xaridorlarga uchun imtiyozli kuponlar va sovg„alar
tashkil etish.
10.
Xaridorlarning raqobatchilar tovarlariga o„tib ketishini oldini olish uchun
xaridorlarni Yangi tovar paydo bo„lishi yoki narx pasaytirilishi to„g„risida ertaroq
xabardor qilish.
11.
Ehtiyot qismlar bilan ta‟minot vaqtini qisqartirish,
kafolat muddatlarini
uzaytirish, alternativ texnologiyalarni patentlash va himoyalash.
12.
Raqobatchilarni tabiiy resurslarga etishishini qiyinlashtirish, raqobatchilarga
ishlaydigan ta‟minotchilarni bozordan siqib chiqarish.
13.
Nazorat va sud organlarida raqib mahsulotining sifati va xizmatlariga qarshi
isklar tashkil qilish.
Himoya strategiyasini amalga oshirishning ikkinchi usuli raqobatchi hujumkor
korxonalarni qanday xavf-xatar kutayotgani to„g„risidagi axborotlarni tarqatish ya‟ni,
agar ular hujumga o„tadigan bo„lsa, jiddiy qarshilikka uchrashini ma‟lum qilish.
Ushbu strategiyani maqsadi – raqib ko„llashi mumkin bo„lgan hujumni bartaraf etish.
Hujum ro„y beradigan bo„lsa, ularni katta moliyaviy yo„qotishlar kutayotganidan
ogoh etish. Hech bo„lmaganda, ularni himoyalanuvchi uchun mos keladigan
yo„nalishlarga jalb etish. Agressorlarni quyidagi yo„llar bilan ogohlantirish mumkin:
Rahbariyatning korxona bozor ulushini ta‟minlash majburiyatini olganligini va
uni jiddiy himoya qilishni e‟lon qilish.
Tarmoqdagi talabni to„la
qondiradigan, kerak bo„lsa, ortig„i bilan talabni
qondirilishi mumkinligini raqobatchilarga bildirish uchun, korxonaning ishlab-
chiqarish imkoniyatlarini oshkor etish.
Raqobatchilarni Yangi mahsulot to„g„risida ularning ishlab –
chiqarish hajmi,
tannarxi va narxi to„g„risida, Yangi texnologiyalarning ishga tushganligi to„g„risida
ogoh etish.
Korxonaning tovarlari va narxlari raqobatga bardosh berishini ochiq e‟lon
qilish, zahira fondi va qimmatli qog„ozlar hajmi to„g„risida ma‟lumotlarni oshkor
etish.
132
Korxonaning Yaxshi himoyalanishi mumkinligini namoyish etish uchun
kuchsiz korxonalarga qattiq zarbalar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: