123
Turli mamlakatlar korxonalarini mutaxassislardan iborat halqaro komandalarni
turli masalalar va muammolarni hal etishga jalb etish.
Global integratsiyalashgan axborot boshqaruv tizimlarni yaratish.
Yaxshi asoslangan va ustalik bilan hayotga tatbiq etilgan ta‟minlovchi
tizimlar
faqat strategiyani amalga oshirish mexanizmini yaxshilamay qolib, balki korxonani
tashkiliy imkoniyatlarini kuchaytirishi mumkin va shu bilan uning raqiblardan
ustunroq kelishiga ko„maklashadi. O„z tovarlari ishlab
chiqarish xarajatlarini
kamaytirishga intilayotgan korxonalar uchun xarajatlarni kamaytiradigan barcha
yo„llardan foydalanishga imkoniyat beruvchi tizim zarur.
6.6. Tashkiliy tuzilmalarning rivojlanish istiqbollari
Ideal yoki mukammal tashkiliy tuzilma mavjud emas. Strategiya nuqtai –
nazaridan barcha tayanch tuzilmalar o„zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
Tuzilmani strategiyaga maksimal muvofiqlashtirish uchun tayanch tuzilmani tanlash,
uni korxona shakliga moslashtirish, so„ngra muvofiqlashtirish mexanizmi va
komunikatsiyalari bilan to„ldirish lozim.
Ba‟zi tashkiliy prinsiplar boshqalariga nisbatan murakkab va muammolidir.
Lekin ularning birortasi ham nuqsonlardan xoli emas. Ularning xech biri vazifalarga
nisbatan insonlarga ko„proq yo„naltirilgan emas; ularning
xech birini boshqalariga
nisbatan ijodiyroq, erkinroq yoki ko„proq demokratik deya olmaymiz. Tashkiliy
qurilmalarning prinsiplari – mexanizmdir, mexanizm esa o„z-o„zidan
yaxshi yoki
yomon bњla olmaydi. Uni to„g„ri yoki noto„g„ri qo„llash mumkin – asosiy farq
shundan iborat.
Bir vaqtning o„zida maksimal oddiylikka va muvofiqlikka erishish uchun
tashkiliy tuzilmani shakllantirishni tayanch natijalarga erishish uchun tayanch ishlarni
aniqlashdan
boshlash
lozim.
Avvalambor,
tuzilmani
qanday
maqsadda
yaratilganligini unutmaslik kerak».
Tuzilmani strategiyaga moslashtirishni zarur darajada amalga oshirish uchun
strategiya ijrochilari
asosiy tuzilmani tanlab olishi, zarur hollarda kompaniyaning
o„ziga xos xislatlariga mos holga keltirish uchun uni modifikatsiyalash va bu
124
tuzilmani kompaniyaning strategiyasini samarali bajarish uchun talab qilinuvchi
kommunikatsiya va muvofiqlashtirish mexanizmlari bilan to„ldirishi lozim.
Amalda
ko„p hollarda bir-biriga bo„ysunish munosbatlari, ichki siyosat, shaxs psixologiyasi
va korxonaning boshqa o„ziga xos xususiyatlarini e‟tiborga
olish zaruratini talab
qiladi, biroq bunda doimo “strategiya-tuzilma” nisbatlarini belgilab beruvchi omillar
asosiy rol o„ynaydi.
Menejment sohasidagi yirik mutaxassislardan biri bo„lgan Piter Druker
korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan bog„liq muammolarni umumlashtirgan.
Eng sodda tashkiliy tuzilma amal qiladigan bo„lsa, u eng yaxshi tuzilma
hisoblanadi. Bunga uning yaratuvchi muamolari sabab bo„lmaydi. Tuzilma qanchalik
sodda bo„lsa, shuncha kam xato qilish xavfi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: