7.5. Strategiyani qayta ko‘rib chiqish
Samarasiz faoliyat noto„g„ri strategiya natijasi bo„lsa, vaziyatni bir necha yo„llar
bilan izga solish mumkin, ya‟ni:
1) kompaniyani raqobat mavqeini o„zgartirish uchun Yangi raqobat
yondashuvini tanlash;
2) biznesning umumiy strategiyasini qo„llab-quvvatlash uchun kompaniyaning
ichki funksional xizmatlar strategiyasini o„zgartirish;
3) shu tarmoqdagi boshqa kompaniya bilan qo„shilishi orqali paydo bo„lgan
Yangi kompaniyani Yangi strategiyasini yaratish;
4) kompaniya imkoniyatlariga moslash uchun tovar nomenklaturasini va
iste‟molchilarini qisqartirish.
Kompaniyaga mos keladigan yo„lni tanlash tarmoqdagi vaziyatga, kompaniyani
kuchli va kuchsiz tomonlariga va biznesdagi inqirozga bog„liq.
Umumiy tushumlarni oshirish. Umumiy tushumlarni oshirish asosan sotish
hajmini ko„paytirishni nazarda tutadi. Sotish hajmini oshirishga qaratilgan bir qancha
choralar mavjud: narxlarni pasaytirish, reklamani kuchaytirish, iste‟molchilarga
qo„shimcha xizmatlar taklif etish va mahsulotni tezkor takomillashtirish. Umumiy
tushumlarni va sotish hajmini oshirishga harakat qilinadi, qachonki:
1) joriy xarajatlar smetasiga nisbatan xarajatlarni pasaytirish imkoniyatidan
qat‟iy nazar faoliyat o„z rentabilligini yo„qotsa;
134
2) mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish foydani oshirish
asosi bo„lsa. Agar xaridorlar talabi tovar narxiga nisbatan sezgir bo„lmasa, narxni
pasaytirish emas, balki oshirish lozim.
Xarajatlarni pasaytirish. Agar kompaniyaga ishlab chiqarish strategiyasi
nomuvofiq bo„lib, xarajatlar strukturasi esa uni jiddiy o„zgartirish imkoniyatiga ega
bo„lsa, xarajatlarni pasaytirish strategiyasi faqat shu vaziyatda yaxshi samara beradi.
Ishlab chiqarish samarasiz bo„lib, uni tez o„zgartirish imkoni mavjud bo„lsa va
noo„rin xarajatlar yaqqol ko„zga tashlanib, uni tezkorlik bilan tuzatish mumkin bo„lsa
hamda kompaniya zararsizlik nuqtasiga yyetarlicha yaqin bo„lsa, xarajatlarni
pasaytirish mumkin. Har tomonlama tejamkorlik strategiyasi kompaniyaning katta
mablag„ini saqlab qolish imkonini yaratadi.
Aktivlarni sotish. Aktivlarni kamaytirish strategiyasi quyidagi vaziyatlarda
muhim ahamiyatga ega: naqd pul hajmi kritik bo„lib, uni yaratish yo„llari
8
:
1) kompaniyani ba‟zi aktivlarini sotish (korxona va asbob-uskunalar, er, ixtiro,
patent yoki foyda keltiruvchi filiallarni sotish);
2) tejamkorlik, (tovar nomenklaturasini qisqartirish, eski korxonalarni yopish
yoki sotish, ishchilar sonini qisqartirish, noqulay bozorlarni tark etish, xizmatlar
sonini qisqartirish va boshqalar) krizis vaziyatlarda faoliyat ko„rsatadigan
kompaniyalar zararli operatsiyalardan voz kechish va mablag„larni oqib ketadigan
kanallarni yopish uchungina emas, balki navbatdagi biznes uchun ko„proq
mablag„larni saqlab qolish maqsadida aktivlarni sotadilar.
Strategiyalar kombinastiyasidan foydalanish. Bu strategiya kompaniya uchun
juda og„ir vaziyatlarda qo„llaniladi. Bundan tashqari, strategiyalar kombinatsiyasi
yangi rahbarlarga o„zgarishlarni amalga oshirish uchun vakolatlar erkinligini beradi.
Muammo qanchalik og„ir bo„lsa, uning yechimi keng tashabusslarni o„zida mujassam
etish ehtimoli shunchalik yuqori.
To„liq yangilanish strategiyasi yuqori tavakkalchilikka ega chora hisoblanadi va
odatda muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Naqd pul va qobiliyat etishmasligi, to„liq
8
Michael A. H:II. Strategic Management: Competitiveness and Globalization – Concepts and Cases. South - Western
Collage Pub. 2014. USA. 126 p.
135
yangilanish strategiyasini uzoq kutish, raqibning kuchli ekanligi kompaniyani
muvaffaqiyatsizligiga sabab bo„lgan vaziyatlar tajribada ko„plab uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |