37
muvaffaqiyatli amalga oshiradigan boshqaruv komandasining tarkibini aniqlashi
so„ngra har bir lavozimga munosib nomzodlarni tanlashlari lozim.
Ba‟zida mavjud boshqaruv komandasini takomillashtirish yetarli bo„ladi, ba‟zida
esa sharoitga mos keluvchi rahbar tashqaridan jalb etiladi. Keskin o„sish va
rivojlanish davri yoki talab etiladigan kadrlarning etishmasligi oqibatida quyi
pog„onalardan kadrlarni rahbarlikka jalb etish orqali
tashkilotni boshqaruv
komandasini shakllantirish odatiy hol hisoblanadi.
Boshqaruv komandasini yaratishda qanaqa tajriba, bilim, radriyatlar, boshqaruv
usullari va shaxsiy sifatlar tashkilot strategiyasini muvaffaqiyatini ta‟minlashini
aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Ishonchli boshqaruv komandasini yaratish – bu juda
dolzarb tashkiliy funksiya
bo„lib, ushbu muammoning muvaffaqiyatli hal etilishi strategiyani amalga oshirilishi
yo„lida birinchi qadamdir.
Hal etuvchi sohalarni etuk mutaxassislar bilan ta‟minlash muhim tashkiliy
masala hisoblanadi. Strategiyani «a‟lo» darajada yaratish orqali raqobat ustunligiga
ega bo„lish mumkin bo„lmasa, uni sifatli tatbiq etish orqali muvaffaqiyatga erishish
mumkin. Korxonalar o„xshash strategiyalar orqali
raqobatlashadigan vaziyatda
strategiyani samarali tatbiq etilishi raqobat ustunligiga asos bo„ladi. Masalan,
«Honda» korxonasining asosiy raqobat ustunligi bu benzinli dvigatellar
texnologiyasini yaxshi bilishidir, «Intel» korxonasi esa personal kompyuterlar uchun
murakkab mikrosxemalarni yaratadi, «Sony» korxonasi elektron texnologiyalar
sohasida yetakchi hisoblanadi.
Strategiyani tatbiq etuvchilar hal kiluvchi sohalarda ko„nikmalarning
quyidagi
xususiyatlarini e‟tiborga olishi tavsiya etiladi:
Odatda tor ixtisoslashuv bilangina chegaralanib bo„lmaydi, korxonaning
hamma bo„linmalarida yaratiladigan o„ziga xos tashkiliy sifat to„g„risida gap yuritish
lozim.
Ko„nikmalar ishchi guruhlar va bo„limlarning hamkorlikdagi faoliyati
natijalaridan shakllanganligi sababli brigadirlarga va bo„lim boshliqlariga korxonani
raqobat ustunligini shakllantirish majburiyatini yuklab bo„lmaydi.
38
Tayanch sohadagi ustunlikni uzoq muddatli raqobatdoshlikka
aylantirish
uchun ushbu masalaga raqobatchilarga nisbatan ko„proq e‟tiborni qaratish lozim.
Xaridorlarning talablari turlicha o„zgarishi mumkin. Ushbu o„zgarishlarni
oldindan aniq ko„rish mumkin emas. Shu sababli o„zgarishlarni oldindan prognoz
qilish bazasi va ko„nikmalari yyetarlicha keng va moslashuvchan bo„lishi lozim.
Ko„nikmalar turli-tuman bo„lishi quyidagilarni nazarda tutadi:
1.
Insoniy resurslarni va bilimlar bazasini boshqarish.
2.
Narxni yaratuvchi zanjirdagi ishchi guruhlar harakatlarini muvofiqlashtirish.
3.
Ushbu muammolarni yetakchi yoki katta menejerlarga topshirish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Minimal moliyaviy xarajatlarni ta‟minlash uchun «Gray» (katta EHMlar),
«Lotos» (programma ta‟minoti), «Honda» (kichik dvigatellar) korxonalari iqtidorli
mutaxassislar
guruhini qayta tashkil etib, ularni maxsus loyihalarni bajarishga
yo„naltiradilar. Ichki aqliy potensialni safarbar qilish orqali korxona muvaffaqiyatga
erishadi. Ushbu korxonalar katta operatsiya smetalari hisobiga emas, balki faoliyatni
ustakorlik bilan tanlash, tayyorgarlikka e‟tibor berish, kuchli madaniy ta‟sir qilish,
hamkorlik, motivlash,
vakolatlar, tashkiliy moslashuvchanlik, ma‟lumotlar
bazasining sifatliligi hisobiga muvaffaqiyatga erishadi.
Tayanch ko„nikmalar shakllanib, o„z natijasini bera boshlagandan keyin ham
strategiyani amalga oshirish uchun javobgar shaxslarning tinchlanishga haqi yo„q.
Bozordagi vaziyatni o„zgarishini e‟tiborga olib, ko„nikmalarni
doimo kengaytirish,
guruhlash va rivojlantirish lozim. Chunki ko„nikmalar korxonani raqobat ustunligini
yaratadi. Korxonani o„ziga xos maxsus ko„nikmalarini raqobatchilar o„zlashtirishi
juda mushkul. Shu sababli maxsus ko„nikmalar uzoq muddatli ustivor
raqobatbardoshlikni ta‟minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: