13
KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab
chiqarish korxonalarini
boshqarishda o„zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg„ab olish,
ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilish, optimal iqtisodiy
qarorlar
qabul qilish, ko„p variantli yechimlardan muqobil yechimni tanlash,
tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida korxonani strategik boshqarish muhim dolzarb
masaladir.
Raqobatning o„sib borayotganligi bilan tavsiflanadigan bugungi biznes muhiti
korxona va tashkilotlardan turli – tuman strategiyalarni ishlab chiqish va ular asosida
samarali faoliyatni tashkil etishni talab qilmoqda. Buning uchun korxona va tashkilot
rahbarlari strategik boshqarishga oid yyetarlicha bilim va tajribalarga ega bo„lishlari
kerak. Darvoqe, ko„plab mahalliy xo„jalik subyektlarining
boshqaruv xodimlari
raqobatchilarni ortda qoldirish maqsadida turli xil qarorlarni qabul qilishlariga
qaramasdan, ularning faoliyati zamonaviy boshqaruv nuqtai-nazaridan qaraganda,
ma‟lum bir strategiyalarga mujassamlashtirilmagan. Bu esa o„z
navbatida mahalliy
korxona va tashkilotlarning kelgusidagi faoliyat istiqbollarini baholash va belgilashda
ma‟lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
Rivojlangan biznes muhitini strategik qarorlarsiz tasavvur qilib bo„lmaydi.
Strategik qarorlar har qanday korxona va tashkilotning joriy va kelgusidagi asosiy
faoliyati mazmunini belgilab berib, buning natijasida biznes subyektlari tashqi muhit
omillariga qarshi o„zlarining samarali faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga
ega bo„ladilar.
Darhaqiqat, har qanday biznesning samarali tashkil etilishi va
rivojlanishini uning tashqi muhitidagi o„zgarishlarning o„z vaqtida hisobga olinishi va
shunga yarasha strategiyalarning ishlab chiqilishi belgilab beradi.
Korxona bozorda samarali faoliyat ko„rsatishi uchun iqtisodiy o„zgarishlar va
noaniqliklarni oldindan ko„ra bilish, korxonani rivojlanish
konsepsiyasini belgilash,
korxona va uning bo„limlarini samarali boshqarishni olib borishni taqozo etadi.
Strategiya korxonaning samarali boshqarishda biznesga bog„liq bo„lgan juda
ko„p raqobatbardosh harakatlari va qulay yo„llarini o„z ichiga oladi.
14
Umumiy ma‟noda strategiya - bu korxonaning tutgan yo„lini mustahkamlashga,
iste‟molchilarning talabini qondirishga va o„z oldiga qo„yilgan maqsadlariga
erishishga qaratilgan rejali boshqarishdir. Menejerlar korxona qaysi yo„nalishda
rivojlanishni aniqlash va harakat usulini tanlashda asosli qarorlar qabul qilishi uchun
strategiyani ishlab chiqadi.
Strategik boshqarish – strategiyasining mavjud bozorlar va tovarlarga bo„lgan
yo„nalishi, korxonalarda strategik jarayonni shakllantirish va boshqarish,
korxonalarning tashqi va ichki muhitlarini tahlil qilish va boshqarish, strategiyalarini
rejalashtirish va ijrosini ta‟minlash, strategik o„zgarishlarni boshqarish
jarayonlarini
o„rganishni o„z oldiga maqsad qilib qo„ygan. Strategik boshqarish fani korxona va
tashkilotlarni ichki va tashqi bozorlarda o„z maqsadlarga erishish quroli sifatida
qarashga alohida e‟tibor beradi.
Strategiya korxonaning tashqi vaziyatiga va ichki holatiga qanchalik mos bo„lsa,
shunchalik kam sonli o„zgarishlarni strategiyaga kiritish kerak bo„ladi.
Strategiyani
kelajakka mos kelmaslik darajasi oshib borgan sari, rahbarlikning yangi strategiyani
yaratish ehtimoli ham oshib boradi.
Strategiyani yaratish shunday faoliyatki, bunda rahbarning faqat yaxshi niyati va
ijodiy yondashuvi yetarli emas. Strategiyani yaratish chuqur boshqaruv tahlilini talab
qiladi.
Korxonani samarali boshqarish uchun uning strategiyasini sifatli yaratish va
sifatli tatbiq etish zarur. Strategik boshqarish fanining vazifasi yaxshi tashkil etilgan
strategik boshqaruv asosida uzoq vaqt mobaynida korxonaning samarali faoliyatini
ta‟minlashdir.
“Strategik boshqarish” fani iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida turli
mulkchilikka asoslangan korxonalarning xo„jalik yuritish faoliyatini boshqarish,
ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab
chiqarish resurslaridan
samarali foydalanish yo„llarini o„rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: