Ўзбекистон миллий университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


Geosiyosiy raqobat sharoitida axborot siyosatiga ta’sir qiluvchi omillar



Download 1,89 Mb.
bet18/32
Sana14.08.2021
Hajmi1,89 Mb.
#147931
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
2.2. Geosiyosiy raqobat sharoitida axborot siyosatiga ta’sir qiluvchi omillar

Bugungi geosiyosiy raqobat sharoiti jamiyatda ma’naviy jarayonlarga alohida e’tibor qaratishni talab qilmoqda. Zero, global taraqqiyotning asosida axborotlashuv yotib, bunday keng qamrovli informatsiyalashuv tufayli turli mazmundagi ma’lumotlar tarqalish ehtimoli mavjud ekan, ushbu masalaga muayyan e’tibor qaratish talab etiladi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlashicha: “Biz mamlakatimizni demokratik yangilash, modernizatsiya va isloh qilish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashni ezgu maqsad sifatida belgilab olgan bugungi kunda ommaviy axborot vositalarimiz oldiga hayotning o‘zi murakkab, shu bilan birga, o‘ta mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda".1 Ko‘rsatib o‘tilgan ushbu jihatlar geosiyosiy raqobat sharoitida jamiyatimiz a’zolari ongi va qalbida ijobiy tafakkurni rivojlantirib, chetdan bo‘ladigan har qanday axborot xurujiga qarshi kuchli immunitetni yaratish mas’uliyatini yuklab, bugungi informatsion maydonda bu har qachongidan ham muhim.

Ma’lumki, “geosiyosat” atamasi XIX asrning oxirida shved olimi Rudolf CHellen tomonidan Germaniyadagi faoliyati davrida nemis olimi Fridrix Ratsel asarlari ta’sirida ilmiy muomalaga kiritilgan. Geosiyosatni fan sohasi sifatida rivojlantirishda ingliz olimi X.Makkinderning xizmatlari katta bo‘ldi. Ingliz olimi O.Luglin fikriga ko‘ra: “Geosiyosat – bu amaliy ijtimoiy-siyosiy fan sohasi va u xalqaro hayot, mintaqaviy va global xavfsizlik masalalarini, davlatning diplomatik va tashqi iqtisodiy faoliyatini hududiy imperativlar va geografik joylashuvga bog‘lab turib o‘rganadi”.2 Amerikalik siyosatchi Zbignev Bzejinskiyning fikriga ko‘ra: “Mamlakatning xalqaro mavqeini yoki uning xalqaro miqyosdagi ta’sir doirasini belgilovchi boshqa omillar hudud omiliga qaraganda muhimroq bo‘lsa-da, mamlakatning geografik o‘rni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda hanuz muhim rol o‘ynaydi. Davlatning harbiy, iqtisodiy va siyosiy qudrati naqadar katta bo‘lsa, uning hayotiy muhim geosiyosiy manfaatlari, ta’siri va ishtirok doirasi radiusi ham shuncha keng bo‘ladi”.1 SHu bilan bir qatorda davlatning axborot ishlab chiqarish, uni aniq va muayyan maqsadlar yo‘lida tarqata bilish san’ati ham uning geosiyosiy manfaatlarini belgilovchi omil sifatida maydonga chiqmoqda. SHuni ham ta’kidlash joizki, davlatning geosiyosiy manfaatlari doirasi kengligi va ustuvorligi uning geosiyosiy raqobatdagi ustunligini ta’minlaydi.

Geosiyosiy raqobat tushunchasiga V.A.Semenov quyidagicha ta’rif beradi: “Zamonaviy ko‘p qutbli dunyoda geosiyosiy raqobat geosiyosat sub’ektlari o‘rtasida u yoki bu hududga ta’sir o‘tkazish maqsadida olib boriluvchi harakatlar vositasi bo‘lib, oqibatda bir sub’ekt hududiy ustunlikka ega bo‘lib boshqasi esa uni yo‘qotadi”2.

Ma’lumki, geosiyosiy raqobat sharoitida har qanday axborot muayyan maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, birinchi navbatda kishilar ongi va qalbini zabt etishni mo‘ljallaydi. SHu sababli jamiyat a’zolari ma’naviyatini oshirishga e’tibor qaratib, axborotlarning turfa ko‘rinishlariga qarshi g‘oyaviy immunitetni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalasidir. CHunki, jahon miqyosida gegemonlik da’vo qiluvchi davlatlar tomonidan milliy xususiyalarimizga yot turfa madaniyatlarni targ‘ib etish va buni jahon xalqlari kundalik turmush tarziga singdirishga urinish madaniy tahdid sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu o‘rinda quyidagi fikrlarni ta’kidlash o‘rinli: “Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi”.3 F.Madrahimovaning ta’kidlashicha: “Axborotlashgan davrda mamlakat taraqqiyoti uchun salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotlar kirib kelishiga oid xavfsizlik ta’minlanmasa, “ommaviy madaniyat” niqobidagi va shunga o‘xshash boshqa mafkuraviy tahdidlar kuchayib boraveradi. Bu esa millatning milliy taraqqiyotini ichidan emiruvchi tahdidlardan biridir”1. Tadqiqotchi A.Tashanov fikriga ko‘ra: “...axborot inqilobining yanada chuqurlashuvi, insonga ta’sir ko‘rsatuvchi texnik vositalar va psixologik mexanizmlarni yaratish alohida indvidning dunyoqarashini an’anaviy madaniyatdan boshqa mazmunda shakllantirish imkonini beradi. Bu esa an’anaviy siyosiy, diniy yoki boshqa konsepsiyalardan tashqarida yotgan mafkuralarning qat’iyan yangi shakllari paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratadi”2. SHunday ekan, bugungi geosiyosiy raqobat sharoitida davlatning olib borayotgan axborot siyosatiga salbiy ta’sir etishga urinishlarning oldini olish, bunday yot targ‘ibotlarga qarshi jamiyat a’zolari tafakkurida kuchli g‘oyaviy immunitetni uyg‘otish lozimligini bildiradi.

Hozirgi kunda globallashuv jarayoni ayniqsa axborot maydonida yaqqol namoyon bo‘lib, geosiyosiy raqobatning axborotlashgan usullarini vujudga keltirmoqda. YA’ni, axborotlashtirish globallashuv jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda kechgani singari, geosiyosiy raqobat ham ular bilan mushtarakdir. “Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnika imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Masalan, Internet tizimi orqali axborot almashuv, binobarin, g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda. Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir”.3 Bunday global axborotlashuv tizimi geosiyosiy raqobatning madaniylashgan usulini vujudga keltirdiki, bunda asosiy ob’ekt sifatida inson ongi va qalbi nishonga olinmoqda.

Insoniyat tarixiy taraqqiyoti axborot vositasida ta’sir ko‘rsatib, geosiyosiy raqobatni vujudga keltirishning turli samarali vosita va usullarining vujudga kelishiga imkoniyat yaratdi. Natijada axborot omilining etakchi o‘ringa chiqishi bilan geosiyosiy raqobatda muhim o‘rin tutgan axborot qarama-qarshiliklarini ham vujudga keltirib, ushbu soha ham ayrim olimlarning tadqiqot ob’ekti safidan o‘rin oldi.

A.Tulepov axborot urushiga quyidagicha ta’rif beradi: “Hozirgi kunda axborot urushi shiddat bilan avj olmoqda. Axborot urushi (information war) – turli maqsadlarga erishish uchun raqibga g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatishdir. Axborot xuruji raqibga ta’sir ko‘rsatish orqali jamoatchilik ongini g‘arazli yo‘llar asosida shakllantirishga urinishdir”1. Muallif manfaatdor kuchlar axborot xuruji kutilgan natijani berishi uchun yolg‘on xabar tarqatish bosimini kuchaytirib, internetni yolg‘on ma’lumotlar, soxta iddaolarga to‘ldirish kabi usullardan foydalanishlarini ta’kidlaydi.

A.Tulepovning fikrlari muayyan siyosiy yoki radikal kuchlarning g‘arazli faoliyatini fosh etishga urinishi bilan ahamiyatlidir. YAna bir tadqiqotchi Abu Muslim axborot urushlari haqida quyidagi fikrlarni o‘rtaga tashlaydi: “axborot urushining maqsadi – shaxsiy axborot xavfsizligini yuqori sifat bilan ta’minlash va raqib tarafidan etkaziladigan talafot oqibatlarini eng yuqori darajada kamaytirishdir. Buni bir qator vazifalarni echish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Ular orasida eng muhim sanalgan raqibning axborot muhitidagi ob’ektlarini yo‘q qilish va o‘z ma’lumotlarini himoya qilish yotadi. Bular axborot urushlari tarkibini, tuzilishi hamda maqsad va vazifalarini belgilab beradi”2 deb ta’kidlaydi. SHuningdek muallif axborot urushi mohiyati shakllanayotganida siyosiy omil muhim ahamiyatga egaligini aytib, xususan u quyidagilarni belgilashini tushuntiradi:


  • “uning vazifa maqsadlari;

  • uning paydo bo‘lishi va tugatish yo‘llari;

  • uni olib borish va davom ettirish uchun qilinadigan sarf-xarajatlar;

  • uni olib borish uchun moddiy va moliyaviy resurslar bilan ta’minlash”3.

Global axborotlashuv sharoitida geosiyosiy raqobat aloqa vositalarining rivojlanishi, global axborot tarmoqlarining yaratilishi, ko‘p sohalarning kompyuterlashtirilib, Internet tizimining jahon informatsion maydonida etakchi o‘ringa chiqib olishida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu tizim orqali yirik davlatlar muayyan mintaqalarni o‘z ta’sir doirasida ushlab turish uchun muxolif davlatlar bilan raqobat o‘yinlarini olib borib, ushbu jihatlar davlatlarning axborot siyosatiga ham u yoki bu tarzda ta’sir ko‘rsatmoqda.

Aytish mumkinki, gegemonlik da’vosidagi davlatlar o‘rtasida axborot vositasida bo‘lib o‘tayotgan geosiyosiy raqobat jahon mamlakatlarining siyosiy, harbiy, ilmiy-texnik, iqtisodiy va sotsial taraqqiyotiga u yoki bu tarzda ta’sir qilib, ular shu orqali o‘zlarining raqobatbardoshligini ta’minlashga intilmoqdalar. Boshqacha aytganda, siyosiy mohiyat kasb etuvchi axborot xurujlari geosiyosiy raqobatni vujudga keltirib, ushbu omil global axborotlashuv tizimida etakchi mavqega ega bo‘lmoqda.

Fikrimizcha, davlatning axborot sohasidagi geosiyosiy raqobatbardoshligi uning davlat ichidagi axborot infratuzilmasining talab darajasida yaratilganligi, unda axborot aylanishining tezligi va sifati, yuqori texnologiyali axborot kommunikatsiyalarining axborot oqimiga ta’sir o‘tkaza olish kuchiga bevosita bog‘liq.

O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar axborotlashgan jamiyat, geosiyosiy raqobat, globallashuv, axborot “urush”i sharoitida kechmoqda. Bunday sharoitda ayrim siyosiy kuchlarning olib borayotgan axborot siyosati qadimgi Xitoy faylasufi va harbiy arbobi Sun Szining er.av. VI asrda yozib qoldirgan “nasihatlari”ni yodga soladi: “dushman-mamlakatdagi barcha yaxshi narsalarni yo‘qotishga harakat qiling; dushman tarafning arboblarini jinoiy ishlarga jalb qiling; dushman-mamlakatning rahbariyati obro‘siga putur etkazing; bu maqsadda eng razil va pastkash odamlar bilan hamkorlik qiling; dushman-mamlakatning fuqarolari orasida nizolar va to‘qnashuvlar keltirib chiqaring; jamiyat a’zolarini keksalarga qarshi gij-gijlang; barcha vositalar bilan hukmdorlar ishiga halaqit bering; dushman lashkarlarining tartibi va ta’minotiga halaqit bering; dushman tarafning askarlari ruhini musiqa va qo‘shiqlar bilan zaiflashtiring; dushmaningiz an’analarini qadrsizlantiring va ularning xudoga ishonchini yo‘qotishga intiling; dushman tarafga engiltak ayollarni yuboring, toki ular buzilish, aynishga ko‘maklashsin; ayg‘oqchilardan axborotni sotib olish uchun mukofot va sovg‘alarga sahiy bo‘ling”.1 Afsuski, insoniyat tarixi tajovuzkor va buzg‘unchi g‘oyalarning mohiyati oradan 2600 yil o‘tib ham sira o‘zgarmaganini ko‘rsatmoqda.

O‘lkamiz Temuriylar hukmronligidan so‘ng uch xonlikka bo‘lingach, Xitoy faylasufi va harbiy arbobi tomonidan yuqorida ta’kidlagan jihatlarning deyarli barchasi chor Rossiyasi va bolsheviklar tomonidan qo‘llandiki, bular o‘sha davrda chor Rossiyasi va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat sharoitida hal qiluvchi o‘rinni tutdi. “Uinston CHerchill yosh siyosatchiga shunday maslahat bergan edi: “Tarixni o‘rganing. Undan Siz kelajakning barcha savollariga javob topasiz”.2 Haqiqatan ham tarix kelajak taraqqiyotimizni belgilashda muhim omil sifatida maydonga chiqadi.

Geosiyosiy raqobat barcha ijtimoiy-tarixiy davrlarda bo‘lib kelgan va bundan keyin ham davom etadigan muttasil jarayondir. Insoniyat paydo bo‘libdiki, o‘zining ta’sir doirasini kengaytirish uchun o‘zaro raqobatlashib kelgan. Tarix sahnasida davlatlar paydo bo‘lgach, ushbu jarayonning ko‘lami yanada kengaya borib, global axborotlashuv sharoitida u yangicha mazmun-mohiyat kasb etdi. Modomiki, shunday ekan, O‘zbekiston mustaqil siyosiy birlik sifatida geosiyosiy raqobat sharoitida o‘z milliy manfaatlarini himoya etishning maqbul yo‘l va usullarini yanada takomillashtirishi lozimki, ushbu jihat davlatning axborot siyosatida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lishi lozim. YUqorida ta’kidlaganimizdek, mintaqamiz geostrategik jihatdan qulay joylashganligi,ijobiy tabiiy omillar bois barcha ijtimoiy-tarixiy davrlarda gegemonlik da’vo qiluvchi jahon davlatlarining doimiy diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Ushbu omil davlatlararo geosiyosiy raqobatlarni vujudga keltirib,u bugungi kunda ham davom etmoqda. SHu sababli, O‘zbekiston o‘zining axborot siyosatida milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini etakchi o‘ringa qo‘ymog‘i – millatning kelajagini ta’minlashi bilan barobardir.



Bugungi geosiyosiy raqobat sharoitida davlatning axborot siyosatiga ta’sir etuvchi omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. Yirik davlatlar tomonidan kuchsizroq davlatlarga nisbatan qo‘llaniladigan siyosiy-harbiy ekspansiya.

  2. Yirik davlatlarning jahon axborot tizimi orqali o‘z qudratini namoyish etuvchi hatti-harakatlarining ortib borishi.

  3. Madaniy ekspansiya, ya’ni yirik davlatlar o‘z axborot imkoniyatlaridan foydalangan holda“ommaviy madaniyat”ni tashviq etishni kengaytirishi.

  4. O‘z g‘oyalarini turli usul va vositalar yordamida tiqishtirishga urinish. CHunonchi, yoshlar kiyimlarida o‘zga davvlatning bayrog‘i, gerbi kabi jihatlarni targ‘ib etish orqali mafkuraviy ta’sirni kengaytira borish.

  5. Milliy xususiyatlar va axloqqa zid ravishda ularning o‘zlariga xos ko‘rsatuvlar targ‘ibini kengaytirish.

  6. YOshlar ongiga o‘zligini inkor etuvchi kosmopolitik g‘oyalarni singdirish va h.k.

YUqorida ta’kidlangan salbiy omillarni bartaraf etish hamda bugungi geosiyosiy raqobat sharoitida davlatning axborot siyosatida quyidagi jihatlar ustuvor o‘ringa ega bo‘lishi lozim:

  1. Axborot resurslari yordamida milliy mustaqillikni mustahkamlab, aholi ongida demokratik tafakkurni rivojlantira borish;

  2. Axborot tarqatuvchi vositalar yordamida milliy qadriyatlar targ‘ibiga e’tibor qaratib, yoshlar tarbiyasida vatanparvarlik, millatparvarlik, tarixiy-milliy qadriyatlarga sadoqat kabi jihatlarni kengaytira borish;

  3. An’anaviy milliy madaniyatni “ommaviy madaniyat”ga qarshi qo‘yib, axborot resurslari orqali ushbu jihatlarni targ‘ib qilish;

  4. Jamiyatda milliy birlik va fuqaroviy totuvlikni targ‘ib etib, ushbu usul orqali milliy taraqqiyotning barqarorligini ta’minlash. Bu ham geosiyosiy raqobat mavjudligi sharoitida zaruriy jihatdir.

  5. Demokratiyaning milliy modeli, milliy davlatchilikning ijtimoiy-tarixiy tajribasi, siyosiy sohadagi muvaffaqiyatlarini ko‘proq targ‘ib etish.

  6. Dinlararo va madaniyatlararo muloqot konsepsiyasi tantanasi yo‘lida axborot resurslari vositasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish.

Geosiyosiy raqobat sharotida dunyo turli qarashlar, g‘oyalar, nuqtai-nazarlarning tamomila yangicha rivojlanish pallasiga kirib, bu unda yashovchi xalqlarning turmush tarzi, g‘oya va mafkuralariga ham birdek katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Aslida, turli jamiyat a’zolari munosabatlarining o‘zaro integratsiyasi sifatida tanilgan globallashuv jarayoni vaqt o‘tishi bilan, uning faoliyat yo‘nalishi “traektoriya” si ham o‘zgarib bormoqda. Atoqli siyosatchi Karl YAspersning “har bir davr o‘zicha bir tahdiddir” degan so‘zlari bugun yana bir bor isbotini topayotgandek go‘yo. Inson oliy mavjudot ammo bu-uni xatolardan holi ekanligini bildirmaydi. Jamiyatda insonlarning hatti- harakatlari va xulq-atvorlarini tartibga solish, ularning o‘zaro aloqalarga asoslangan munosabatlarini shakllantirish-insonlarning o‘zlari tomonidan turli institutlar, ya’ni, tom ma’nodagi “tartibga solish qurilmalari” tashkil etilgan.

XX asrning oxiri ayniqsa, XXI boshlaridagi umumiy manzarasi- “asr vabosi” sifatida baholanayotgan terrorizm, narkobiznes va giyohvandlik, shuningdek, zamonaviy “manqurtlar”ni tarbiyalash va shu yordamida davlatlar siyosiy tuzumini ag‘darish kabi maqsadlar sari yo‘g‘rilgan latent, ya’ni, yashirin yohud bunyodkor shiorlar ostidagi g‘oyalar va mafkuralar xilma-xilligi asosida kechmoqda. Globallashuvning yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan “ko‘rinishlari” turli davlatlarga turlicha ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Ammo, an’anaviy mamlakatlarning zamonaviylashtirish qonuniyatlari bilan moslasha olmasligi, yoinki umuman qabul qilmasligi globallashuvning “salbiy” xususiyatlari uchun ayni muddaolik kasb etmoqda. Ma’lumki, har bir jamiyat xoh u totalitar, xoh u demokratik yoki monarxiya boshqaruvi bo‘lsin, shu siyosiy tuzumning manfaatlarini ifoda etishga xizmat qiluvchi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy institutlariga ega bo‘ladi. Bu institutlar jamiyatning ma’lum qatlamlarini o‘zida birlashtirgan holda, shu jamiyat taraqqiyoti va albatta xavfsizligi uchun xizmat qiladi.

Globallashuv sharoitida siyosiy institutlar faoliyati masalalarini tadqiq qilish hamda zamonaviy halqaro munosabatlari tizimining transformatsiyasini o‘rganish doirasida mamlakatlarni yagona axborot maydoniga kirishini maqbullashtirish borasidagi milliy davlat instituti negizida yotgan katta salohiyat borligi ko‘rsatilgan. Milliy davlatni rezident xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishning samarali instituti sifatida roli va ahamiyati o‘sadi.

Odatda, siyosiy institutlar deyilganda, insonlarning siyosat doirasida manfaatlarini ifoda etuvchi institutlar yoki davlatni o‘zini tushuniladi xolos. Ammo siyosiy institutlar bugun hayotning turli jabhalarini tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi, xavfsizligi uchun ham javobgarlik ma’suliyatini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Masalan, XVII asrning eng qudratli Usmonlilar sulolasining birdaniga tanazzuli sabablarini Turkiyada birinchi matbuot asoschisi, Ibrohim Mutafarrika o‘zining “Ummatlarni boshqarishda aql-zakovat bilan ish yuritish” asarida institutlarni, xususan siyosiy va harbiy institutlarni eskirib qolganligi, shuningdek, har qanday yangiliklarga qarshilik harakatlari bilan ifodalangan institutlarining jamiyat butun taraqqiyotiga g‘ov ekanligini ko‘rsatib bergan edi1. Globallashuv aslida salbiy tushuncha emas. Balki, bu jarayon ishtirokchilari va uni amalga oshirish g‘oyalarining umuminsoniy tamoyillardan ortga chekinishi va “yakka” ya’ni, ma’lum bir guruh maqsadlariga tayanishi oqibatida salbiy xususiyatlar kasb etadi xolos.

Geosiyosiy raqobat sharotida siyosiy institutlarning asosiy vazifasi sifatida individlarni siyosiy jarayonlarda manfaatlarini ifoda etish, siyosiy tuzumning barqarorlligini ta’minlash bilan bir qatorda, o‘ziga xos ravishda yangi elitalarni, xususan, yosh avlod tarbiyasida etakchi mazmun kasb etmoqda. Bugun “tamaddunlar to‘qnashuvi” (S.Xantington) muqarrar ko‘zga tashlanayotgan bir davrda, globallashuvning salbiy sahna ko‘rinishining asosiy “aktyorlari” sifatida yoshlarni tanlab olinayotganligida ham o‘ziga xos maqsadlar yotadi. Birinchidan, keksa aholi passiv va introspeksiya- ya’ni o‘z-o‘zini kuzatishga, o‘zi haqida qayg‘urishga, yoshlar esa serg‘ayrat va milliy-siyosiy qat’iyatlilikni qo‘llab-quvvatlashga moyil bo‘lishadi. Bu esa o‘z navbatida, ijobiy maqsadlar bilan bir qatorda, buzg‘unchi, yot g‘oyalar “natijaviyligi” uchun katta kuchni taqdim etadi. Masalan, Gitler siyosiy tuzumining 12 yil davomidagi (1933-1945) nufuzi “Gitleryugend” yoshlar tashkilotining, YAponiyada zamonaviy “manqurtlar” tayyorlash markazi “Aum Senrikyo” yoki Xitoydagi “Stalini” Mao Szedun tuzumi “himoyachilari” sifatida tuzilgan “Xunveybinlar” harakati a’zolari ham aynan yoshlar ekanligi fikrimizning yaqqol isbotidir. Jamiyatdagi siyosiy institutlarning taraqqiyoti avvalo, jalb etish g‘oyasi va mafkurasi bilan bevosita bog‘liqdir va mafkuraning kuchliligi, ma’lum manfaatlarga ifodalanishi, a’zolarni ortishiga ham olib keladi. Siyosiy institutlarning davlat, parlament, partiya, konservatizm, neokonservatizm, lobbizm va hatto ommaviy axborot vositalari kabi ko‘rinishlari aholi turli qatlamlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda, katta siyosiy boshqaruv mexanizmlari sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Jamiyat ijtimoiy institutlari ichida eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgani bu aynan siyosiy institutlar ekani, bugun jamiyatda taraqqiyotga ega mamlakatlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Siyosiy institutlar faqatgina siyosiy manfaatlar va kuchlarni birlashtirib qolmasdan, avvalo, o‘z a’zolarini boshqarish va shuningdek, o‘z obekti bo‘lgan davlatning yagona birligi, xavfsizligiga doir barcha masalalarda ma’sul, etakchi boshqaruv tizimlari birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyat davlat munosabatlari integratsiyasi mavjud ekan, demak, globallashuv ham to‘xtovsiz jarayon. Bu munosabatlarning davriy holati esa u yoki bu davlat aholisi manfaatlari asosi, ya’ni, etakchi siyosiy institutlari belgilab beradi. B.Juvenel “Jamiyatning ichida o‘zaro ishonch munosabatlarini shakllantirilganligi davlat, jamiyat olg‘a intilishi uchun mezon va bu siyosiy institutlar tomonidan shakllantiriladi”1 degan edi.

YUqorida ta’kidlangan jihatlar birinchidan, geosiyosiy raqobat sharoitida davlatning axborot siyosatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni minimallashtirishda muhim o‘rin tutadi. Ikkinchidan, globallashuv jarayoni zamonaviy fenomen sifatida o‘z vazifasini qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham ado etmoqda. Albatta, bunda ba’zi ma’lum va noma’lum (globallashuv bayroqdorlari ham deyish mumkin) kuchlar bu jarayonni sun’iy tezlashtirsalar ham yoki manfaat ko‘rsalar ham yuqorida keltirilgandek millatlar ma’naviyati, mentaliteti, o‘zgarishi yoki mustahkamlanishi, o‘ziga xosligini saqlab qolishi qaysidir ma’noda mamlakatning o‘ziga bog‘liq bo‘lib qoladi.


Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish