Ўзбекистон миллий университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


Global axborotlashuv va axborot siyosatiga zamonaviy yondashish ehtiyoji



Download 1,89 Mb.
bet15/32
Sana14.08.2021
Hajmi1,89 Mb.
#147931
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
1.3. Global axborotlashuv va axborot siyosatiga zamonaviy yondashish ehtiyoji

Bugun dunyoning barcha mintaqalarida globallashuv jarayoni ijtimoiy-madaniy hodisalarga o‘zining turlicha ta’sirini o‘tkazmoqda. Bunday ta’sirning bir xil emasligi dunyo mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va geosiyosiy omillar bilan chambarchas bog‘liq. Olamda yuz berayotgan bu kabi shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga salbiy ta’sirini kamaytirish, va aksincha, ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish global axborotlashuv sharoitida bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Zero global axborotlashuv yoshlarning ijtimoiy-madaniy hayotini zabt etishga urinayotgani hozirgi vaqtda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. SHu o‘rinda Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoevning bu boradagi fikrlariga e’tibor qaratsak: “...yoshlar hayoti, o‘y-kechinmalari, orzu-niyatlari, eng muhimi, ularni qiynayotgan masalalar, afsuski, radio va televidenie, gazeta va jurnallarda o‘z ifodasini to‘liq topmayapti. Go‘yoki hamma narsa joyida, olam guliston. Agar hammasi joyida bo‘lsa, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan yoshlar, jinoyatchilik, ishsizlik qaerdan paydo bo‘lyapti? Nega yoshlarga oid davlat siyosatiga loqayd munosabatda bo‘layotgan amaldorlar haqida ommaviy axborot vositalari, avvalo, yoshlar matbuoti churq etmaydi?”1 Mazkur fikrlardan kelib chiqib global axborotlashuvning hozirgi ko‘lamini his etmaslik va uning salbiy ta’sirlaridan yoshlarni muhofaza qilmaslikning oqibatlari kelajagimiz egalarini barkamol inson bo‘lib shakllanishlari borasida bugun qayg‘urish zarurligini taqozo etmoqda.

Jahon miqyosida bugungi ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy-madaniy o‘zgarishlar global taraqqiyotning rivojini ta’minladi. Ayniqsa, telekommunikatsiyaning rivojlanishi va internetning taraqqiy etishi axborot sohasidagi globallashuv jarayonlarini jadallashtirib, mazkur jarayonda axborot omilini etakchi o‘ringa olib chiqdi. Ushbu omil o‘zining ijobiy jihatlari bilan birga salbiy tomonlarini ham namoyon eta boshladi. Dunyo miqyosida ba’zi davlatlar etakchilik da’vosi bilan, yoki ayrim siyosiy kuchlar globallashuv jarayonida o‘z ta’sir doirasini kengaytirish niyatida axborot siyosatini kuchaytirib, boshqa mamlakatlarga nisbatan axborot xurujini boshlab yubordi. O‘zgalarga ta’sir etishning bunday usuli axborotlashuv jarayonlarining etakchi o‘ringa chiqishini ta’minladi.

Bugun dunyoning geosiyosiy va madaniy tuzilishi nafaqat siyosiy, iqtisodiy yoki boshqa jarayonlar, balki kuchli ta’sir etish qobiliyatiga ega bo‘lgan soha - “axborot jarayonlari” ta’siri ostida ham shakllanib, rivoj topmoqda. Axborotlashuv jarayonlariga insoniyat manfaatlariga xizmat qiluvchi huquqiy-demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati rivoji maqsadida axborot tarqatish bilan bog‘liq faoliyatning etakchi sohasi sifatida qaralmoqda. Yigirma birinchi asr «axborot asri» deb nom olishining o‘zi ham ushbu ijtimoiy-siyosiy ta’sir qurolining kun sayin katta kuchga, o‘ziga xos qudrat va salohiyatga ega bo‘lib borayotganligi davrimizning mazmun-mohiyatini ifodalab turibdi. «Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas».1 Bunday konseptual fikrlar:



  1. Bugungi kunda axborot, yoki axborot almashinuv omilining etakchi o‘ringa chiqqanligini;

  2. Insoniyat ushbu omilning ta’siriga beparvo bo‘lmasligi lozimligini;

  3. Axborot omilining kuchiga loqaydlik bilan qarash milliy taraqqiyotda zararli oqibatlarni keltirib chiqarishini;

  4. Jahon taraqqiyotidan orqada qolish fuqarolar kelajagiga soya soluvchi tahdid ekanligini;

  5. Davrning bugungi shiddatli taraqqiyoti sharoitida hech kim beparvolik kayfiyatiga berilmasligi, ilgariga intilish va hushyorlik bugun har qachongidan ham muhim ekanligini bildiradi.

Dunyo miqyosida faol kuzatilayotgan hamda xalqlar va millatlar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy paradigmalar asosida integratsiyalashayotgan holatlarda o‘z ifodasini topayotgan globallashuv inson hayotining barcha jihatlarini qamrab olmoqda. Globallashuv ta’sirida umumjahon iqtisodiyotida ham, siyosiy munosabatlarida ham, xalqlarning ijtimoiy-madaniy hayotida ham sifat o‘zgarishlari yuz berib, ushbu jarayon ayrim holatlarda aks ta’sir ko‘rsatmoqda. SHu bilan bir qatorda jahon sahnasida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan globallashuv – uzluksiz jarayon sifatida global axborotlashuv tizimini vujudga keltirdiki, bugungi taraqqiyotda ushbu omilning ta’sirini inkor etishning iloji yo‘q. Oldingi paragraflarda ta’kidlaganimizdek, “globallashuv” tushunchasining yagona umum qabul qilingan ta’rifi bo‘lmasa-da, ushbu ijtimoiy-falsafiy kategoriya va uzluksiz, doimiy va davomiy jarayonning faqat muayyan sohaga aloqador bo‘lgan qismini olib, turlicha, ba’zan tor talqin qilgan ko‘plab nazariy yondashuvlar mavjud. Lekin, jarayon mohiyatiga chuqurroq e’tibor qaratilsa, globallashuv - dunyo miqyosida yagona iqtisodiy-moliyaviy makon va axborot maydonining shakllanish, rivojlanish jarayonining doimiyligi, davomiyligi va uzluksizligining o‘zaro bog‘liq hamda ziddiyatli jihatlarini ifodalashi tushunchaning real mohiyatini ochib beradi. Tadqiqotchi A.Tashanovning ta’kidlashicha “...globallashuv jarayonlarining mamlakatimizga ziddiyatli ta’siri jamiyatda ijtimoiy beqarorlikka olib keladi va so‘l ekstremistik oqimlarning, shuningdek, diniy-mistik sektalarning keng tarqalishi uchun sharoit yaratadi. Boshqa tomondan, globallashuvning asosiy agentlari o‘zlarining shaxsiy axborot siyosatini diniy kanallar orqali ham olib boradi1”. Ushbu omil globallashuvning salbiy jihatlari sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda globallashuv jarayoni ayniqsa axborot-kommunikatsiya maydonida yaqqol namoyon bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy va hatto shaxsiy hayotimizni ushbu omil ta’sirisiz tasavvur etish mushkul. YA’ni, axborotlashtirish globallashuv jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda kechib, ko‘p holatlarda axborotlashuv global taraqqiyot mohiyatini ifodalovchi tushuncha sifatida maydonga chiqmoqda. “Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnik imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan kechmoqda. Masalan, Internet tizimi orqali axborot almashuv, binobarin, g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda. Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir”.1

Darhaqiqat, axborot asri deb nom olgan XXI asrda axborot energiya manbalari, tabiiy boyliklar kabi strategik resursga aylanib, boy axborot imkoniyatlari mamlakatlar salohiyatiga xizmat qilmoqda. Axborot sohasidagi globallashuv aloqa-kommunikatsiya vositalarining uzluksiz rivojlanib borishi, global axborot tarmoqlarining vujudga kelib, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy hamda shaxsiy hayotga tobora kirib kelayotganligi, barcha sohalarning kompyuterlashtirilib, Internet tizimining etakchi o‘ringa chiqishi global axborotlashuv tushunchasining mutlaqlashuvini ta’minladi. Aytish mumkinki, jamiyatning global axborotlashuvi ilmiy-texnik, iqtisodiy va sotsial taraqqiyotning o‘zagini tashkil etib, kundalik hayotda tobora mustahkam o‘rin egallamoqda. YA’ni, global axborotlashuv insoniyat taraqqiyotining bosh omiliga aylanib, ijtimoiy hayotda sivilizatsiyaning uchinchi to‘lqini sifatida qaror topdi.

SHu sababdan, axborot jarayonlari dinamikasi (o‘zgaruvchanligi) bilan bog‘liq vazifalarga alohida e’tibor qaratish zarurati paydo bo‘ldi. Axborotni ishlab chiqarish, tarqatish, unga ishlov berish bilan bog‘liq faoliyat iqtisodiyotning o‘ta muhim sektorlaridan biri bo‘lib qoldi. Boshqa tarafdan, “axborot bo‘shlig‘i (makoni)” (g‘arbiy atamashunoslikda “kiberbo‘shliq (makon)”) avvallari quruqlikda, dengizda, dengiz qa’rida, havoda, koinotda, va nihoyat insonning o‘zida olib borilgan raqobat o‘rniga, endilikda davlatlar, elitalar, transmilliy korporatsiyalar raqobatchilik qiladigan asosiy maydonga aylanib bormoqda.

Bundan tashqari, XXI asrda jamiyat yoki ayrim ijtimoiy guruhlarni axborot yordamida boshqarish o‘ziga alohida e’tibor jalb etadi. Ommaviy axborot vositalari, Internet olamni, shu bilan birga qo‘llanadigan siyosiy, harbiy texnologiyalarni tubdan o‘zgartirib, kiberterrorizm, kiberjinoyatchilik, kiberhujumlar kabi tushunchalarga e’tibor kuchayib bormoqda. Boshqacha aytganda insonnig ongi va qalbini egallashga doir harakatlar kuchayib bormoqda.

S.Jabborovaning quyidagi fikrlari ushbu masalaning ildiziga yanada chuqurroq etib borish imkonini beradi: “Inson ongi va qalbini vayronkor va buzg‘unchi g‘oyalar bilan izdan chiqarish mafkuraviy tahdidning eng asosiy mazmun-mohiyatini belgilaydi. Bunday tahdid muayyan jamiyat a’zolarini yagona maqsad va muddaolardan chalg‘itib, milliy mentalitetga mos kelmaydigan begona g‘oyalar, fikrlar, maqsad va qarashlarni chetdan eksport qilish jarayonida o‘zini yaqqol namoyon qiladi”1.

Lekin, har qanday omilning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lganidek, global axborotlashuv jarayonini insoniyat taraqqiyotining kushandasiga aylantirishga urinishlar ham mavjud. Global axborotlashuv ijtimoiy hayotdagi real jarayon sifatida axborot-kommunikatsiyalashuv jihatlarini ta’minlovchi ijobiy qirralari bilan bir qatorda axborot sohasidagi yutuqlarni g‘arazli niyatlarda qo‘llash xavfi ham tug‘ilib, bu hol global axborotlashuvning ijobiy mohiyatiga dog‘ solmoqda. Bunda axborotdan jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, madaniyatlararo va dinlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlatlarning suveren tengligi tamoyillariga amal qilish, milliy qadriyatlarni e’zozlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, mavjud muammolar echimida harbiy kuchdan foydalanmaslik, suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ma’naviy va axloqiy jihatlarga asoslangan madaniyatni targ‘ib qilish kabi maqsadlarga zid ravishda foydalanib, yirik imperiya sohiblariga xos ambitsiyalarini namoyon etmoqdalar. Axborot texnologiyalari hamda sanoat ishlab chiqarishi taraqqiy etgan davlatlarda bunday texnik ustuvorlikdan siyosiy, harbiy, iqtisodiy, axborot va madaniy tajovuzni kengaytirish maqsadida foydalanishga urinayotganliklari insoniyatni ogohlikka da’vat etuvchi holdir.

Global axborotlashuv jahonda etakchilik qilish uchun o‘zaro kurashda ham namoyon bo‘lmoqda. CHunki, axborot texnologiyalarining rivojlanganlik darajasi hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari davlatning dunyo miqyosidagi geosiyosiy ta’sirini belgilovchi omillardan biriga aylanmoqda. Bugungi voqelik bu hodisani axborot neokolonializmi1, axborot urushlari2, informatsion fashizm3 deb atalgan qarashlarning ham mavjudligi, yuqoridagi omillarga doimiy diqqat-e’tibor talab etadi.

“XXI asr axborot almashinuvining xilma-xilligi, g‘oyaviy-mafkuraviy poligonlarning keskinlashuvi, bir so‘z bilan aytganda, inson ongiga hukmronlik uchun kurash kechayotgan davr sifatida tarixda qolmoqda. Bu davrda milliy xavfsizlik, madaniyat va ma’naviyatni saqlab qolish o‘z kelajagini o‘ylaydigan har bir xalq uchun bosh omil darajasida qaralishi shart”4. SHunday ekan, global axborotlashuv sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etib, milliy taraqqiyotning bosh omiliga aylanmoqda. Global axborotlashuv sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muhim jihat - inson omilidir. CHunki, keyingi vaqtlarda axborot xurujlarining tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabat o‘zgarganidan, hujum qurolining yangi global turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol – global axborotlashuvning tajovuzli maqsadlarda qo‘llanishidir. Ayrim g‘arazli kuchlarning sa’yi-harakatlari tufayli axborot insonni mahv etuvchi vositaga, ommaviy axborot vositalari esa nopok maqsadlarga erishish yo‘lida tajovuz quroliga aylantirilmoqda. Bunday qurol yordamida olib boriladigan axborot urushlarida insonning ongi va qalbi nishonga olinib, tafakkurga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni o‘z manfaatlariga, o‘z xalqi, madaniyati, milliy davlatchiligi manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demak, axborot tarqatuvchi shaxs, guruh, siyosiy kuch yoki davlatga insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Ustiga-ustak, axborot urushini boshlaganlar nafaqat millat turmush tarzini, balki uning yaxshilik va yomonlik, oq va qora, savob va gunoh, rost va yolg‘on haqidagi tasavvurlarini ham o‘zgartirishga urinadi. Qisqasi, “Inson qalbi va ongini egallash uchun kurash xilma-xil g‘oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan oziqlanadigan mafkuralarning asosiy maqsadiga aylanmoqda”1.

Global axborotlashuv jarayonida g‘arbona turmush tarzini milliy voqelikka tiqishtirish, dunyo xalqlarini o‘ziga xos tarzda g‘arblashtirishga intilish faol kuzatilmoqda. Tabiiyki, bunday amerikalashtirish, yoki g‘arblashtirish xalqlarning o‘ziga xosligi, milliy xususiyatlari, qadriyatlari, madaniy an’analari, xullas milliy mentalitetiga putur etkazmoqda. SHu o‘rinda, globallashuvni “yaxlit dunyoning shakllanishi, yagona yirik davlatning qaror topishi, yagona jahon madaniyatiga ega xalqlar hamjamiyatning tarkib topishi jarayoni”2 sifatida talqin qilayotgan qarashlarni eslash kifoya. Bu jihatdan, aksilglobalistlar globallashuv jarayonini madaniy imperializmning yangi ko‘rinishi deb talqin qilayotgani ham bejiz emas,3 albatta.

Haqiqatan ham fan-texnika taraqqiyoti globallashuvning jarayon sifatidagi rivojini ta’minlab, global axborotlashuv tizimining keng quloch yoyishidagi muhim omildir. Internetning yaratilishi esa ilmiy-texnik sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasab, axborotlashuvning global mohiyat kasb etishini ta’minladi. Internet ingliz tilining jahon global tizimida axborot almashinuvining vositasi sifatidagi mavqeini mustahkamladi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 5 til - ingliz, fransuz, ispan, rus va xitoy tillari xalqaro muloqot tili sifatida tan olingan bo‘lsa-da, ingliz tili oxirgi yillarda xalqaro muomalada keng urf bo‘ldi. Axborot sohasidagi ustuvorlikni ta’minlaydigan bu omillar ayrim mamlakatlar uchun inson ongiga kuchli ta’sir o‘tkazish va uni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirdi. “Tahlillar ko‘rsatmoqdaki, gegemonlik xohishidan voz kecha olmayotgan ayrim davlatlar hali-hanuz rivojlanayotgan mamlakatlarni o‘z ta’siriga olishga urinmoqda, imperiyachilik kayfiyatidagi arboblar demokratik g‘oyalar eksporti zavqiga berilib ketib, ba’zida davr sinovidan omon chiqqan milliy qadriyatlarga nopisandlik qilmoqda. Geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilayotgan axborot xurujlari ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chmoqda”1.

Xususan, jahon media-xoldinglarining egalari sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoritishda urg‘ularni o‘zgartirish yo‘li bilan ham tomoshabinda bu voqelikka nisbatan o‘zlari istagan munosabatni shakllantirish imkoniyati va qudratiga ega. YOshlarga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan amerika filmlari vositasida kishilarga istagan fikrlarni, qadriyatlarni, ommaviy madaniyat va ko‘rsatmalarni singdirish mumkin. Internet esa virtual voqelikni shakllantirib, undan foydalanuvchilarda madaniyatning yangi ko‘rinishi – kibermadaniyatni qaror toptirmoqda. Virtual voqelik va kibermadaniyat, o‘z navbatida, kishilarning fe’l-atvorini osonlikcha dasturlashtirish imkoniyatini bermoqda.

Ko‘rinib turibdiki, global axborotlashuv ayrim holatlarda davlatlarning suverenitetiga ham tahdid solmoqda. SHu bois, axborot imkoniyatlarini ham kengaytiruvchi globallashuvni neokolonializm g‘oyasi bilan aynan bir narsa deb hisoblaydiganlar yo‘q emas. Global neokolonializmning uch o‘zaro bog‘liq maqsadi bor: dunyo ustidan gegemonlik, jahonning er osti va er usti resurslariga egalik va jahon bozorlarida mutlaq hukmron bo‘lish. Bu maqsadlarga erishish uchun tengsiz kuch-qudrat va etishib bo‘lmaydigan texnologik etakchilik zarur. Global neokolonializm maqsadlarini amalga oshirish borasida bir qator strategik vazifalarni o‘z ichiga oladi. Mustaqil davlatlar doirasidagi dezintegratsiya jarayonlarini rag‘batlantirish, demokratiya, erkin bozor iqtisodiyoti shiori ostida ularning iqtisodiyotini izdan chiqarish va turfa nayrang hamda siyosiy o‘yinlar yordamida mamlakatlarning suverenitetiga tahdid solish shular jumlasidan.

Global axborotlashuv natijasida voqelikka aylanishga intilayotgan ayrim salbiy jihatlar har qanday davlat oldida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasini ko‘ndalang qilib, ushbu masalaga milliy xavfsizlikni ta’minlovchi jihat sifatida qarashga undamoqda. Davlatlarning axborot siyosatida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi dunyo miqyosida qizg‘in muhokama qilinayotgani ham bejiz emas. Bunday muhokamalarda global axborotlashuv sharoitida axborotning insoniyat taraqqiyotidagi ijobiy rolini ta’kidlash bilan birga, undan xalqaro taraqqiyot, barqarorlik va xavfsizlikka zarar etkazish maqsadida foydalanish hollari keskin qoralanmoqda. SHuningdek, axborot-kommunikativ texnologiyalardan jinoyatkorona va terroristik maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida bong urilmoqda. O‘z taraqqiyotining murakkab, o‘tish bosqichini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun bu muammo alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakat manfaatlariga zid axborot xurujlari endigina mustaqillikka qadam qo‘ygan davlatlar uchun xavfli va halokatli tus olishi tabiiydir. Aytish mumkinki, global axborotlashuvning tahdidli jihatlari yosh mustaqil davlatlar zaiflashuviga olib kelib, gegemonlik da’vosidagi yirik davlatlar etagidan tutishga majbur etadi. Ana shunday global axborotlashuv sharoitida milliy qadriyatlarga asoslangan axborot siyosati davlatlarning mustaqilligini mustahkamlash, milliy o‘zlikni asrab-avaylash, himoya qilish, madaniy o‘ziga xoslikni asrash va razilona maqsadlarni ko‘zlovchi axborot xurujlaridan himoyalanish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Global axborotlashuv natijasida vujudga keluvchi axborotlashgan jamiyatda informatsion-psixologik munosabatlar sohasi shu darajada rivojlanadiki (industrial jamiyat bilan qiyoslaganda), bu o‘z navbatida siyosiy munosabatlar tizimida ham keskin o‘zgarishlarni yuzaga keltirib, davlatlarning axborot siyosatiga yangicha yondashish ehtiyojini yuzaga chiqaradi.

Bunday ehtiyoj, fikrimizcha, quyidagi jihatlarda namoyon bo‘lib, global axborotlashuv sharoitida davlatning axborot siyosatida:

- milliy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan faoliyat rag‘batlantirilib, xavfsizlikka tahdid sifatida namoyon bo‘luvchi jihatlarning oldini olish;

- milliy manfaatlar etakchi o‘ringa chiqib, jamiyat a’zolari faoliyatini umumiy maqsad sari yo‘naltirishning samarali yo‘l va usullarini targ‘ib etish;

- milliy birlik va fuqarolar o‘rtasidagi hamjihatlikni ta’minlash maqsadida davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning madaniyati, urf-odat va an’analarining targ‘ib etilishiga imkoniyat yaratish;

- mavjud milliy-madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, o‘zaro do‘stlik va tinchlik-totuvlikni targ‘ib etish;

- mintaqaviy mojarolarning oldini olishga qaratilgan faoliyatlarni rag‘batlantirib, mavjud muammolar echimini targ‘ib etish;

- milliy qadriyatlarga tayangan siyosat asosida milliylik, mintaqaviylik hamda umuminsoniylikning o‘zaro mushtarak jihatlarini targ‘ib etish;

- jamiyat a’zolari tafakkurida mavjud axborot xurujlariga qarshi kuchli immunitetni shakllantirib rivojlantirish;

- tahdid solishga intilayotgan ommaviy madaniyatga qarshi jamiyat axloqini rivojlantirishga e’tibor qaratish;

- milliy modellarga asoslangan demokratik davlat va qadriyatlarning ustuvorligiga tayangan fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash.

YUqorida ta’kidlangan jihatlar bugungi global axborotlashuv sharoitida davlatning axborot sohasida olib boruvchi siyosatining ustuvor mavqe kasb etishini ta’minlab, fuqarolarning axborotlashgan jamiyat sari ildam faoliyatiga imkon yaratadi.

Ushbu bobga xulosa qilib aytish mumkinki, globallashuv mazmun mohiyati jihatidan ijtimoiy-falsafiy kategoriya hamda voqelikdagi real jarayon sifatida kundalik hayotga mustahkam kirib kelayotganligi ijobiy holdir. Globallashuv bir tomondan kishilarning o‘zaro umumiyligini ifodalasa, ikkinchi tomondan ushbu fenomen bayrog‘i ostida milliy qadriyatlarimiz hamda sharqona odob-axloq normalariga zid «ommaviy madaniyat» ifodasi ostida g‘arb madaniyati, chunonchi bir jinslilar o‘rtasida nikoh, axloqsizlik, o‘zgalar qadriyatlarini mensimaslik kabi jihatlarni ham targ‘ib etmoqdaki, bular milliy tafakkurimizning tubanlashishiga olib keladigan omillardir. Lekin, shunga qaramay globallashuvning samarali yo‘nalishi ijobiy mohiyat kasb etuvchi jarayon sifatida e’tiborga molik.

Globallashuv siyosiy munosabatlarga bevosita ta’sir ko‘rsatib, kishilar manfaatiga xizmat qiluvchi yirik xalqaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy, fan va ta’lim masalalarini o‘z ichiga oluvchi tashkilotlar faoliyati – bevosita global taraqqiyot mevasidir.

Mustaqil O‘zbekiston ham globallashayotgan dunyoning faol sub’ekti sifatida xalqaro minbarlarda faqat milliy manfaat doirasida emas, balki mintaqa xalqlari manfaati, shuningdek umuminsoniyat manfaati doirasida turfa muammolar echimini ilgari surishi xalqimizning tinchliksevarligi va tarixan bunyodkorligidan dalolatdir. SHu ma’noda mamlakatimizning Prezidenti SH.M. Mirziyoevning tashabbus va intilishlari global tahlikalar mavjud bugungi kunda O‘zbekistonning uyg‘oq faoliyatidan darak.

Bugungi globallashuv sharoiti inson ongi va qalbi uchun kurashni etakchi o‘ringa qo‘yib, bu borada xavfsizlikni ta’minlash maqsadida davlatning axborot siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilashni kun tartibiga qo‘ymoqda. Jamiyat a’zolarida demokratik tafakkurni rivojlantirish, buning uchun milliy qadriyatlarga asoslangan axborot siyosatini olib borish, milliylikning xususiy jihatlarni o‘ziga mujassam etgan holda umuminsoniylikka o‘sib o‘tishini targ‘ib etish, faqat shu jihatlar «sivilizatsiyaning uchinchi to‘lqini» sharoitida insoniyatni turli tahdidlardan omon olib qolishi mumkinligi haqidagi taklif va tavsiyalar zaruriy mohiyat kasb etadi.

Global axborotlashuv sharoitida axborot siyosatiga yangicha yondashuvni talab etib, bunday yondashuv jamiyat a’zolarining birligi, milliy totuvligi hamda fuqaroviy hamjihatligiga asoslanishi dolzarbdir. Xususan, polietnik va polikonfessional jamiyatlarda milliy va madaniy umumiylikka erishish bugungi global tahlikali zamonning global muammolaridandir. Milliy modellarga asoslangan huquqiy-demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyati globallashayotgan dunyoda real andoza sifatida e’tiborlidir. Mustaqil O‘zbekiston ana shu tamoyillar asosida o‘z taraqqiyotini yo‘lga qo‘yganligi kelajakdagi optimal taraqqiyotdan darak beradi.


Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish