O’quv amaliyoti bo’yicha mashg’ulotlar mazmuni
III bosqich talabalari pedagogik amaliyotni maktablarda o’tkazishi
munosabati bilan sakrashlar, akrobatik mashqlar va uskunalarda mashqlar
o’tkazish bo’yicha kasbiy-pedagogik ko’nikma va malakalarini shakl-
lantirishning oqilona izchilligi uchun mashg’ulotlarni maktab va o’smirlar
tasnifiy dasturlari materiali asosida tuzish maqsadga muvofiqdir.
III bosqichdagi o’quv amaliyoti tematikasiga oldindan ishlab
chiqilgan mavzular bo’yicha quyidagi mashq turlarini kiritish tavsiya
etiladi:
Past turnikda bajariladigan mashqlar;
Past va turli balandlikdagi bruslarda bajariladigan mashqlar;
Halqalarda (joyda va tebranib) bajariladigan mashqlar;
Tayanib sakrashlar;
Akrobatik mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |