70
Xulosa
Ta‟lim tizimining modernizatsiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga,
shaxsning esa sifatli ta‟lim olishiga bo‟lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
roy beradi. Ta‟lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning qo‟llanilishi ta‟lim
tizimi modernizatsiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda
ta‟lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan
holda kutilayotgan natijani qo‟lga kiritishga imkon beradi, o‟qitish
sifatini
yaxshilab, samaradorligini oshiradi.
XXI asr aql-zakovat, ma‟naviyat va bilimdonlik asri bo‟ladi. Bu esa ta‟lim
va tarbiya jarayonlarining sifatli, samarali tashkil etilishi ijtimoiy zaruriyat
sifatida kun tartibiga qoyilishini talab etadi. Mazkur zaruriyatning qondirilishi
pedagoglarning yuqori darajada kasbiy kompetentlik,
mahorat va malakalarga
ega bo‟lishlarini taqozo etadi.
Amalda qo‟llanilib kelingan an‟anaviy o‟qitish texnologiyasi asosan
“o‟qituvchi - o‟quvchi” tarzida umumiy harakterda bo‟lib, unda o‟quvchi-
talabaga ta‟lim jarayonining ob‟ekti, ya‟ni passiv shahs sifatida qaralar edi.
Pedagogik texnologiyada esa “o‟qituvchi - ta‟lim - o‟quvchi” tizimiga
asoslanadi va unda talaba sub‟ektga ya‟ni, ta‟lim jarayonining faol
ishtirokchisiga aylanadi. Bunda o‟qituvchi talabaga o‟zi izlanishga, o‟zi
mushohada yuritishga sharoit yaratuvchi tashkilotchiga
va uni nazorat etuvchi
boshqaruvchiga aylanadi.
Chzma geometriyani o‟qitishda ham ilg‟or pedagogik texnologiyalar va
axborot komminikatsion texnologiyalardan o‟rinli foydalanish bugungi kunning
dolzarb masalasidir. Chunki chizma geometriya talabaning fazoviy tasavvurini
o‟stirishda, uning mustaqil fikrlash qobilayati va loyihalashga oid ko‟nikmani
egallashiga katta xizmat qiladi.
Chizma geometriyaning katta bir bo‟limlaridan biri ortogonal proeksiya
bo‟lib, u mashinasozlik,
texnika taraqqiyoti, arxitektura va tasviriy san‟atni
rivojlanishiga katta xizmat qiladi. Ortogonal proeksiyalash usuli asosida barcha
ishlab chiqarish ishlari bajariladi va u taraqqiyot manbayi hisoblanadi. Unda
71
fazodagi buyumning uch tekislikdagi proeksiyalari bajariladi. Shu sababli
talabalar fazodan tekis chizmaga yoki, aksincha, tekis chizmadan fazoga
ko‟chishda biroz qiynaladi. Talabalarning ortogonal
proeksiyaga adaptatsiyasi
(ko‟nikishi)ni qulaylashtirish va tezlashtirish yoki ta‟limda sifat va
samaradorlikka erishish uchun fanni o‟qitish jarayonida innovatsion va axborot
kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish zarur.
Hozirgi kun o‟qituvchisi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalana
olishi lozim. Bu narsa chizma geometriya fanlarini o‟qitishda ham samarali
bo‟lib, ta‟lim sifatini oshishiga yordam beradi.
Zamonaviy
ishlab
chiqarish,
mustaqil
Respublikamizda
yangi
texnologiyalarni qo„llanishi va uning ilmiy-texnika taraqqiyoti o„sib kelayotgan
yosh avlodning grafik tayyorgarligiga hamda texnikaviy fanlar bo„yicha chuqur
bilimdon bo„lib etishishiga katta talablar qo„ymoqda. O„quvchilarning grafik
bilimi, ko„nikma va malakalarini tarkib toptirish samaradorligini oshrishi
bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Grafik ta‟limni
hozirgi davr
talabi asosida amalga oshirish yo„llaridan biri ikkinchi tartibli sirtlarning o‟zaro
kesishish chiziqlarini yasash va ularni amaliyotga tadbiq qilishdan iborat bo„lib,
bu sohada uning pedagogik asoslarini, o„quv materiallar mazmuni va
metodlarini tajribada o„rganish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishi
hamda yangi dastur va o„quv qo„llanmalarni yaratilishi shubhasiz muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: