2
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDA VILOYAT
QO`MITASI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG`ONA FILIALI
“
Kompyuter injineringi
” fakulteti
“ Axborot texnologiyalari ” kafedrasi
“OPERATSION TIZIMLAR VA LABORATORIYA ”
F A N I D A N
MA`RUZALAR MATNI
TATU Farg`ona filiali
Uslubiy Kengashida
tasdiqlangan.
Bayonnoma № 1
26 avgsut 2014 y.
TATU Farg`ona filiali - 2014
3
Ushbu Ma`ruzalar matni bakalavr yo`nalishi talabalari uchun yaratilgan
bo`lib, uning maqsadi “
Operatsion tizimlar va laboratoriya
” fanidan nazariy va
amaliy bilimlar berishga mo`ljallangan. Ma`ruzalar matnini tayyorlash jarayonida
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “ATDT” kafedrasi o`qituvchisi
M.Z.Babamuxamedovaning ushbu fan bo`yicha tayyorlagan ma`ruzalar matnidan
ham foydalanilgan.
Ma`ruzalar matni “Axborot texnologiyalari” kafedrasining uslubiy
seminarida ko`rib chiqilgan (Bayonnoma № 1, 26 avgust 2014 yil).
Ma`ruzalar matni TATU Farg`ona filiali Uslubiy Kengashida ko`rib
chiqilgan (Bayonnoma № 1, 26 avgsut 2014 yil).
Tuzuvchilar:
TATU Farg`ona filiali
“Axborot texnologiyalari”
kafedrasi
assistenti R. Toxirov
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi
assistenti A. Xoitqulov
Taqrizlar:
TATU Farg`ona filiali “Axborot
texnologiyalari” kafedrasi dotsenti,
texnika fanlari nomzodi: F.Yu. Polvonov
FarDU “Amaliy matematika va informatika”
kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari
nomzodi: A.Mirzaqulov
4
Kirish
Ma`lumki, axborot texnologiyalarining inson faoliyati hamma jabhalarga
kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib bormoqda. Bu turli-tuman hisoblash
texnikasidan foydalanuvchilar soni ham ko`payib bormoqdaki, bunda ikki qarama-
qarshi tendentsiyani rivojlanishi kuzatilmoqda. Bir tomondan, axborot
texnologiyalari borgan sari murakkablashmoqda va ularni qo`llash uchun, va ularni
keng rivojlanishi uchun juda chuqur bilimlar talab qilinadi. Boshqa tomonda,
foydalanuvchilarning kompyuterlar bilan muloqati soddalashmoqda. Kompyuterlar
va axborot tizimlari borgan sari “do`stona” bo`lib bormoqda, va hatto ular
informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo`lmagan odamlar uchun
ham tushunarli bo`lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va
ularning dasturlari, hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta`minoti –
operatsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga keldi.
OT, foydalanuvchilar uchun ham, bajariluvchi ilovalar uchun ham
interfeysni tashkil etadi. Foydalanuvchilar va Ko`pgina xizmatchi dasturlar, DTdan
hamma dasturlarda tez-tez uchraydigan amallarni bajarishni so`raydi. Bunday
amallarga, birinchi navbatda, kiritish-chiqarish, biror-bir dasturini ishga tushirish
va to`xtatish, qo`shimcha xotira blokini olish yoki uni bo`shatish va boshqa
ko`pgina amallar kiradi. Bunday amallarni har safar dasturlash va ikkilik kod
sifatida dastur ichiga bevosita kiritish maqsadga muvofiq emas balki, ularni
birgalikda yig`ib dasturdan “so`rov” orqali bajarishga berish qulaydir. Bu o`z
navbatida OT ning muhim funktsiyalaridan biridir. Amaliy dasturlar, va ko`pgina
tizimli ishlov beruvchi dasturlar, (m-n, dasturlash tizimlari yoki ma’lumotlarni
boshqarish tizimlari) kompyuter aparaturasi bilan bevosita bog`lana olmaydi va
ular bilan OT ga murojat etish orqali bog`lanadilar. Foydalanuvchilar uchun ham,
OT komandasini kiritish bilan yoki tizim taklif qiladigan mumkin bo`lgan
harakatlar orqali o`z dasturlari va kompyuter bilan muloqot qiladilar. Bunday
o`zaro muloqot faqat OT orqaligina amalga oshiriladi. Bunday muhim funksiyani
bajarishdan tashqari, OT hisoblash resurslarini samarali taqsimlash va hisoblashni
ishonchli tashkil etishga javob beradi.
OT asoslarini va ularning ishlash printsiplarini bilish, kompyuterdan
samarali foydalanishga olib keladi. OT larni chuqur o`rganish, avvalambor bu
bilimlarni, dasturiy ta’minot yaratishda ishlatishga imkon beradi.
Albatta, bizning mamlakatimizda hozirgi vaqtda murakkab axborot
tizimlarini ishlab chiqish, zamonaviy OT larda ishlashga mo`ljallangan dasturlar,
majmuasi va ilovalar yaratishlari jadal suratda olib borilmoqda. Shuning uchun
ham OT larni va ularni ishlash prinsiplari va hisoblashlarni tashkil etishni bilish
zarurdir. Hozirgi vaqtda, kompyuterda ishlash kamlik qiladi, balki hisoblashlarni
tashkil etishni tushunish shartdir.