uchun, mos ravishda fayl tizimlari yaratiladi. Fayl tizimi, ma’lumotlar mantiqiy
strukturasinining va ularga ishlov berish jarayonida bajariladigan amallar bilan ish
olib borish imkonini beradi. Aynan fayl tizimi, ma’lumotlarni disklarda yoki biror-
bir boshqa jamlamada tashkil etish usulini aniqlaydi. Fayl tizimining qabul
qilingan spetsifikatsiyalari bo`yicha, fayllar bilan ishlashni amalga oshiruvchi
maxsus tizimli dasturiy ta’minotni, ko`pincha fayllarni boshqaruv tizimi deyiladi.
Aynan, fayllarni boshqarish tizimi, fayl ma’lumotlarini yaratish, yo`qotish tashkil
etish, o`qish, yozish, modifikatsiya qilish va joyini o`zgartirish va u bilan birga
ko`rinishida tashkil etilgan ma’lumotlarga murojaatning qulay usulini berishidir,
ya’ni fayl nomi va undagi yozuvni nomini ko`rsatib, mantiqan murojaat qilishga
amalga oshiruvchi va fayllarni boshqarish tizimidan faol foydalanuvchi,
64
- disksiz periferik qurilmalar bilan fayl kabi ishlash;
- fayllar orasida, qurilmalar o`rtasida (va teskari) ma’lumotlar almashinish;
- fayllarni boshqarish tizimi dasturiy modullariga murojaat usuli bilan fayllar
bilan ishlash (API ning bir qismi fayllar bilan ishlashga mo`ljallangan);
- fayllarni huquqsiz murojaatdan himoya qilish.
Qoida bo`yicha hamma zamonaviy OT lar o`z fayllarini boshqarish
tizimilariga egadir. Ba’zi OT lar esa, bir nechta fayl tizimlari bilan ishlash
imkoniga egadirlar (bir nechtasi ichidan bittasi yoki bir nechtasi bilan bir vaqtda).
Bu hollarda, montirovka qilinadigan fayl tizimlari to`g`risida so`z boradi
(montirovka qilinadigan fayllarni boshqarish tizimlarini qo`shimcha sifatida
o`rnatish mumkin) va bu borada ular mustaqildir.
Shu narsa ma’lumki, fayllarni boshqaruv tizimi, OT ning asosiy
komponentasi bo`lgan holda, undan mustaqil emas, chunki API ning mos
chaqiriqlaridan faol foydalanadi. Shu bilan birga, FBT ning o`zi API ni yangi
chaqiriqlar bilan boyitadi.
Demak, shuni ta’kidlash mumkinki, ixtiyoriy FBT o`z-o`ziga mavjud emas,
balki ular aniq OT muhitida ishlash uchun yaratiladi. Misol uchun hammaga tanish
fayl tizimi FAT ni keltirish mumkin (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish
jadvali). Bu tizim, fayllarni boshqarish tizimi sifatida Ko`p hollarda ishlatiladi.
Bu fayl tizimining turli OT larda ishlaydigan, turli versiyalari mavjuddir:
FAT, FAT 12, FAT 16, super FAT va x.k.lar.
Bu FBT ning MS DOS OT dan to Windows NT bilan ishlaydigan versiyalari
mavjud. Boshqacha qilib aytganda, ma’lum fayllar tizimiga mos tashkil etilgan
fayllar bilan ishlashda, har bir OT uchun o`z fayllarni boshqarish tizimi ishlab
chiqishi shart. Va bu fayl tizimi, qaysi OT uchun mo`ljallangan bo`lsa, o`sha OT
da ishlaydi, ammmo boshqa fayllarni boshqaruv tizimi yordamida yaratilgan
fayllarga murojaat imkonini ta’minlaydi (boshqa OT FBT bu OT FBT printsiplari
asosida ishlaydigan bo`lishi kerak).
Sh.q. fayl tizimi – bu ma’lumotlarning qabul qilngan sertifikatsiyalari
bo`yicha tashkil etilgan to`plamlari majmuasi bo`lib, ular fayllarga murojaat uchun
zarur bo`lgan adresli ma’lumotlarni olish usulini aniqlaydi.
Demak, fayl tizimi termini, avvalambor fayllarga tashkil etilgan
ma’lumotlarga murojat printsiplarini aniqlaydi. Xudi shu terminni u yoki bu
jamlamada joylashgan aniq fayllarga nisbatan ham ishlashtish mumkin. Fayllarni
boshqarish termini esa, fayl tizimining aniq realizatsiyasiga (amalga oshishiga)
nisbatan ishlatish mumkin, ya’ni bu tizim – aniq OT larda fayllar bilan ishlashni
ta’minlaydigan dastur modullari to`plamidir.
Inson ishlaydigan ma’lumotlar, odatda strukturalashtirilgandir. Bu avvalo,
ma’lumotlarni samarali saqlashni tashkil etishga imkon beradi, qidiruvni
osonlashtiradi, nomlashda qo`shimcha imkoniyatlar yaratadi. Xuddi shuningdek,
fayllar bilan ishlashda ham iloji boricha strukturalashtirish mexanizmini kiritish
kerak. Hammadan osoni ierarxik munosabatlarni tashkil etishdir. Buning uchun,
katalog tushunchasini, kiritish directory yetarlidir. Katalog, fayl ko`rinishida
tashkil etilgan ma’lumotlar to`g`risidagi ma’lumotni o`z ichiga oladi.
65
Boshqacha aytganda, katalogda fayllar diskriptori saqlanadi. Agar fayllar,
blok qurilmasida tashkil etilgan bo`lsa, aynan katalog yordamida FBT, shu
ma’lumotlar joylashgan blok adreslarini topadi. Katalog, maxsus tizimli ma’lumot
strukturasiga emas, (asosiy, ildiz katalog deyiladi), fayl o`zi ham bo`lishi mumkin.
Bunday fayl-katalog, maxsus tizimli qiymatga ega bo`lib, uni boshqa oddiy fayllar
orasida ajratish zarurdir. Fayl Katalog Ko`pincha “podkatalog” (subdirectory) deb
ataladi. Agar fayl katalog, boshqa fayllar haqida ma’lumotni o`zida saqlasa, ular
orasida ham o`z navbatida fayl-kataloglar bo`lsa, biz xech qanday
chegaralanmagan ierarxiyaga ega bo`lamiz.
Undan tashqari, bunday fayl ob’ektlarni fayl katalog kiritish, fayl tizimini
nafaqat strukturalash, ildiz katalogdagi elementlar sonini chegaralanmagan
muammosini hal qiladi. Fayl katalogida elementlar soniga chegara yo`q, shuning
uchun katta o`lchamdagi kataloglarni yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: