Mobillilik printsipi (ko`chirib o`tkazish). Bu printsip OTni bir
platformadan, boshqa ti`dagi platformaga ko`chirish imkonini nazarda tutadi.
Ko`chirib o`tkaziladigan OT ni ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:
OT ning deyarli katta qismi, foydalanishga mo`ljallangan hamma platformalarda
translyatorlari mavjud bo`lgan tilda yoziladi. Bu yuqori darajadagi, qoida bo`yicha
S tilidir. Assemblerdagi dastur umumiy holda, ko`chirib bo`lmaydigan dasturdir.
Keyin, apparat resurslari bilan bevosita munosabatda bo`lgan kod fragmentlari olib
tashlanadi yoki kamaytiriladi. Apparatga bog`liq kod, bir nechta yaxshi
lokallashtirilgan modullarda ajratilgan holda bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |