Sey siyosiy iqtisodni uch qismga bo‘ladi: ishlab chiqarish, taqsimot
va iste’mol. Bu klassifikatsiya takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari
o'rtasidagi yuzaki bog‘lanishni aks ettiradi. Taqsimot va iste’molning
iqtisodiyot fanining mustaqil bo'laklari sifatida ajratilishi va ulaming
mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan yonma-yon qo'yilishi
ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o'rtasidagi haqiqiy aloqaiar
buzib ko'rsatiladi, chunki ma’lum tipdagi ishlab chiqarish munosa
batlari doim taqsimot va iste’molning ma’lum tarkibini vujudga keltiradi.
Sey Smitni qo'llaydi, ammo ko‘p masalalarda u bilan kelishmaydi.
Masalan, uningcha qiymat bir qancha omillarga bog'liq qilib qo‘yiladi:
tovaming
subyektiv foydaliligi, uning ishlab chiqarish chiqimlari,
talab va taklif. Seyda kapitalning ekspluatatsiya mohiyati butunlay yo‘q
va bu jarayon ishlab chiqarish omillari nazariyasi bilan almashtiriladi.
Ammo u iqtisodiy liberalizm
(laissez faire)
prinsipi, «kichkina va ar
zon davlat» va uning iqtisodiyotga aralashuvini keskin qisqartirish
tarafdori sifatida Smit bilan hamfikr. Sey bu sohada fiziokratik an’ana-
larga yaqin bo'lgan. Uning iqtisodiy liberalizm tamoyili Napoleonning
iqtisodiy siyosatiga to‘g‘ri kelmas edi (kontinental
blokada siyosati
Angliya bilan iqtisodiy aloqalami keskin cheklagan). Burbonlaming
restavratsiya qilinishi Seyning obro'si oshishiga imkon yaratdi.
U hayoti davomida siyosiy iqtisod masalalarini imkoni boricha sod-
da va aniq izohlashga intildi. Birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarish
omillari: mehnat, kapital va yeming mahsulot qiymatini hosil qilishda
teng ishtirokini aniq ifodaladi (bu fikr yuqorida eslab o‘tilgan). Hoziigi
davr olimlari kapitalizmning (bozor) tizimini shu uch omil bilan bog‘-
laydilar.
XIX asming boshlarida shu uch omilga asoslangan g'oyalar rivoj
topdi. Mehnat — ish haqi, kapital — foyda, yer — renta:
shu uch
o‘zaro bog'liq (uch birlik) formula Sey ta’limotida muhim o‘rin egal-
laydi. Uning qiymat va daromadlar to‘g‘risidagi ta’limoti o'ziga xos
ravishda hal etildi. Klassik maktabdan farqU ravishda tovar qiymati uni
ishlab chiqarishga sarflangan mehnat Ьйап emas, uning foydaliligi
bilan aniqlanadi. Shunday qilib, «Foydalilik nazariyasi»ga asos solindi.
Bu nazariyaga ko‘ra ishlab chiqarish foydalilikni yaratadi,
foydalilik
esa predmetlarga qimmat beradi. «Qimmat foydalilik o‘lchovidir», -
deydi u. A.Smitning qiymat nazariyasidan farqli, qiymat faqat sarf-
langan mehnat bilangina emas, balki
mehnat mahsulotining naflik
darajasi bilan ham o'lchanadi, bu katta yangilikdir. Shunday qilib,
Sey qiymatni iste’mol qiymati bilan aynan bir deb tushunadi. Demak,
qiymat va taqsimot muammosida taqsimot nazariyasi ajratib olinadi va
alohida qaraladi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, A.Smitgacha almashuv
qiymati foydalilik bilan bevosita bog'liq bo'lmasligi mumkin, masalan,
nihoyatda foydali, hayotiy zarur bo'lgan narsalar ham past qiymatga
ega bo'lishi mumkin, ayrim narsalaming esa umuman qiymati yo‘q,
bunga havo, buloq boshidagi suv va boshqalami ko'rsatish mumkin.
Bu masala bo'yicha turli fikrlar mavjud (marjinalizm g‘oyasining asosi
ham shu fikrdir). Iqtisodiyotning bu kategoriyasi davrdan,
tarixdan
tashqari qaraladi va abadiy deb hisoblanadi, ekspluatatsiya inkor etiladi.
Qiymatni foydalilik bilan almashtirish oqibatida daromadlar masalasi
ham shu asosda yechib beriladi. Ishlab chiqarishda uch omil ishtirok
etadi (mehnat, kapital, yer) va ulaming har biri qiymatni hosil qilishda
ma’lum xizmatni amalga oshiradi. Uch omil uch xil daromadni yuzaga
keltiradi. Bunday tushuntirish nihoyatda sodda va yuzaki hisoblanadi.
Chunki unda ishlab chiqarish omillari to‘la huquqli hamkorlik asosida
uyg'un - garmonik harakat qiladi, hech qanday ekspluatatsiya tan
olinmaydi.
Seyning izdoshi
Do'stlaringiz bilan baham: