ofatlami zaruriy deb hisoblashdan voz kechdi va kechirim so'radi,
uni noto‘g‘ri tushunganliklarini aytib o'tdi, ammo u o‘zining bosh
fikrini inkor etmadi.
Maltus markaziy g'oyasi, ya’ni aholi soni o'sish sur’atlarining
jamiyat farovonligiga ta’siri to‘g‘ri va dolzaibdir. Ammo olim tomonidan
berilgan prognozlar baxtimizga normal bo‘lib chiqdi. Har 20-25 yilda
aholining ikki marta ko'payishi insoniyatni to‘la qashshoqlikka mahkum
etishi kerak edi.
Maltus «doktrinasi», awalo, metodologik jihatdan xato edi, chunki
hech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat hayotida qo‘llaniladi.
Vaholanki, insonlar o‘simlik va hayvonot dunyosidan farqli o‘laroq
faqat iste’mol qilmaydilar, balki o‘zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik
vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Shuni eslab o‘tish
joizki, o‘z davrida Petti va Smit mamlakat boyligining asosi
unumli
mehnat bilan shug‘ullanuvchi aholi ekanligini isbotlab beiganlar. Maltus
klassiklaming bu fikrini inkor etadi.
Bundan tashqari, Maltus o‘zi
ochgan qonunni abadiy deb e’lon qiladi. Aslida esa kapitalizm davrida
ortiqcha ishchi kuchi hisobiga aholining nisbiy ortiqchaligi yuzaga keladi,
bu yerda aholining nisbiy ortiqchaligi uning
absolut ortiqchaligi deb
ko‘rsatilgan.
Maltus progressiyalari statistik va amaliy (faktik) materiallami
ochiqdan ochiq soxtalashtirishdir (falsifikatsiya).
Unda berilgan
ma’lumotlar AQSHning XVI-XVIII asrlardagi aholi o'sishiga nisbat
sifatida keltiriladi, bu mamlakat aholisining asosan Yevropa aholisining
emigratsiyasi hisobiga ko’payganligi haqidagi «arzimas» fakt esa hisobga
olinmagan (tabiiy o‘sish bor, emigratsiya bor).
Maltus o‘z fikrini «isbotlash» uchun
«tuproq unumdorliginingpasayib
borishi»
nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga ko‘ra, yeiga sarflangan
qo‘shimcha kapital go'yoki mahsulotni proporsional tarzda ko'paytirishga
imkon bermas emish, binobarin odamlar o‘zlarini oziq-ovqat va boshqa
tovarlaiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlami to‘la hajmda
yetishtira olmaydilar. Shu tariqa mahsulotlaming yetishmasligi tabiatning
tabiiy-biologik qonunlari bilan izohlanadi. Bu «qonun»da jon bor albatta,
masalan bir gektar yer bilan dunyoni boqib bo'lmaydi, lekin ilmiy-
texnika taraqqiyoti tufayli ko'pgina davlatlar yerdan nihoyatda unumli
foydalanib, oziq-ovqat va boshqa muammolami hal etmoqdalar. Demak,
bu «qonun» ham nazariya, ham amaliyot tomonidan inkor qilinadi.
Bunga «ko‘k inqilob»ni misol keltirish mumkin.
«Ko‘k inqilob» 1960-yillaming oxirida paydo bo‘ldi, u qishloq xo'jali-
gida ilmiy-texnika taraqqiyotini qo'llash yo‘Ii
bilan uning mahsul-
dorligini oshirishni anglatadi. Bu jarayon 1950-yillaming o'rtalarida
donning yuqori hosilli gibrid navlari kashf qilinishi bilan bog'liq.
Bir qancha mamlakatlar «ko‘k inqilob»dan foydalanib, ancha katta
yutuqlami qo'lga kiritdilar. Masalan, Hindiston 70-yillaming oxiri va
80-yillarning boshida o'zini o‘zi don bilan ta’minlashga erishdi. Bu
yerda 1976-yilda 120 million tonna don olindi, bu 1950-yilga nisbatan
2.5 marta ko'pdir, 1989-yilda esa 200 million tonnaga yaqin don olindi,
shundan 165 million tonnasi guruch va bug‘doydir.
Filippinda 1965-89-yillarda sholi hosildorligi 1,7
mln tonnadan
9.5 mln tonnaga o‘sgan bo‘lsa, Indoneziyada bu ko'rsatkich gektariga
18,1 sentnerdan 42.3 sentnerga o‘sdi. XXR da yiliga 430-465 mln tonna
don olinishi natijasida bu yerda 1 mlrd. 250 mln. kishilik aholi uchun
oziq-ovqat muammosi hal etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: