U.Stafford,
Italiyada
G.Skaruffi
va boshqalardir. Masalan, florensiyalik (Italiya) bankir
B.Divanzetti
(1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy organizmning qoniga
o'xshatadi, demak, agar chaqa (pul) bo'lmasa (qon kabi), organizm
o'ladi. Kapitalizmning o'sishi, savdoning rivoji tufayli bu siyosat o‘zini
oqlamadi (XVII asrdan boshlab XVIII asrgacha), pul balansi siyosati
savdo balansi siyosati bilan almashdi. Bunda davlatdan pul olib chiqishga
ruxsat berildi.
Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asming
ikkinchi yarmida paydo bo'ldi va XVII asming o‘rtalarida asosan Angliyada
avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi
Tomas Mann
(1571-1641) edi.
Uning fikricha, pul tashqi savdo aylanmasida boshlang‘ich maskantni
tashkil etadi, ya’ni P-T-P. T. Manning fikricha, har bir savdo kapitalisti
o‘z pulini ma’lum foyda olish uchun aylanmaga qo'yadi. Tovar, pul,
foyda va kapital orasidagi aloqadorlikning sababini topishga harakat qilingan.
U Makedoniya podshosi
Filipp Makedonskiymng «Kuch natija bermagan
joyda pulni ishga solish kerak»
degan iborasini yaxshi ko‘rgan.
Savdo balansini oshirish uchun ishlab chiqarish harajatlarini
kamaytirishga e’tibor berildi, bunda birinchi navbatda yollanma
ishchilaming ish haqini cheklash va umuman, xalqning turmush
darajasini pasaytirish kerak, deb topildi. Ish haqini cheklash zarurligi
g‘oyaviy asosda hal etildi. T.Mann yozishicha, «mo‘l-ko‘lchilik va kuch
xalqni qanchalik buzsa, ehtiyojsiz qilib qo‘ysa, qashshoqlik va muhtojlik
uni shunchalik aqlli va mehnatsevar qiladi» emish. Bu albatta, savdo
kapitali xodimlari har qanday yo‘l bilan imkoni boricha ko'proq boyishi
uchun yo‘l ochib berish, demakdir. XV-XVII asrlarda merkantilizm
g‘oyalari (pul to‘plash siyosati, proteksionizm, xo‘jalik faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solish va boshqalar) Yevropaning deyarli barcha
mamlakatlarida, Portugaliyadan to Maskoviyagacha yoyildi. Fransiyada
bu g‘oya XVIII asming ikkinchi yarmida moliya vaziri Kolber tomonidan
rivojlantirildi. Fransiyada sudxo'rlikning rivojlanishi shu siyosat bilan
chambarchas bog'liq, uning ta’siri asrlar davomida saqlanib qoldi va
milliy xususiyat kasb etdi (P-P). Italiya iqtisodchilari ham (ASerra) bu
ta’limotni keng tadqiq etdilar. Agar inglizlarda bu ta’Iimot ko'proq «savdo»
bilan bog'liq bo‘lsa, italiyaliklarda u ko‘proq «pul», «chaqa» shaklida
namoyon bo‘lgan. Germaniyada merkantilizm kameralistika shaklida
bo'lib, XIX asr boshlarigacha rasmiy iqtisodiy doktrina edi.
Ammo merkantilizmning iqtisodiy g‘oyalari va uning nazariy asosi
Angliyada ishlab chiqildi. 0 ‘z davri uchun bu ta’Iimot ancha ijobiy
voqea bo'ldi.
Nima uchun «boylik», ya’ni iste’mol qilinayotgan va jamlanayotgan
boyliklar (ya'ni iste’mol qiymatlari) bir mamlakatda boshqasinikidan
tezroq o‘sadi?
Korxona, ayniqsa, davlat miqyosida boylik tezroq ko‘payishi uchun
nima qilish mumkin va zarur? degan savol tug‘iladi. Merkantilistlar
shu savolga javob berishga urindilar.
Davr taqozosi tufayli sanoat hali feodalistik, aniqrog‘i kapitalizmgacha
bo‘lgan shaklda edi va sanoat kapitali hali yetakchi emas edi, asosiy
kapital savdoda to‘plandi. Shu davrda Ost-Indiya, Afrika va boshqa
koloniyalarning asosiy maqsadlari savdo bilan bog‘liq edi. «Milliy
boylikka» asosan va ko‘proq savdo kapitali sifatida qaralgan va asosiy
iqtisodiy kategoriya - almashuv qiymatiga katta e’tibor berilgan.
Arastu, Ibn Xaldun va boshqa olimlarga tegishli bo‘lgan ekvivalent
(teng) almashuv tamoyili merkantilistlarga yot edi. Aksincha, ulaming
fikricha, almashuv tabiatan tengsiz noekvivalentdir. Bu g‘oyaning kelib
chiqishi tarixan bo‘lib, ular almashuv deganda birinchi navbatda tashqi
savdo almashuvini tushunishgan, ayniqsa rivojda ortda qolgan xalqlar va
mustamlakalardagi almashuv oldindan teng bo‘lmagan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, boshqa yo'nalish (Arastu), o‘rta
asrdagi tadqiqotchilardan farqli ravishda merkantilistlar qiymatning
mehnat nazariyasini rivojlantirmadilar. Ulaming fikricha, kapitalning
o‘sishi va jamg‘arilishi almashuv tufayli, ayniqsa, tashqi savdo tufayli
ro‘y beradi, lekin ular ko‘p masalalami to‘g‘ri hal etishga intilganlar.
Merkantilizm bu davrda xalq manfaatlaridan yiroq siyosatni olib
borayotganligi ochiqdan-ochiq ma’lum bo‘lib qoldi.
Ba’zi bir ingliz mualliflari, masalan J.Chayld, U.Teml boshqacha
yo‘l, ya’ni ssuda kapitali miqdori (foiz)ni kamaytirishni taklif etgan.
Merkantilistlaming g‘oyalari buijua siyosiy iqtisodining awalgi davr
qarashlarini aks ettiradi, chunki ular asosiy e’tibomi muomala sohasiga
qaratgan edilar (boylik asosan ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi,
buni keyinroq ko‘ramiz). Merkantilizm turli davlatlarda asosiy sohalarda
bir xil namoyon bo‘lsa ham, o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ham ega.
Kapitalistik ishlab chiqarishga imkoni boricha ko‘proq aholini jalb
etish muhim deb hisoblangan, chunki real ish haqi past bo‘lgan
sharoitda foyda kelishi oshadi va kapital jamg‘arilishi tezlashadi.
Merkantilizm ta’Iimot sifatida ham, iqtisodiy siyosatdagi yo‘nalish
sifatida ham turlicha edi: eskirayotgan feodal munosabatlaiga qarama-
qarshi va yangi buijuaziyani qo‘llash orqali o‘z davri uchun progressiv
bo‘lgan ilk kapitalizrnning shakllanishiga yaxshi imkoniyat yaratdi. Ammo
Fransiyada Ludovik XIV («Davlat bu men» degan) va Kolber tomonidan
manufakturalami ko‘paytirish usuli milliy sanoatni rivojlantirish uchun
emas, absolutizmni mustahkamlash, qirol xonadonining sarf-xarajatlarini
qoplashga qaratildi. Germaniyadagi kameralistlar ham mavjud hokimiyatni
qo‘llash, aholini esa ularga so'zsiz bo‘ysundirishga harakat qildilar.
Merkantilizm bilan birga
Do'stlaringiz bilan baham: |