‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 8,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/485
Sana14.08.2021
Hajmi8,17 Mb.
#147406
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   485
Bog'liq
gimnastika

VII ВОВ. AMALIY MASHQLAR

7.1. Ixtisoslashgan -  amaliy gimnastika

Ixtisoslashgan  amaliy  gimnastika  -   shug‘ullanuvchilaming 

umumiy  jismoniy  rivojlanishga  va  ulaming  o ‘z  ixtisoslariga 

xos  mehnat  harakatlami  tezroq  o ‘zlashtirishga  mo‘ljallangan. 

Ixtisoslashgan amaliy gimnastika jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy 

qismi hisoblanadi.

Ixtisoslashgan  amaliy  tayyorgarlik  asosan  turli  kasbdagi 

ishchilami  tayyorlaydigan  ixtisoslashgan  texnika  bilim  yurtlarida, 

shuningdek oliy o ‘quv yurtlari hamda texnikumlarda o ‘tkaziladi. Bu 

tayyorgarlik uch qismdan iborat:  umumiy, ixtisoslashgan amaliy va 

maxsus jismoniy tayyorgarlik.

Umumiy  jismoniy 

tayyorgarlik 

shug‘ullanuvchilami 

har 

tomonlama, 



garmonik 

rivojlantirish 

va 

sog‘lomlashtirishga 



qaratilgan. Bu tayyorgarlik turli sport turlari mashg‘ulotlami: yengil 

atletika,  chang‘i,  suzish  sporti  va  hokazolami  o ‘z  ichiga  oladi.  Bu 

tayyorgarlikda  ayniqsa  quydagi  gimnastika  mashqlari  katta  o‘rin 

tutadi.


Buyumsiz va buyum bilan umumrivojlantiruvchi mashqlar.

Ommaviy  tusdagi  snaryadlar  (gimnastika  devori,  o‘rindig‘i, 

arqon, xoda va boshqalar)dagi mashqlar.

Oddiy akrobatika mashqlari.

Oddiy va tayanib sakrashlar.

Ixtisoslashgan  amaliy  gimnastika  mashqlari  bo‘lajak  kasbni 

tezroq egallab olishga mo‘ljallangan. Hamma uchun yagona bo‘lgan 

umumjismoniy tayyorgarlikdan farqli o‘laroq ixtisoslashgan amaliy 

tayyorgarlik  bo‘lajak  ishlab  chiqarish  faoliyatini  hisobga  olgan 

holda o‘tkaziladi. Uning dasturiga ixtisoslashgan amaliy gimnastika 

kiradi,  uning  hajmi  va  xarakteri  o‘quvchilaming  ixtisosi  va 

shug‘ullanuvchilar mehnatining sharoiti va xususiyatiga bog‘liqdir.



94


Ixtisoslashgan  amaliy  gimnastika  shug‘ullanuvchilaming  ishlab 

chiqarish  faoliyatida  asosiy  ishni  bajaradigan  muskul  guruhlarini 

rivojlantirishga,  shuningdek  boiajak  kasbga  zarur  boigan 

harakatlarni  o ‘stirishga  moijallangan.  Bundan  tashqari,  mehnat 

jarayoniga o ‘xshash b oigan mashqlar yordamida aniq kasb sohasida 

muvaffaqiyatliroq  ishlash  uchun  zarur  boigan  jismoniy  sifat  va 

harakat malakalari rivojlanadi.

Ixtisoslashgan  amaliy  gimnastikaga  qo‘yilgan  vazifalarga 

muvofiq ravishda hamma mashqlar: umumrivojlantiruvchi va erkin, 

snaryadlardagi,  saf  va  amaliy,  akrobatika  va  badiiy  gimnastika 

mashqlari qoilanilishi mumkin.

Keyingi  vaqtlarda  duradgor,  bo‘yoqchi  va  suvoqchilaming 

ixtisoslashgan  amaliy  jismoniy  tayyorgarlik  mashqlari  ishlab 

chiqarilib,  sinovdan o‘tkazilgan edi. Ulaming jismoniy tayyorgarlik 

dasturining ko‘p qismini ham amaliy gimnastika egallaydi.

Montajchilar  va  GTSOLIFK  gimnastika  kafedrasi  montajchi 

xavozada ishlovchilar uchun ixtisoslashgan  amaliy  gimnastikaning 

ilmiy  asoslangan  dasturini  ishlab  chiqishni  iltimos  qilib  muroja- 

at  qiladi.  Mazkur  dastur  tuzilayotganda  esa  xavozada  ishlovchi 

montajchilaming  yuksakda  tor  maydonda,  ko‘pincha  og‘ir 

asboblami ko‘tarib (payvand qilish apparatlari, katta gayka kalitlari 

va  boshqalar  bilan)  ishlashlari,  ulaming  tor  joylardan  yurishlari, 

ish joyida  tik  temir  narvondan  chiqishlari  va  narvondan  narvonga 

o‘tishlari  shuningdek,  chiqqanda biron  narsa yordamisiz  faqat  qo‘1 

bilan ushlab chiqishlari va hokazolar hisobga olingan.

Tadqiqotlar  tajribali,  xavozakorlaming  jismoniy  tayyorgarligi

II 

sport 


raziryadiga 

ega 


b o ig an  

gimnastikachilaming 

jismoniy  tayyorgarligiga  teng  kelishini  ko‘rsatadi.  Demak, 

ixtisoslashgan  amaliy 

gimnastika 

dasturi  shunday  tuzilishi 

kerakki,  mashg‘ulotlaming  oxiriga  kelib  shug‘ullanuvchilaming 

jismoniy  tayyorgarlik  darajasi  malakali  ishchilaming  jismoniy 

tayyorgarlik  darajasiga  yaqinlashsin.  Bu  masalani  hal  qilish 

uchun  umumrivojlantiruvchi  mashqlar,  tumik  va  qo‘shpoyalarda 

bajariladigan  mashqlar,  narvon  va  arqonlarga  tirmashib  chiqish 

mashqlari, tayanib sakrashlar maxsus tanlab olingan edi.

95




Download 8,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish