ilib olishda buyumning og‘irligi ham aniqlab olinishi zarur, chunki
bu bilan qanchalik zo‘r berish lozimligi belgilanadi.
Pol yoki devordan qaytib sakraydigan tennis yoki futbol to‘plarini
ilib olishda shug‘ullanuvchilar yana uning tarangligini ham aniqlab
olishi kerak, chunki uning uchish balandligi shunga bog‘liq bo‘ladi.
Bu guruhdagi mashqlar maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida
keng qo‘llaniladi. Uloqtirish va ilib olish uchun buyum sifatida
katta va kichik to‘plar, to‘ldirma to‘plar, tayoqcha va boshqalardan
foydalaniladi.
Uloqtirish va ilib olishning asosiy mashqlari: uzoqlikka
uloqtirish, nishonga uloqtirish yuqoriga otish va ilib olish, oshirib
uloqtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |