To‘rtinchi shart
- tegishli sharoit va o ‘quv vositalarining mavjud
bo‘lishi. Bunga mashg‘ulot joyi (sinf xonasi, zal, maydoncha), asosiy
va yordamchi snaryadlar, uslubiy o‘quv vositalari (jadvallar, rasmlar,
kinogrammalar, odam gavdasining modellari, ta’lim texniksini va
uslubiyati yuzasidan tuzilgan uslubiy rejalar va hokazo), texnikaviy
ta’minlash vositalari kino va fotoapparatlar, o‘lchov qurilmalari va
goniometr, dinamometr va hokazo tipdagi asboblar, magnitafonlar,
videomagnitafonlar, diktofonlar va hokazolar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |