Turgan holda qo‘llar yonda arqon oldinda, arqonni yuqori-
ga-orqaga kuch bilan aylantirish. Prujinasimon yarim cho‘qqayish-
dan ikkala oyoqda sakrash, bunda oyoq uchi cho‘zilib gavda to‘g‘ri
butun diqqat oldinda bo‘lishi zarur.
Uslubiy tavsiyalar:
tayyorlov mashqlarini bajarganda sakrash-
dan oldin arqon pastda bo‘lishi zarur. Birinchi sinovlardagina ar-
qon polga tegishi kerak. Keyinchalik arqonni yerga tekkizishga
yo‘l qo‘yilmaydi. Dastlabki davrda sakrashga o‘rgatish ikki oyoqda
davriy sakrash orqali amalga oshiriladi. Ancha murakkabroq mash-
qlarga (orqaga aylantirish, ikkilanma sarkash, oyoqni chalishtirib
sakrash va h.k.) arqonni bir marta aylantirgandagi sakrashlar to‘g ‘ri
bajargandagina o‘tiladi (ya’ni katta amplituda bilan, bilakdan
harakat boshlanganda to‘g‘ri qomat va cho‘zilgan oyoq uchlarida).
Do'stlaringiz bilan baham: