0 ‘rgatish vaqtida mashqlami bajarish dozasi bolaning individual
imkoniyatidan kelib chiqqan holda berilishi kerak va bu bilan oyoq
yuzidagi noxush holatlaming oldi olinadi.
Muvozanat - bu mashq bolaning vestibulyar apparatiga alohida
talablar qo‘yadi. Uni to‘g‘ri ishlatish yaxshi egiluvchanlik va kuchli
oyoqlami talab etadi.
Ikki oyoqdagi muvozanat-oyoq uchida turish. Shuning o‘zi yarim
cho‘qqayib, bu sodda mashqlami turli qadamlardan so‘ng yugirish,
sakrash va boshqa mashqlardan keyin bajarish mumkin.
Oldinga muvozanat - bir oyoqqa to‘liq tayanib, bosh ikkinchi
oyoq 90 - 180 gradus burchakka ko‘tariladi (vertikal shpagat), gav-
da oldinga egilib, polga parallel holda bo‘ladi. Q o ilar turli holatda
boiishi mumkin (204-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: