‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Qarang: Karimov I.A. 0 ‘zbekiston bozor munosabatlariga tishning o‘ziga



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

Qarang: Karimov I.A. 0 ‘zbekiston bozor munosabatlariga tishning o‘ziga
xos yo‘li. — T.: 0 ‘zbekiston. 1993. 70-6.
www.ziyouz.com kutubxonasi


— xilma-xil fuqarolik huquqiy bitimlar tuzishda keng erkinlik va 
imkoniyatlar berilganligi;
— fuqarolaming tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini keng 
tartibga solish;
— fuqarolaming huquq layoqati kengaytirilganligi, ular yollanma 
mehnatdan foydalanish, xususiy mulkka, jumladan, xususiy korxo- 
nalarga ega bo‘lishi, mulk shakllarining tengligi va uning himoyasi 
kafolatlanganligi;
— fiiqarolik-huquqiy munosabat subyekti bo‘lgan yuridik shaxslarga 
tashkilotlarga o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda, xo‘jalik ishlarini 
yuritishda keng imkoniyatlar berilganligini ta’kidlab o‘tish joiz.
0 ‘zbekiston Respublikasining joriy qonunlari ham fuqarolik hu- 
quqining manbai hisoblanadi. Ularga Mulkchilik to‘g‘risidagi, Ijara 
to ‘g‘risidagi, Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to ‘g‘risidagi, 
Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari to ‘g‘risidagi, Jamoat fondlari, 
Xo‘jalik shirkatlari, Garov to‘g‘risidagi, Lizing to ‘g‘risidagi va boshqa 
qator qonunlar kiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasida « 0 ‘z- 
bekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, 
qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi», deb ko‘rsatilgan. 
Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul 
qilingan va fuqarolik huquqiy xarakteriga ega bo‘lgan qonun hujjatlari 
fUqarolik huquqining manbaini tashkil etadi. Yuqoridagi qonunlar 
bunga misol bo‘la oladi. Bugungi kunda yuzlab qonunlar fuqarolik- 
huquqiy xarakterdagi qonunlardir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasida « 0 ‘z- 
bekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga 
asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun 
hududida majburiy kuchga ega bo lgan farmonlar, qarorlar va far- 
moyishlar chiqaradi», deb belgilangan. Prezident tomonidan chiqari- 
ladigan mazkur farmonlar qonun osti hujjatlari deb yuritiladi. Prezident 
farmonlari turmushda, hayotda, xalq xo‘jaligida, iqtisodiyotda, ishlab 
chiqarishda kechiktirib blmaydigan munosabatlami tartibga solish 
va mustahkamlash ehtiyojidan kelib chiqadi. Ularning aksariyati fuqa- 
rolik-huquqiy munosabatlami tartibga solayotganligi uchun fuqarolik 
huquqining manbai bo‘lib hisoblanadi.
Bunga yaqqol misol qilib, «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqur- 
lashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni 
rivojlantirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi 1994-yil 21 yanvardagi
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farmonini ko‘rsatish mumkin. Amalda ushbu farmon 0 ‘zbekistonda 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichini 
boshlab berdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida «Vazirlar 
Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi 
hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 
qarorlar va farmoyishlar chiqaradi», deb ko‘rsatilgan. Shunga binoan 
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning 
samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qa- 
rorlari va Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini 
ta’minlash yuzasidan qaror va farmoyishlar chiqaradi. Bunga misol 
qilib, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4 sentabrdagi 383-sonli qarori 
bilan tasdiqlangan «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar bilan 
tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, 
ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek, ularning bajarilishi 
monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomni, «Xususiy tadbir- 
korlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish bo‘yicha kechiktirib 
bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlami keltirish mumkin.
Respublika vazirliklari, Davlat qo‘mitalari, idoralari o ‘z Nizomlari 
asosida chiqargan tegishli normativ hujjatlari ham fuqarolik huquqi 
manbalari hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolik huquqi sohasida Moliya, 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Qishloq va suv 
xo‘jaligi vazirliklari, Davlat mulk qo‘mitasi, « 0 ‘zbekengilsanoat» 
uyushmalari birmuncha ko‘proq me’yoriy hujjatlar chiqaradilar. Ular 
tom onidan chiqarilgan m e’voriy hujjatlar m azkur soha uchun 
umummajburiy tusda bo‘ladi.
Viloyat, tuman va shahar hokimliklari o ‘ziga berilgan vakolatlar 
doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashki- 
lotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar 
tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan fuqarolik-huquqiy xarakterga ega 
bo‘lgan qarorlar qabul qiladilar. Bunday qarorlar ham fuqarolik hu- 
quqining manbalari hisoblanadi.
Fuqarolik qonun hujjatlarida tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, 
bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va a n ’analar 
qo‘llaniladi (FKning 6-moddasi).
Tadbirkorlik faoliyatining biror-bir sohasida vujudga kelgan va 
keng qo‘llaniladigan xulq-atvor qoidasi biror-bir hujjatda yozilgan- 
yozilmaganidan qat’i nazar, ish muomalasi odati hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fuqarolik qonun hujjatlarida tegishli normalar boMmagan taqdirda 
bu qonun huyatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga nisbatan 
mahalliy odat va an’analar qo‘llaniladi. Biroq qo‘llaniladigan ish odatlari, 
mahalliy odatlar va an’analar qonun hujjatlari normalariga, shartnoma 
shartlari mazmuniga zid boMmasligi kerak (FKning 6-moddasi).
Fuqarolik qonun hujjatlarini to‘g‘ri sharhlash va tadbiq etish uchun 
sud tajribasi muhim ahamiyatga ega bo‘lsa ham, ammo u huquq 
manbai bo‘lib hisoblanmaydi. Fuqarolik ishi bo‘yicha sud tomonidan 
chiqarilgan qaror faqat mazkur ish uchungina majburiydir. 0 ‘zbekiston 
Respublikasining amaldagi «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunining 17-mod- 
dasida «Oliy sud Plenumi sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini 
ko‘rib chiqadi va qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tushun- 
tirishlar beradi», deb belgilangan. Bunga binoan Oliy sud Plenumi 
sud ishlarini ko‘rishda qonunlarni qoMlash masalalari yuzasidan sud- 
larga rahbariy tushuntirishlari fuqarolik huquqining manbalari boMmasa 
ham barcha sudlar uchun majburiy hisoblanadi va sudlar tomonidan 
og‘ishmay ijro etilishi shart. Bunga misol sifatida O‘zbekiston Res- 
publikasi Oliysudi Plenumining 1997-yiI 2 maydagi «Xususiylashtirilgan 
turar-joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish 
bilan bogMiq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida»gi qarorini ko‘rsatish 
mumkin (mazkur qarorga 11.09.98 yilda o‘zgartirishlar kiritilgan).
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi «Sudlar to‘g‘risida»gi qo- 
nunining 42-moddasi mazmuniga ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
xo‘jalik sudi xo‘jalik sudlov sohasida sud hokimiyatining eng yuqori 
organi boMib, u tom ondan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va 0 ‘z- 
bekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.
Oliy xo‘jalik sudi Plenum majlisida dasturiy ko‘rsatmalar qabul 
qiladi. Shuni aytish kerakki, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Sudlar 
to ‘g‘risida»gi qonunining H-moddasida « 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga muvofiq, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy 
xo‘jalik sudi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik 
tashabbusi huquqiga ega», deb ko‘rsatilgan.

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish