‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Fuqarolik huquqining predmeti sifatida shaxsiy



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

3-§. Fuqarolik huquqining predmeti sifatida shaxsiy
nomulkiy munosabatlar
Mulkiy munosabatlar bilan bir qatorda ular bilan b o g iiq boigan 
ham da b o giiq boim agan ikki turkum dan iborat shaxsiy nomulkiy 
munosabatlar ham fuqarolik huquqining predmeti hisoblanadi.
Mulk bilan bogiiq boigan shaxsiy nomulkiy munosabatlar jumlasiga 
intellektual ijod natijalari (fan, adabiyot va san’at asarlari, ixtiro, 
sanoat namunalari, EHM uchun dasturlarva h.k.), shuningdek, tovarlar, 
ishlar, xizmatlar hamda ularning egalarini xususiylashtirish (individual- 
lashtirish)ga asos boiadigan vositalar (firma nomini, tovarlar, xizmatlar 
va ishlar belgilari)ni yaratish va asosan, ulardan foydalanish b o ‘yicha 
vujudga keladigan munosabatlar kiradi.
Ijtimoiy munosabatlarning ushbu guruhiga hos boigan asosiy xusu- 
siyati ular obyektlarining nomoddiy tabiatida namoyon b o iad i. Mazkur 
obyektlar o ‘zlarida g‘oyalarni, fikrlarni, qiyofalarni, ram zlam i ifoda
www.ziyouz.com kutubxonasi


etib, moddiy shakllarda gavdalanadi. Shunday boMishiga qaram ay, 
ular o ‘z yaratuvchilaridan ajralmaydilar. Aynan ana shunda nomulkiy 
munosabatlam ing mulkiy munosabatlar bilan o ‘zaro aloqasi yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. Lekin nomulkiy m unosabatlar hech bir holatda 
zlarining asosiy jihatini, ya’ni, nomulkiy tabiati (mohiyati) ni yo‘qot- 
maydi. Zero, mazkur munosabatlar tovar almashuvi jarayonini boshidan 
kechirmasdan ham moddiy shakldagi mulk ko‘rinishiga ega b o ‘lmagan 
holda mavjuddir. Chunki fan, adabiyot va san’at asariga yoki ixtiroga 
mualliflik uning tovar sifatida muomalaga kiritilishidan q at’i nazar 
vujudga keladi. Nomulkiy munosabatlar jam iyat ijtimoiy hayotida 
m uhim rol ynaydi va bunda ular nomoddiy obyektlarning yaratuv- 
chilarini yoki namoyandalarini ommaviy tarzda davlat tom onidan 
«mualliflar» yoxud «ushbu obyekt egalari» deb e ’tirof etilishiga va 
ular manfaatlaming har qanday tajovuzdan himoya qilinishiga asosla- 
nadi. Shuning uchun nomulkiy munosabatlar mutlaq harakatga ega 
b o ‘ladi.
Bundan tashqari, ushbu munosabatlaming mulkiy tabiati doimo 
nom oddiy obyektlardan kelib chiqishi sababli, ularning mavjudligiga 
bevosita bogMiq boMadi. Ayni vaqtda, ularning mulkiy tabiatga ega 
boMishi, nomoddiy munosabatlarni fuqarolik huquqiy jihatdan tartibga 
solish imkoniyatini yaratadi.
M azkur munosabatlar alohida huquqiy rasmiylashtirishni talab 
qiladi. Bu nomoddiy boyliklar yaratuvchilari (egalar)ning ashyoviy 
huquqqa yaqin boMgan huquq egasi, deb tan olish bilan amalga 
oshiriladi. Ushbu huquqlar mualliflik va patent huquqi, shuningdek, 
sanoat mulki instituti huquqi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqi predmeti jumlasiga insonning o ‘zidan ajratib 
boMmaydigan huquq va erkinliklari hamda boshqa nom oddiy boylik- 
Iarni himoya qilish ham kiradi. Bularga insonning hayoti va sog‘lig‘i, 
uning obro‘-e’tibori, qadr-qim m ati, sha’ni, shaxsiy va oilaviy siri, 
nomga boMgan huquq, shaxsiy hayoti daxlsizligi va hokazolarni misol 
qilib keltirish mumkin. T a’kidlash lozimki, tilga olingan bu nom oddiy 
boyliklar faqat shaxsiy, nomulkiy m azm un-m ohiyatdagina mavjud 
boMib, hech qachon tovar muomalasi (almashuvi) obyekti sifatida 
harakat qila olmaydilar. Zero, ular har bir inson, shaxs bilan cham bar- 
chas bogMiq, undan ajralmaydi, boshqa shaxslarga berilmaydi.
Fuqarolik huquqi nomoddiy boyliklarning egalari tegishli boMgan 
huquqlari va manfaatlarini sud orqali himoya qilish, buzilgan huquq- 
larini tiklash, yetkazilgan m a’naviy zarami mulkiy qoplash kabi vositalar
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan muhofaza qiladi. Biroq, himoyaning fuqarolik-huquqiy vositalari 
yordam ida bunday m unosabatlar (yoxud nomoddiy boyliklar)ning 
muhofazalanishi ham ularning tamomila fuqarolik huquqi bilan tartibga 
solinishidan dalolat bermaydi.
Shu m a’noda, ba’zi huquqshunos olimlarning fikrlariga murojaat 
qiladigan b o ‘lsak, bunga ishonch hosil qilishimiz mum kin. Masalan, 
taniqli huquqshunos, sivilist olim O.S. Ioffening ta’kidlashicha, mulkiy 
munosabatlar bilan bog‘liq boMmagan nomulkiy munosabatlar fuqarolik 
huquqi bilan faqat muhofaza qilinadi va himoyalanadi, lekin tartibga 
solinmaydi. 0 ‘z navbatida, ushbu fikr tanqid ostiga olingan bo‘lib, 
unga xususan himoya (muhofaza) huquqini tartibga solishning shaklla- 
ridan biri hisoblanishi, shuningdek, bunday ajralmas huquq egasi uni 
tasarruf qilish im koniyatlaridan ham foydalana olishi rnumkinligi 
ko‘rsatib o ‘tilgan. Bunga ko‘ra, nomoddiy obyektlarni himoyalash 
huquqi fuqarolik huquqlari jumlasiga kiruvchi, fuqarolik huquqi tartibga 
solish mexanizmining bir elementi hisoblanadi.
Ushbu talqinga asoslangan holda amaldagi fuqarolik qonunchiligi 
nomoddiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lma- 
gan shaxsiy munosabatlar fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinishini belgilab beradi. Binobarin, nomoddiy munosabatlar to ‘g‘ri- 
d a n -to ‘g‘ri fuqarolik huquqining predmeti sifatida e ’tirof etiladi.

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish