‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


PREDMETI l-§ . Fuqarolik huquqining predmeti tushunchasi



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

PREDMETI
l-§ . Fuqarolik huquqining predmeti tushunchasi
Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar 
fuqarolik huquqi fanining predmetini tashkil etadi.
Birinchidan, 
bu munosabatlar mulkiy munosabatlar b o ‘lib, ular 
mol-mulk, moddiy boyliklar bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
Ikkinchidan, 
bu munosabatlar mulk bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy 
m unosabatlar hisoblanib, ayrim hollarda ular mulkiy m unosabatlar 
bilan bogMiq boMmaydi. Ana shu ikkita guruh munosabatlari fuqarolik 
huquqining predmeti hisoblanadi. H ar ikkala guruh m unosabatlarini 
ushbu m unosabatlar ishtirokchilarining tengligi, erkinligi, daxlsizligi, 
mulkiy mustaqilligi, ularning xususiy ishlariga biror-bir kishining 
o ‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo ‘yilmasligidan kelib chiqa- 
digan holat birlashtiradi. Boshqacha aytganda, bu m unosabatlar- 
xususiy huquq subyektlari o ‘rtasida vujudga keladigan xususiy mu- 
nosabatlardir.
Mulkiy, shuningdek nomulkiy m unosabatlar, agarda ular yuqo- 
rida sanab o ‘tilgan xususiyatlarni o ‘zlarida ifoda etm asa, unda fu- 
qarolik huquqining predmetiga kirmaydi va tabiiyki, uning normalari 
bilan tartibga solinm aydi. Bir tarafning ikkinchi tarafga m a’muriy 
yoki boshqacha usulda b o ‘ysunishiga asoslangan, shu jum ladan, 
soliq, moliyaviy munosabatlarga nisbatan fuqarolik huquqi normalari 
q o ‘llanilm aydi. A ynan shu sababdan d avlat organlari o ‘rtasida 
davlat va boshqa omm aviy mulkni boshqarish vujudga keladigan 
m unosabatlar ham fuqarolik norm alari ta ’siri doirasidan tashqarida 
b o ‘ladi.
Fuqarolik huquqi predmeti tarkibiga kiruvchi mulkiy munosabatlar
o ‘z navbatida, mol-mulkning m a’lum shaxslarga tegishliligi bilan bog‘liq 
bo‘lgan munosabatlar ham da mol-mulkni boshqarish yoxud uni bir 
shaxsdan boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq b o ‘lgan munosabatlarga 
bo‘linadi. Yuridik jihatdan ushbu tasnif (boMinish) ashyoviy, tashkiliy 
va majburiyat huquqlari (munosabatlari) degan darajalar yordamida 
tavsiflanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fuqarolik huquqining predm eti hisoblangan shaxsiy nom ulkiy 
m unosabatlar, o ‘z navbatida, mulkiy m unosabatlar bilan bog‘liq 
bo‘lmagan munosabatlarga bo‘linadi.
Fuqarolik huquqining predm etini tashkil etuvchi ushbu m uno- 
sabatlar doirasi 0 ‘zbekiston R espublikasi F u q aro lik kodeksining 
2-moddasi 1-qismida belgilangan. Bunga muvofiq, Fuqarolik qonun 
hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning intellektual faoliyat 
natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi asoslarini ham da 
ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnom a majburiyatlari 
va o ‘zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy ham da u bilan 
bogiiq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solinishi nazarda 
tutilgan. Demak, fuqarolik huquqi tartibga soladigan ijtimoiy munosa- 
batlar doirasi o ‘zining keng qamrovliligi bilan ajralib turadi.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, fuqarolik huquqi predmeti 
tarkibini tashkil qiluvchi munosabatlar doirasi ancha kengaytirildi. 
Fuqarolik kodeksining 2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan fuqarolik 
muomalasi ishtirokcliilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa 
ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va ularni amalga oshirish tartibi 
bevosita tashkiliy m asalalarni hal qilish bilan bog‘liq. Q onunlar, 
qonunosti hujjatlarida belgilangan va o ‘zlarining N izom ham da 
ta ’sis hujjatlarida nazarda tutilgan, huquqiy maqomlariga muvofiq, 
fuqarolik muomalasida ishtirok etuvchilar, o ‘zlariga tegishli mulk 
huquqi va ashyoviy huquqlardan foydalanib, mulkiy munosabatlarni 
o ‘matish maqsadida turli tashkiliy masalalarni hal qilishga harakat 
qiladilar, ya’ni tashkiliy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etadilar.

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish