‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Годэмэ E. Обшая теория обязательства// Учен. турдьг ВИЮН. Вьш



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

1 Годэмэ E. Обшая теория обязательства// Учен. турдьг ВИЮН. Вьш.
13. - М.: 1948. - С. 281.
; Новицкий И.Б., Лунц JI.A.. Обшее учение об обязательствах. — М.:
Госюриздат. 1950. — С.26.

Amaldagi qonunlarni qo‘llash bo‘yicha nizolarni hal qilish amaliyoti umum-
lashmasi..


shartnoma-bitimdan kelib chiqadigan majburiyat bo‘lib, bu holatda 
shartnoma mazmunida taraflaming majburiyatlari o‘z ifodasini topmaydi.
FKning 361-moddasi 4-qismiga ko‘ra, dastlabki shartnomada 
taraflar qancha muddatda asosiy shartnomani tuzish majburiyatini 
olishi ko‘rsatiladi.
Fikrimizcha, mazkur norma mazmuni ancha g ‘aliz chiqqan. 
Binobarin, «qancha muddatda» iborasi aniq vaqtni ifodalamaydi va 
keyinchalik asosiy shartnomani tuzish paytini aniqlash bo ‘yicha turli 
kelishmovchiliklami vujudga keltirishi mumkin. Shu bilan birga stilistik 
jihatdan gap tuzilishi mazkur normada bir oz tushunarsiz ifodalan- 
ganligini ham e’tirof etish o ‘rinli. Chunki, FKning 361-moddasi 1- 
qismida dastlabki shartnomaga berilgan ta’rifda taraflaming asosiy shart- 
noma tuzish majbriyatini o ‘z zimmalariga olishlari ko‘zda tutilgan 
bo‘lib, ushbu majburiyatni ijro etilishi shartnomaning amal qilish mud- 
datiga teng hisoblanadi. Ya’ni, asosiy shartnomaning tuzilishi dastlabki 
shartnomaning bekor bo‘lishiga olib keladi. Shu munosabat bilan 
FKning 361-moddasi 4-qismidagi «asosiy shartnomani tuzish majbu- 
riyatini olishi ko‘rsatiladi» iborasi ushbu mazkur modda birinchi qismi 
birinchi jumlasining oxiridagi «shartnoma tuzish (asosiy shartnoma) 
majburiyatini oladilar» iborasining asossiz takrorlanishiga o‘xshaydi 
va o ‘zbek tilida gap tuzilishi qoidalarining buzilganligini ko‘rsatadi.
Fikrimizcha, ushbu norma quyidagi mazmunda belgilanishi maq- 
sadga muvofiqdir: «Dastlabki shartnomada taraflar asosiy shartnomani 
tuzish muddatini belgilab olishlari mumkin». Normaning bunday 
ifodalanishi dastlabki shartnoma muddatini aniqlash dispozitiv tusga 
egaligidan kelib chiqadi. Amaldagi normada esa, muddatni belgilash 
qat’iylik tusiga egaligini ko‘rsatganday, binobarin «ko‘rsatiladi» fe’li 
buyruq maylida bo‘lib, muddatni ko‘rsatmaslik (to‘g‘rirog‘i belgila- 
maslik) qonundan chetga chiqish sifatida baholanishini anglatadi. Bun- 
dan tashqari FKning 361-moddasi 4-qismining ikkinchi jumlasida 
mazkur muddat dispozitiv tusga egaligi e’tirof etiladi va u quyidagicha 
mazmunda belgilangan: agar dastlabki shartnomada bunday muddat 
belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy shartnoma dastlabki shartnoma 
tuzilgan paytdan boshlab bir yil ichida tuzilishi shart.
Fikrimizcha, dastlabki shartnoma muddatini bir yil qilib belgilash 
FKdagi an ’anaviy tusga ega bo‘lgan holatdan kelib chiqadi. Binobarin, 
ishonchnomada ham muddat ko‘rsatilmagan boMsa u berilgan kundan 
boshlab biryil amal qilishi belgilangan (FKning 139-moddasi), prokat 
shartnomasining muddati ham bir yil boMishi ko‘rsatilgan (FKning


559-moddasi). Albatta bu o‘rinda taraflar o ‘zaro kelishib dastlabki 
shartnomada uning amal qilishi bir yildan ko‘p bo‘lishi mumkinligini 
ham belgilashlari mumkin. Masalan, uy-joy qurilishini boshlagan 
yuridik shaxs fuqaro bilan dastlabki shartnoma tuzib, ikki yildan keyin 
uy-joy qurilishi yakunlanishi va shundan so‘ng uy-joyni oldi-sotdi 
shartnomasi tuzilishi mumkinligini belgilab qo‘yishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, dastlabki shartnomada taraflar asosiy 
shartnomaning narsasi va boshqa muhim shartlami belgilab olishlari lozim. 
Shu o‘rinda tovar, ish yoki xizmatning bahosini belgilamaslik qanday 
oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga ham to‘xtab o‘tish lozim. FKning
356-moddasi 4-qismiga ko‘ra, haq to‘lashni nazarda tutadigan shartnomada 
baho nazarda tutilmagan va shartnoma shartlari bo‘yicha belgilanishi 
mumkin bo‘lmagan hollarda shartnomani bajarganlik uchun o‘xshash 
vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan 
baho bo‘yicha haq to ‘lanishi kerak. Ko‘rinib turibdiki, dastlabki 
shartnomada tovar, ish yoki xizmatning bahosi belgilanmagan bo‘lsa ham, 
u tuzilgan deb hisoblanadi va baho yuqoridagi qoida asosida aniqlanadi.
Dastlabki shartnomani tuzgan taraf uchun asosiy shartnomani tuzish 
majburiy hisoblanadi va uni tuzishdan bosh tortgan taqdirda, ikkinchi 
taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan sudga murojaat 
qilishga haqli. Shartnoma tuzishdan asossiz bo‘yin tovlayotgan taraf 
shu tufayli yetkazilgan zararlarni boshqa tarafga to ‘lashi kerak.
Agar taraflar asosiy shartnomani tuzishlari lozim bo‘lgan muddat- 
ning oxirigacha u tuzilmasa yoki taraflarning birontasi ham ikkinchi 
tarafga ana shunday shartnom a tuzish haqida taklif yubormasa, 
dastlabki shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bekor bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, dastlabki shartnomalarni 
har tomonlama o‘rganish va ilmiy tahlil qilish fuqarolik qonunchiligini 
va shartnoma institutini yanada takomillashishiga olib keladi.
l l - § . Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan 
shartnomalar
Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida 
bo‘yicha shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shart- 
noma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo b o ‘ladi. Ayrim 
hollarda shartnoma uchinchi shaxs foydasiga qaratib ham tuzilishi 
mumkin. Uchinchi shaxs foydasiga qaratib tuzilgan shartnomaga misol 
qilib, sug‘urta shartnomasini ko‘rsatish mumkin. Uchinchi shaxs


shartnomada alohida taraf bo‘lib hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362- 
moddasida ko‘rsati!ganidek: «Taraflar qarzdor ijroni kreditorga emas, 
balki shartnom ada ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan, qarzdordan 
majburiyatni o‘z foydasiga bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan 
uchinchi shaxs foydasiga bajarishga majbur», deb belgilab qo‘yilgan 
shartnoma — uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnoma deyiladi. 
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda 
tutilgan bo‘lmasa, uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o ‘z huquqlardan 
foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab, taraflar 
o‘zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari 
yoki o‘zgartirishlari mumkin emas.
Qarzdor kreditorga qarshi qo‘yishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarni 
shartnomada uchinchi shaxsning talablariga qarshi qo‘yishga haqli.
Uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘ziga berilgan huquqlardan 
foydalanishdan voz kechgan taqdirda, basharti qonun hujjatlari va 
shartnomaga zid bo‘lmasa, kreditor bu huquqdan foydalanishi mumkin.
Shartnoma tuzgan shaxs shartnomadan kelib chiqqan majburiyat- 
ning uchinchi shaxsga nisbatan bajarilishini shart qilgan bo‘lsa, bu 
haqda shartnomada boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, majburiyat- 
ning bajarilishini shartnoma tuzgan shaxs ham, foydasiga majburiyat- 
ning bajarilishi ko‘rsatilgan uchinchi shaxs ham talab qilishi mumkin. 
Agar uchinchi shaxs o ‘ziga shartnoma bo‘yicha berilgan huquqdan 
voz kechsa, shartnoma tuzgan shaxs, agar shartnomaning mazmuniga 
xilof kelmasa, bu huquqdan o‘zi foydalanishi mumkin. Misol tariqasida, 
pul talabnomasini boshqa shaxs talabnomasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasi pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga 
voz kechish evaziga moliyalash shartnomasining mohiyati shundaki, 
u bo‘yicha mijoz moliya agentidan mijozning mahsulot berish, ish 
bajarish yoki xizmat ko‘rsatishdan kelib chiqadigan talab huquqlarini 
xaridorga taqdim etish evaziga pul mablag‘larini berishdan iborat. 
Masalan, tovar yetkazib beruvchi pul talabnomasiga ega bo‘la turib, 
pul mablag‘lari yo‘qligi yoki yetishmasligi uchun qiyin ahvolga tushib 
qoladi. Pul mablag‘lari muayyan mulkiy qiymatga ega bo ‘lib, bozor 
qiymatiga, so‘mning xarid qobiliyatiga ham ega.
Moliya agenti (bank) kreditorga uchinchi shaxsning unga tegishli 
qarzini bu qarzdordan tegishli pul mablag‘larini to‘lash muddati etib 
kelgan vaqtda undirib olish evaziga tlashga tayyordir.
Kreditoming pul talablari moliya agentligining boshqa kreditor 
bilan tadbirkorlik bitimi predmeti bo‘lishi ham mumkin, bunda kreditor


mijoz vazifasini o ‘taydi. Moliya agenti bo‘sh pul mablag‘lariga ega 
bo‘lib, kreditorga to‘lov berib, tegishli moddiy mukofot oladi.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasi kreditor huquqlarining boshqa shaxsga o‘tishi 
to ‘g‘risidagi xo‘jalik shartnomasi bilan ko‘p jihatdan umumiy tomon- 
larga ega. FKning 749-modda, 1-qismida pul talabnomasidan boshqa 
shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasiga quyi- 
dagicha ta’rif berilgan: «Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga 
voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi bo‘yicha bir taraf ikkinchi 
tarafga shu mijozning uchinchi shaxsga (qarzdorga) tovarlar berishdan, 
uning ishlarini bajarishdan yoki unga xizmatlar ko‘rsatishdan kelib 
chiqadigan pul talabnomasi hisobidan pul mablag‘larini beradi yoki 
berish majburiyatini oladi, mijoz esa, moliya agentiga ushbu pul 
talabnomasini beradi yoki berish majburiyatini oladi».
Ushbu ta ’rifdan shunday xulosa chiqarish kerakki, pul talabno- 
masidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shart- 
nomasi ikki taraflama va haq evaziga amalga oshiriladi. U real ham 
(moliya agenti pul o ‘tkazadi yoki mijoz to‘lov muddati yetib kelgan 
pul talabnomasidan voz kechadi), shuningdek, konsensual ham (agent 
pul mablag‘larini o ‘tkazish majburiyatini oladi yoki mijoz to ‘lov 
muddati yetib kelgan talabnom adan voz kechish, y a’ni kelgusi 
qarzlarini olish huquqini o ‘tkazish majburiyatini oladi) bo‘lishi 
mumkin.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasi shakli talabdan boshqa shaxs foydasiga voz 
kechish shakli haqidagi qoidalar bilan (FK 320-modda) belgilanadi. U 
oddiy yozma yoki notarial shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talabdan 
boshqa shaxs foydasiga voz kechish shaklida amalga oshirilishi kerak.
Davlat ro‘yxatidan o ‘tkazishni talab qiladigan bitim bo‘yicha talab- 
dan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu bitimning ro‘yxatga 
olish uchun belgilab qo‘yilgan tartibida ro‘yxatga olinishi kerak. Orderli 
qimmatli qog‘oz bo‘yicha talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish 
ushbu qimmatli qog‘ozga indossament (talab qilish huquqini o ‘tkazish 
yozuvi) yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasi mazmuni tomonlarning huquq va majburiyat- 
laridan iborat.
Moliya agentining asosiy majburiyatlari quyidagilardir:
a) shartnoma bahosi bo‘lgan pul mablag‘larini mijozga berish;


b) shartnomada ko‘zda tutilgan alohida hollarda mijoz operatsiya- 
larining buxgalterlik hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni 
mijozdan qabul qilish;
v) mijozga voz kechish predmeti blgan pul talabnomalari bilan 
bog‘liq boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha moliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatish, tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar kredit berish evaziga 
talabnomadan bir marta voz kechishdan iborat bo‘lib qolmaydigan 
hollarda maqsadga muvofiqdir. Tomonlar shartnomada moliya agen- 
tining boshqa majburiyatlarini ham ko‘zda tutishlari mumkin.
Mijozning asosiy majburiyatlari shartnoma predmeti bo‘lgan pul 
talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechishdan iboratdir. Mijoz 
boshqa shaxs foydasiga voz kechish predmeti bo‘lgan pul talabno- 
masining haqiqiyligi uchun moliya agenti oldida javobgar bo‘ladi 
(FKning 752-moddasi 1-qismi). Berilayotgan talabnomaning haqiqiyligi 
ikkita shartga bog‘liq:
1) mijoz talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish 
paytida pul talabnomasini berish huquqiga ega bo‘lishi kerak;
2) huquqni mijozga berish vaqtida qarzdor bu huquqni bajarmas- 
likka haqli bo‘ladigan vaziyatlar unga ma’lum bo‘lmasligi kerak(FKning 
752-moddasi 2-qismi).
Moliya agenti o‘z foydasiga voz kechish predmeti bo‘lgan talabno- 
mani ijroga taqdim etganda, qarzdor bu talabnomani bajarmaganligi 
yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mijoz javobgar bo‘lmaydi. 
Uning vazifasi huquqiy talabnomani berishdan iborat. Agar shartno- 
mada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, talabnomaning bajarilishi 
uchun mijoz kafolat bermaydi. Ko‘rinib turibdiki, mijozning moliya 
agenti oldidagi javobgarligi talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz 
kechgan kreditorning javobgarligiga o ‘xshash tartibda belgilanadi 
(FKning 321-modda). Mijozdan pul talabnomasini olgan moliya agenti 
uning tezroq qondirilishidan manfaatdordir, u qarzdor muddatni 
cho‘zish va boshqa imtiyozlar berilishiga rozi bo‘lmasligi mumkin.
12-§. Ta’sis shartnomasi
Yuridik shaxs tashkil etish bo‘yicha ta ’sis shartnomalari zining 
kelib chiqishi bo‘yicha muayyan tarixiy ildizlarga ega hisoblanadi. 
Agar musulmon huquqiga nazar tashlasak, musulmon huquqida


birgalikdagi faoliyat o ‘zaro sherikchilik asosida ish qilish, faoliyat 
yuritishning shakli sifatida farqlangan. Hatto musulmon huquqi, Rim 
huquqidan oldin mavjud bo‘lgan odat huquqi — patriarhal huquq 
shakllarida ham birgalikdagi faoliyat tartibga solingan. Masalan, 
musulmon huquqi vujudga kelmasdan oldin payg‘ambarimiz Muham- 
mad sallolohu alayhi vasallam Makka shahrining boy kishilaridan bo‘l- 
gan onamiz Xadicha bilan birgalikda faoliyat yuritish to‘g‘risida kelishib 
oladilar. Unga ko‘ra, onamiz Xadicha sotish uchun tovarlar va karvon 
tayyorlab beradi. Muhammad alayhissalom esa, shu tovarlarni Shom 
mamlakatiga (Suriyaga) olib borib sotishi lozim bo‘lgan. Olingan foyda, 
daromad teng hissalarda taqsimlanishi nazarda tutilgan. Umuman 
olganda, birgalikdagi faoliyat odat huquqida yoki musulmon huquqida 
alohida shartnoma turi sifatida belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa ham, uni 
tartibga soluvchi muayyan normalar mavjud boigan va ular keng 
qoilanilgan. Ta’sis shartnomasining ildizlari Rim huquqida savdo va 
hunarmandchilikni amalga oshirish uchun sheriklar tomonidan birgalik- 
dagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida uzoq muddatga tashkil 
etiladigan, sheriklik uyushmalari tuzishda namoyon bo‘lgan. Tovar 
pul munosabatlari rivojlanishi bilan bunday savdo va hunarmandchilik 
shirkatlari o ‘zining mustaqil mol-mulkiga ega boiishi zarurligi, bu 
mol-mulk ushbu shirkat a’zolarini muomaladagi boshqa mol-mulk- 
lardan farqlanishi ma’lum boiib qoldi. Shuningdek, shirkat ishchi va 
ishtirokchilar tarkibini o ‘zgarishidan qat’i nazar, shirkatni mavjudligi 
va faoliyat yuritishning barqarorligini ta’minlash zarurati ehtiyoji 
vujudga keldi. Shu sababli ham Rim huquqini prinsipial davrida 
shirkatlarning ba’zi turlari (bankirlar, olib-sotarlar va boshqalar) yuridik 
shaxs sifatida tan olina boshlandi1.
X III-X IV asrlarda G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarida paychilik 
shirkati shaklida shartnomaviy tadbirkorlik birlashmalari vujudga 
kela boshladi. Masalan, 1673-yilda qabul qilingan Fransiya Savdo 
Reglamentida to iiq savdo shirkati shaklida shartnomaviy asosda 
yuridik shaxs tashkil etish nazarda tutilgan edi. Uning a ’zolari 
shirkat majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgar b o iish i belgilab 
qo‘yilgan. 0 ‘rta asrlarda dengiz savdosi sohasida komenda tariqasida 
(kommandit shirkatining o ‘ziga xos o ‘tmishdoshi) shirkat tuzish

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish