‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Kreditoming majburiyat bo ‘yicha huquqlari boshqa shaxsga qaysi holda



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

5. Kreditoming majburiyat bo ‘yicha huquqlari boshqa shaxsga qaysi holda
o ‘tmaydi?
A. Kreditor huquqlaridagi universal huquqiy vorislik natijasida.
B. Kreditor huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi sudning 
qaroriga muvofiq.
C. Qarzdoming majburiyati ushbu majburiyat bo‘yicha qarzdor bo‘lmagan 
kafil yoki garovga qo‘yuvchi tomonidan bajarilmasligi oqibatida.
D. Sugkurta holati boshlanishi uchun javobgar bo‘lgan qarzdorga nisbatan 
kreditor huquqlarining sug‘urta qiluvchiga o‘tishi natijasida.


l-§. Majburiyatlarni bajarish tushunchasi
Majburiyatlarni bajarish, deb qarzdor tomonidan kreditor talabiga 
muvofiq muayyan bir harakatning qilinishi yoki harakatdan saqlanish 
tushuniladi. Qarzdorning majburiyatni bajarishi kreditorga ashyoni 
topshirish, ma’lum ishni bajarish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni 
qoplash, asossiz olingan mulkni qaytarish kabilardan iborat.
Davlat, yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan olingan majburiyat- 
larning o‘z vaqtida bajarilishi xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish mulkiy munosabatlarni mustah- 
kamlash, jamiyatning tobora o‘sib borayotgan moddiy va madaniy 
talablarini qondirishda katta rol o‘ynaydi.
Majburiyatlar FKning 236-moddasida aytilganidek, majburiyat 
shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va 
talablar bo‘lmagan taqdirda esa, ish muomalasi odatlariga yoki odatda 
qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. 
Bunda taraflarning har biri o‘z majburiyatlarini ancha tejamU bajarish, 
ikkinchi tomonga uning o ‘z majburiyatlarini bajarishda har tomonlama 
yordam ko‘rsatishi lozim.
Majburiyatlar davlat hujjatlari va shartnomalardan kelib chiqqan 
bo‘lsa, ularda ko‘rsatilgan talab va shartlarga muvofiq bajarilishi kerak. 
Agar davlat hujjatlarida majburiyatni bajarish sharti ko‘rsatilmagan 
bo‘lsa, majburiyatlar o‘zaro kelishib qo‘yiladigan talablarga muvofiq 
lozim darajada bajarilishi zarur. Majburiyatni bajarishda har ikki tomon 
xo‘jalik aloqalarining rivojlanishini ko‘zlab, tejamlilik bilan va o ‘zaro 
hamkorlikda zarur harakatlarni qilishlari talab etiladi.
Majburiyatlarni bajarish bir qator tamoyillarga asoslanadi. Ular 
majburiyatlarni tegishli darajada bajarish, kelishilgan va maqbul usulda 
bajarish, majburiyatni tegishli shaxs uchun bajarish, aniq bajarish, 
tejamlilik va o‘zaro hamkorlikda bajarish kabilardir. Majburiyatlarni 
tegishli darajada bajarish deganda, majburiyatlar qo‘yilgan talablarga 
to‘liq javob beradigan darajada, bekami ko‘st va belgilangan muddatda 
bajarilishi nazarda tutiladi. Huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi


shaxslar o‘z majburiyatlarining lozim darajada bajarilishidan bab- 
baravar manfaatdor boMishlari, bir-birlariga ko‘maklashishlari faraz 
qilinadi. Majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi jamiyat manfaati 
hamda uning tobora o‘sib borayotgan moddiy va madaniy talablarini 
qondirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida majburiyatlami tegishli ravishda 
bajarilishidan nafaqat majburiyat o ‘z foydasiga bajarilayotgan subyekt, 
balki oxir-oqibatda jamiyatning har bir a’zosi manfaatdor bo‘iadi. 
Chunki barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘z majburiya- 
tini lozim darajada bajarmasligi boshqa subyektlar uchun ham, garchi 
ular bevosita bunda kreditor sifatida qatnashmasalar-da, salbiy oqibatlar 
keltirib chiqarishi mumkin.
Majburiyatlami tegishli ravishda bajarish ularni qonun hujjatlariga, 
shartnoma shartlariga, ish muomalasi odatlariga, odatda qo‘yiladigan 
talablarga muvofiq ravishda shartnoma narsasining sifati, miqdori, hajmi 
bo‘yicha o‘z vaqtida bajarilishini anglatadi.
Majburiyatlarni bajarishning yana bir tamoyili bu majburiyatlar 
kelishilgan va taraflar uchun maqbul usulda bajarilishidan iborat. Maj- 
buriyatni bajarish usuli, agar bu usul majburiyatning mohiyatidan ang- 
lashilmasa va qonun bilan belgilab qo‘yilgan boimasa, shartnomada 
ko‘rsatilgan boiishi kerak. Ushbu tamoyil mazmuniga ko‘ra, o‘z nav- 
batida majburiyatlarning real bajarilishi, uni bajarishda tejamli usullar- 
dan foydalanish, majburiyat bajarilishida taraflarning hamkorlik qilish 
haqidagi qoidalarini anglatadi. Bu qoidalarni ham shartli ravishda, 
garchi qonunda bevosita sanab o ‘tilmagan boisa-da, majburiyatlarni 
bajarish tamoyillari sifatida qarash mumkin. Majburiyatlarning aniq 
bajarilishi shartnomada ko‘rsati!gan harakatning aynan o‘zi bajarilishi- 
ning, topshirilishi lozim boigan narsaning (mahsulotning) asl holatida 
topshirilishini bildiradi.
Majburiyatning qarzdor aybi bilan kechiktirilishi yoki lozim darajada 
bajarilmasligi hollarini nazarda tutib belgilangan neustoyka (jarima, 
penya)ning ham majburiyatning lozim darajada bajarilmasligi natijasida 
kelib chiqqan zararning undirilishi majburiyatni asl holida bajarishdan 
qarzdomi ozod qilmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari majburiyatni bajarish- 
da bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama 
o ‘zgartirishga y o i qo‘yilmaydi (FK, 237-modda). Ammo bu qoida 
yuqorida aytilganidek, qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi 
majburiyatlar uchun qoilanilmaydi. Jumladan, topshiriq shartnomasi


bo‘yicha topshiriq beruvchi bergan topshirig‘ini har vaqt bekor qila 
oladi, topshiriq olgan shaxs xohlagan vaqtida topshiriqni bajarishdan 
bosh torta oladi. Temir yo‘l va boshqa turdagi transport vositasida 
ylovchilar tashish munosabatida ham yoMovchi talabi bilan shartnoma 
har qachon bekor qilinishi mumkin.
Majburiyatlarni bajarishda tejamlilik qoidasiga muvofiq taraflar kam 
xarajat bilan ko‘p foyda keltirishga qaratilgan harakatlarni qilishlari 
lozim. Bu qoida kreditor va qarzdorga majburiyatni bajarish jarayonida 
eng qulay hamda eng foydali usuldan foydalanish lozimligini belgilaydi. 
Jumladan, pudrat shartnomasi byicha pudratchi ishni buyurtmachi 
materialidan bajarishda materialni tejamlilik bilan sarflashi va u notri 
ishlatilishi uchun javobgar bo‘lishi belgilangan. Yuk tashish shartno- 
masiga asosan yuk tashuvchi yukni eng qisqa yo‘ldan tashishi ko‘r- 
satilgan.
Majburiyatlarni bajarishda o‘zaro hamkorlik tamoyiliga binoan har 
ikki tomon majburiyatni bajarishda bir-birlariga zarur bo‘lgan yordamni 
ko‘rsatishlari lozim. Jumladan, kreditor majburiyatning bajarilishini 
talab qilish huquqiga ega blishi bilan birga qarzdorning z majburiya- 
tini bajarishda unga yordam berishga, ko‘maklashishga ham majbur. 
Masalan, kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xo‘jalik mahsu- 
lotlarining davlat yli bilan xarid qilinishida tayyorlovchi (mahsulot 
qabul qiluvchi) tashkilotlar qishloq xo‘jalik korxonalariga mahsulotlar 
etishtirishda, mahsulotni tashishni tashkil qilishda yordam ko‘rsatishi 
zarur.
Majburiyatlarni tegishli shaxs uchun bajarish tamoyili FKning 240- 
moddasida o‘z ifodasini topgan. Bunga asosan taraflarning kelishuvida 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lsa va ish muomalasi odatlaridan 
yoki majburiyatni bajarish chog‘ida ijroni kreditorning o‘zi yoki bu 
ish uchun u vakolat bergan shaxs qabul qilayotganligini isbotlashni 
talab qilishga haqli boMadi va bunday talabni qo‘ymaganlik oqibatlari 
xavfi uning zimmasida boMadi.

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish