‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Majburiyatni bajs^sh muddati, joyi va usuli



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

4-§. Majburiyatni bajs^sh muddati, joyi va usuli
Majburiyatni bajarish muddati qonun bilan yoki taraflarning o‘zaro 
kelishuvi bilan yoxud sud qarori bilan belgilanishi mumkin. Majbu- 
riyatni bajarish muddati kalendar sana bilan yoki muayyan vaqtda, ma- 
salan, uch oy ichida bajarilishini krsatish bilan yoxud biron hodisaning 
vujudga kelishi, jumladan, paxta hosilining yigishtirib olinishi vaqti 
bilan krsatilishi mumkin. Muddatlar umumiy va juz’iy, asosiy va 
maxsus, boshlangich va oxirgi muddatlarga boiinishi mumkin.


Umumiy muddat — barcha majburiyatning butunlay bajarilishi 
muddati bo‘lsa, juz’iy muddat — majburiyatning qonun yoki shartno- 
mada nazarda tutilgan qismlarga bo‘linib, qisman bajarilishidir. Bunday 
muddatlar asosiy muddatlar hisoblanadi, chunki bu muddatlar taraf- 
larning asosiy majburiyatlarini bajarishlari uchun belgilanadi,
Maxsus muddatlar biron-bir qo‘shimcha, maxsus harakatlarni 
bajarish, jumladan, qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda 
zarur hujjatlarni topshirish, mahsulotda bo‘lgan kamchiliklar to‘g‘risida 
dalolatnomalar tuzish uchun belgilangan muddatlardir.
Ba’zi majburiyatlarda, masalan, pudrat shartnomasida ishni bosh- 
lash muddati boshlang‘ich muddat va ishni tamomlash muddati oxirgi 
muddat qilib ko‘rsatilishi mumkin. Muddatlarni hisoblashga oid qoi- 
dalar FKning 145—148-moddalarida ko‘rsatilgan. Bajarish muddati 
belgilanmagan majburiyatlar ham uchraydi. Ba’zi hollarda o ‘zaro 
shartnoma tuzishda majburiyatni bajarish muddatini belgilamasliklari 
yoki majburiyatning kreditor yoki qarzdor talab qilgan zahoti bajarilishi 
kerakligini belgilashlari mumkin.
Agar majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan yoki talab qilib 
olish payti bilan belgilanib qo‘yilmagan bo‘lsa, kreditor majburiyatda 
ijroni talab qilishga, qarzdor esa, ijroni har qachon amalga oshirishga 
haqli bo‘ladi. Majburiyatni darhol bajarish vazifasi qonun, shartnoma 
yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor bunday 
majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab etti kunlik muddat 
ichida bajarishi shart (FK, 242-modda). Muddat ko‘rsatilmay belgilan- 
gan majburiyatlarga omonat saqlash majburiyatini ko‘rsatish mumkin. 
Taraflardan birining talabi bo‘yicha omonat shartnomasi har qachon 
bekor qilinishi va ashyoni omonatga qo‘ygan shaxs har qachon uning 
kaytarilishini talab qilishga, omonat saqlovchi esa, darhol qaytarishga 
majbur bo‘ladi. Agar ashyolar talab qilib olinguncha yoki muddat 
ko‘rsatilmay saqlash uchun topshirilgan bo‘lsa, omonat saqlovchi har 
qachon shartnomadan bosh torta oladi, ammo bu holda u omonat 
topshirgan shaxsga mulkni qayta qabul qilish uchun mazkur sharoitlarda 
yetarli muddat berishga majbur. Qonun ba’zi hollarda kreditorga ham 
ijroni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhlat olish mumkin- 
ligini belgilaydi.
Jumladan, agar mulk ijarasi shartnomasi muddati krsatilmay 
tuzilgan boMsa, bu holda u nom a’lum muddatga tuzilgan sanaladi va 
har ikki taraf xohlagan vaqtda shartnomani bekor qila oladilar. Bu 
holda shartnomani bekor qilmoqchi boMgan taraf ikkinchi tarafni bir


оу oldin ko‘chmas mulk ijarasida esa, uch oy ilgari yozma ogohlan- 
tirilishi lozim, deb krsatiladi.
Majburiyatlar muddatidan ilgari ham bajarilishi mumkin. Majbu- 
riyatning bajarilishi vaqti kreditor uchun har xil ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Jumladan, kreditor omonatga qo‘yilgan narsani muddatidan ilgari o ‘ziga 
kaytarilishini istamasligi qarz shartnomasi bo‘yicha esa, berilgan 
qarzning muddatidan awal kaytarilishiga karshi bo‘lmasligi mumkin. 
Agar qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoxud 
majburiyatlarning mohiyatidan yoinki ish muomalasi odatlaridan yoki 
odatda qo‘yiladigan boshqa talablardan anglashilsa, qarzdor majbu- 
riyatni muddatidan ilgari bajarishga haqli, kreditor esa, ijroni mud- 
datidan ilgari qabul qilishi shart (FK, 243-modda).
Fuqarolik huquqida majburiyatni ijro etish joyi ham muhim aha- 
miyatga ega. FKning 246-moddasiga asosan agar majburiyatni bajarish 
joyi qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa 
va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki 
odatda qo‘yiladigan talablardan kelib chiqmasa, ijro quyidagi joylarda 
amalga oshirilishi kerak:
1
. Ko‘chmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo‘yicha mol- 
mulk turgan joyda;
2. Tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni 
topshirish majburiyatlar bo‘yicha tovarni kreditorga yetkazib berish 
uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
3. Qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasi- 
dan o‘zga majburiyatlari bo‘yicha mol-mulkni tayyorlash va saqlash 
joyida, basharti majburiyatning kelib chiqish paytida bu joy kreditorga 
ma’lum bo‘lgan bo‘lsa;
4. Pul majburiyati bo‘yicha-majburiyat vujudga kelgan paytda 
kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo‘lsa, uning 
majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor 
majburiyatni bajarish vaqtigacha o ‘z yashash joyini yoki joylashgan 
yerini o‘zgartirgan bo‘lsa, va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan 
bo‘lsa, ijro bilan bog‘liq hamma xarajatlami kreditor hisobidan qilgan 
holda, uning yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida;
5. Boshqa barcha majburiyatlar bo‘yicha — qarzdorning yashash 
joyida, agar qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa, uning joylashgan yerida.
Majburiyatni ijro etish usuli — bu majburiyat tuzilgan shartno- 
maning shartlari yoki huquq normalari bilan belgilangan tartibda 
ijro etilishidir.


Ba’zi m ajburiyatlar zining mazmuniga ko‘ra birdaniga va 
batamom ijro etiladi. Jumladan, xususiy alomatlari bilan belgilanadigan 
ashyoni, masalan, sotilgan televizorni topshirish majburiyati bir vaqtda 
va batamom ijro etiladi. Boshqa bir xil majburiyatlar, aksincha, qismlar- 
ga boMinib, bir qancha vaqt davomida ijro etilishi mumkin. Umrbod 
ta ’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berishda 
moddiy ta ’minot unga bir necha yillar davomida beriladi, ya’ni 
majburiyat qismlarga bo‘linib, bir kancha vaqt davomida bajariladi. 
Aksariyat majburiyat, masalan, tashkilotlarga sotilgan m ahsulot 
(tovar)larni yetkazib berish va buning uchun haq to ‘lash majburiyatlari 
birdaniga, qismlarga bo‘lib-bo‘Iib ham bajarilishi mumkin.
Ba’zi hollarda majburiyatning qismlarga bo‘linib ijro etilishi kreditor 
uchun noqulay bo‘lishi mumkin. Masalan, qish faslida sotiladigan 
kiyimlarni bir necha chorakka bo‘lib, bahor va yoz fasllarida yetkazib 
berilishi xo‘jalik hisobida ish ko‘ruvchi savdo tashkilotini kanoat- 
lantirmasligi mumkin. Bunday hollarda boshqacha tartib qonun hujjat- 
larida, shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki ish muomalasi 
odatlaridan yoxud majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, kreditor 
majburiyatning qismlarga bo‘lib bajarilishini qabul qilmaslikka haqli 
(FK, 239-moddasi). Bunday ijroni kreditor qabul qilmasa, qarzdor 
majburiyatni lozim darajada bajarmagan yoki butunlay bajarmagan 
hisoblanadi.
Ba’zi hollarda ikki tomonlama majburiyatlarda kimning eng awal 
o ‘z majburiyatini ijro etishi lozimligi m a’lum bo‘ladi. M asalan, 
vositachilik shartnomasi bo‘yicha vositachi aw al o‘z majburiyatini 
bajaradi, narsani sotadi, keyin xizmat haqini oladi; chakana savdo 
magazinida oluvchi tovarning qiymatini aw al to ‘laydi, keyin molni 
oladi va h.k. Agar taraflardan biri o ‘z majburiyatini awal bajarishi 
nomaMum boMganda, agar qonun, shartnom a yoki m ajburiyat 
mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa, shartnoma yuzasidan 
olingan o‘zaro majburiyatlar bir vaqtda bajarilishi lozim boMadi.
Yuqorida keltirilgan qoida dispozitiv xarakterda boMganligi tufayli 
majburiyatning awalo kim tomonidan bajarilishi, masalan, sotilgan 
narsaning topshirilishi yoki pulning toManishi o ‘zaro kelishuv bo‘yicha 
ham belgilanishi mumkin.

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish