‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

• qo‘shib yuborish,
• qo‘shib olish,
• boiish,
• ajratib chiqarish,
• o‘zgartirish 
shakllarida amalga oshirilishi mumkin.
Yuridik shaxs birlashganida ikki yoki bir necha tashkilot o‘zining 
mustaqil ravishda ish olib borishini bekor qiladi va yagona tashkilotga 
birlashadi, ularning huquq va majburiyatlari yangidan vujudga kelgan 
yuridik shaxsga o‘tadi.
Yuridik shaxs bo‘linganda o ‘z faoliyatini bekor qiladi va uning 
negizida ikki yoki bir necha yuridik shaxs paydo bo‘ladi hamda awal- 
gisining huquq va majburiyatlari yangidan vujudga kelgan yuridik 
shaxslarga o‘tadi.
Yuridik shaxsning qo‘shilishida uning huquq va majburiyatlari uni 
qo‘shib olayotgan yuridik shaxsga o ‘tadi hamda qo‘shilgan yuridik 
shaxs o‘zining mustaqil ravishda faoliyat yuritishini to ‘xtatadi. Ajralish 
shaklida esa faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tarkibidan mustaqil 
tashkilot ajralib chiqadi va o ‘z holicha yuridik shaxs huquqini oladi.
Kooperativ jamoat tashkilotlarining birlashishiga, b o ‘linishiga 
a’zolaming umumiy majlislari (yig‘ilishlari) va vakillari majlisi (yig‘i- 
lish)ning qarori asosidagina yo‘l qo‘yiladi.
Yuridik shaxslarning qayta tashkil qilish tartibi 0 ‘zbekiston Respub- 
likasi qonunlari yoki kooperativ va jamoat tashkilotlari ustavlari bilan 
belgilanadi.
Yuridik shaxslar qayta tashkil etilganida universal huquqiy vorislik 
vujudga keladi.
Yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik 
tartibida boshqa shaxsga o ‘tmasdan bekor qilinishiga olib keladi.
Fuqarolik kodeksining 53-moddasida yuridik shaxslarni tugatish
asoslari quyidagicha belgilangan:
1. 
Yuridik shaxs muassislarining yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga 
vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq;


2. Yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi;
3. Yuridik shaxsni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi 
munosabati bilan;
4. Yuridik shaxsni tashkil qilish chog‘ida qonun hujjatlari buzilishiga 
yo‘l qo‘yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmasa, 
sud yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb topganida;
5. Yuridik shaxs faoliyati ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshiril- 
ganda;
6. Qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan faoliyat amalga oshirilgan taq- 
dirda;
7. FKda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq 
tugatiladi;
8. FKning 57-moddasida aytilganidek, yuridik shaxsning bankrot 
deb hisoblanishi uning tugatilishiga olib keladi.
Yuridik shaxs tugatilayotganda, tugatish komissiyasi tayinlanadi. 
Tugatish komissiyasi yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish ha- 
qidagi ma’lumotlar bosib chiqarilgan matbuot organlarida yuridik 
shaxsning tugatilishi hamda uning kreditorlar tomonidan talablami 
bayon etish tartibi va muddati haqida xabar e’lon qiladi (FKning 55- 
moddasi). Bu muddat tugatish haqida xabar e’lon qilingan paytdan 
boshlab ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas.

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish