8 6. D epozit sertifik ati — bankka q o ‘yilgan om o n at sum m asini va
omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda
shartlashilgan foizlami sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan
filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi
noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
87. Obligatsiya — obligatsiya saqlovchining obligatsiyaning nom inal
qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan
obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal
qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy
huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozdir.
88. O ‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari — emissiyaviy
qimmatli qog4ozlar egalari 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga pul
mablag‘lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik
qilishning butun muddati mobaynida qat’iyy belgilangan daromad olish huquqini
beruvchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar.
89. Qimmatli qog‘ozlaming xosilalari - o ‘z egalarining boshqa qimmatli
qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik
shaxslar tomonidan emitentning opsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar
va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlardir.
90. Chek deb chek beruvchining chekda k o‘rsatilgan sum m ani chek
saqlovchiga to‘lash haqida bankka hech qanday shart qo‘yilmagan topshirig‘i
mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘ozga aytiladi.
91. Omonat daftarchasi — fuqaro bilan bank omonati shartnomasini tuzish
rasmiylashtirilgan hamda uning hisobvarag‘ida omonat bo‘yicha pul mablag‘lari
harakatini tasdiqlaydigan hujjatdir.
92. Konosament bu yukni tashishga qabul qilinganligi va tashuvchining
yukni oluvchiga yetkazish majburiyatini tasdiqlovchi xosilaviy qimmatli qog‘oz
hisoblanadi. Konosamentning nomi yozilgan, orderli va taqdim etuvchiga deb
nomlangan turlari bor.
93. Xizmatlar bu — qonun hujyatlariga muvofiq ijrochi faoliyatining nomoddiy
natijasi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda shaxsiy ehtiyojlami haq evaziga qondirishga
qaratilgan muayyan harakat yoki muayyan faoliyatning amalga oshirilishi tushuni-
ladi. Lug‘atlarda xizmatni foyda keltiruvchi harakat va u yoki bu shaxsga taqdim
etiladigan maishiy qulaylik deb qayd etiladi.